• Bakteriofaglar
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet11/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Birinchi bo‘lib filtrlanuvchi viruslar D.I.Ivanovskiy tomonidan 1892 yilda ochilgan. D.I. Ivanovskiy Qrimdagi tajriba maydonida ishlab turib, tamaki barglari mozaika shaklida dog‘lar bilan qoplanib, so‘lib, to‘kilishini kuzatgan. Jaroxatlangan barglarni ezib, sharbatini bakterial filqtrdan o‘tkazib, u bilan sotslom tamaki o‘simligi bargiga ta’sir qilganida, tamaki mozaikasi kasaliga hos belgilar paydo bo‘lgan. Shunda D.I. Ivanovskiy bakterial filtrdan o‘tgan mikroorganizmlarni filtrlanuvchi viruslar deb atagan. Bu ixtirodan keyin o‘nlab viruslar ochilgan va «Filtrlanuvchi» so‘z o‘z-o‘zidan qolib ketgan.
    Hozir ularning taxminan 200 xili aniqlangan. Viruslarning shakli va kattaligi xilma xil. Ular yumaloq, tuxumsimon cho‘ziq, ko‘pburchakli va tayoqchasimon bo‘lishlari mumkin. Viruslarning kattaligi ko‘ndalangiga 5 dan 800 m^ gacha bo‘ladi.
    Viruslarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi turlicha. Eng oddiy viruslar kristallik tuzilishiga ega va faqat nukleoproteidlardan iborat. Ammo ba’zi viruslar murakkabroq tuzilishi bilan farq qilib, tarkiblarida nuk-leoproteidlardan tashqari lipoid va boshqa moddalar bo‘ladi.
    Viruslarni tabiatning o‘lik yoki tirik a’zolariga ajratish og‘ir masaladir. Chunki viruslar, o‘zlari alohida, mustaqil modda almashinuv va harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lmaganliklari uchun ularni tirik organizmlar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Ammo viruslar yana shunday xususiyatlarga egaki, ularni tirik organizmlar deb hisoblash mumkin, chunki ular ko‘payish qobiliyatiga ega va naslga xos xususiyatlarini saqlaydilar.
    Viruslar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Qulay sharoitda ular juda tez ko‘payadi. Ularni rivojlanayotgan tovuq tuxumining murtagida (zarodish) o‘stiriladi. Ko‘pchilik viruslar 600C haroratda aktivligini yo‘qotadi, ba’zi viruslar esa 900C haroratda 10 min qizdirishga ham chidamlidirlar. Quruqlikni va past haroratni yaxshi ko‘taradi, ammo ular kimyoviy zaharlar va ultrabinafsha nurlariga chidamsiz.


    Bakteriofaglar
    N.F.Gamaleya (1859-1949) XIX - asrning oxirida birinchi bo‘lib 1899 yilda bakteriyalarning so‘rilishi (lizis) fenomenini aniqlab, ularni bakteriolizinlar yoki bakteriofaglar «bakteriyani eb tashlovchi» deb atadi, chunki bakteriofag bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarning hujayrasiga tushib, uni lizis qiladi (eritadi). Bakteriofaglar shakli va o‘lchami bilan bir biridan farq qiladi. Ko‘pincha ular yumaloq boshcha va uzun o‘simtalardan iborat.
    Н.Ф.Гамлея
    Bakteriofaglarning boshchasi 40-100 шц o‘rtasida.
    Bakteriofaglar viruslar singari hujayra tuzilishiga ega emas, bakterial filtrlardan o‘tib ketadi va faqat tirik hujayrada rivojlanishi mumkin.
    Bakteriofaglar nukleoproteid va lipoidlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik bakteriofaglar 800C haroratda isitishga chidamli bo‘ladi, 1000C harorat ularni o‘ldiradi. Quruq muhitga va ko‘pgina zaharlarga chidamli.
    Bakteriofag o‘ziga xos ta’sir qilish xususiyatiga ega, bu demak har bir bakteriofag o‘ziga xos turdagi bakteriyaga ta’sir qiladi.
    Ular tabiatda keng tarqalgan. Bakteriofaglar tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklarini keltiruvchi mikroblar bilan kurashda qo‘llanadi. Masalan, dizenteriya, tif va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldiradigan bakteriofaglardan foydalanib, bemorlarni davolash yoki kasalliklarni oldini olish mumkin.
    Bakteriofaglar faqat kasal keltiradigan bakteriyalarni o‘ldiribgina qolmay, kasal keltirmaydigan bakteriyalarni ham o‘ldiradi.
    Ba’zi ishlab chiqarish tarmoqlarida bakteriofaglar zarar keltiradi. Masalan, sut kislotali bakteriyalarning faglari sutga tushsa, sutni ivitib, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lmaydi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.