|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 10/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаNazorat savollari
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha bakteriyalar qanday asosiy guruhlarga bo‘linadi?
Sharsimon bakteriyalarning tashqi ko‘rinishi va joylashishiga qarab qanday asosiy turlarga bo‘linadi?
Tayoqchasimon bakteriyalarning turlari haqida ma’lumot bering.
Buralgan bakteriyalarning turlari va ularning harakatchanligi qanday?
Bakteriya hujayrasining tuzilishi.
Bakteriya hujayra devori va uning kimyoviy tuzilishini tushuntirib bering. Bakteriyalarning Gram+ va Gram-turlari.
7. Bakteriyalarning harakatchanligi, xivchinlarining tuzilishi va joylashishi.
Bakteriya hujayra devori va uning kimyoviy tuzilishini tushuntirib bering. Bakteriyalarning Gram+ va Gram- turlari.
3-MA’RUZA
ULTRAMIKROBLARNING TUZILISHI VA HUSUSIYATLARI
Reja:
1. Viruslar
2. Bakteriofaglar
3. Bakteriyalarning ko‘rinmas shakli
Ultramikroblami faqat elektron mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Ularning kattaligi mm (millimikron)larda o‘lchanadi. Ultramikroblarga filtrlanuvchi viruslar va bakteriofaglar kiradi. Avvalgi ma’ruzalarda keltirilgan mikroblar ultramikroblarga nisbatan bahaybatdir. Masalan, ularni besh qavatli imorat va g‘isht bilan yoki fil va sichqon bilan taqqoslash mumkin.
Ultramikroblar hujayra tuzilishiga ega emas, ularda yadro va sitoplazma yo‘q. Ular tirik organizmlarning hujayralari ichida yashaydigan parazitlardir. Sun’iy ozuqa muhitlarida o‘smaydilar. Ularga viruslar va bakteriofaglar kiradi.
Viruslar
Viruslarni tushunish uchun bir nechta misollar keltirilgan.
Viruslar ichki hujayralarda yashovchi parazitlardir. Ular boshqa hujayra ichida yashab, ularga zarar keltiradi. Viruslar hujayradan tashqarida yasholmaydi. Viruslarning haqiqatda ham tirik organizm ekanligi to‘g‘risida bahslar mavjud! Shuning uchun, viruslar ko‘pincha “zarrachalar” deb ham nomlanadi. Quyida keltirilgan sabablar tufayli viruslar o‘zi yashaydigan hujayraga nisbatan talabchan. Viruslar hujayralar nisbatan spetsifik xususiyatga egaligi bilan chegaralangan. Bakteriya ichida rivojlanadigan viruslar bilan inson kasallanmaydi. Biroq viruslar mutatsiya natijasida belgilangan chegaradan boshqa joylarga o‘tishi ham mumkin. Bunday o‘tishlar natijasida insonlarda immun tanqisligi virusi paydo bo‘ldi. Agar shunga o‘xshagan
Agar harakatlanuvchi viruslar paydo bo‘lsa, gripp tarqatuvchi viruslar parranda grippi viruslarini tarqatishni boshlaydi.
Viruslar juda oddiy, ular faqatgina DNK yoki RNK dan iborat bo‘ladi, (lekin ikkalasi bir vaqtda bo‘lmaydi), oqsillardan va ba’zida kam miqdorda glyukoproteindan iborat bo‘ladi.
Yuqumli viruslarning asosiy prinsipi shundaki ularga biriktirilgan oqsillar - “ligand”lar retseptor oqsillarning hujayrasiga biriktirilgan bo‘ladi. Ligand retseptor oqsillarining o‘zaro ta’siri o‘ziga xos bo‘ladi, ko‘proq ferment substraklarning o‘zaro ta’siga o‘xshab ketadi. Inson ichak kasalliklarini keltiruvchi viruslar (noro viruslar ya’ni diareyani keltirib chiqaradigan) faqatgina ichaklarning epitelial hujayralarigagina biriktirib olinadi. Viruslarning o‘ziga xosligi bu ligand retseptorlarining o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi.
Virusli “hayot” sikli 4ta oddiy bosqichdan iborat. Birinchisi, virus mezbon hujayraga ligand retseptorlarining o‘zaro ta’siri orqali yopishadi. Keyin genetik axborot (DNK, RNK) dagi viruslar mezbon hujayraga kiradi. So‘ngra mezbon hujarada, virus hujayraning metobolik tizimiga virusli genlarni ko‘paytirishga buyruq beradi va virusli oqsillarni sintezlaydi. Nihoyat, virusli qismlar o‘z o‘zidan veruslarga aylanadi hamda hujayrani yorib chiqib yoyiladi. Bakteriyalardan farqli o‘laroq, viruslar 2 martalab ko‘paymaydi, ular “litik portlash” yo‘li bilan ko‘payadi.
Viruslarning o‘lchami xaddan tashqari maydaligiga qaramay ularning inson, hayvonlar, o‘simliklar, bakteriyalar hayotida roli juda katta. Ularning keltiradigan zarari ham bexad katta. Ular gripp, chechak, ensefalit, qutirish, qizamiq, poliomielit, rak, spid va boshqa yuqimli kasalliklarni keltiradi. Viruslar hayvonlarda oqsim (yashur), vabo va boshqa kasalliklarni, o‘simliklarni zararlab tamaki, garmdori mozaikasi, tarvuz, noxot va boshqa foydali o‘simliklarning kasalini keltiradi.
|
| |