• 4-MA’RUZA MOG’OR ZAMBURUG’LARI. ACHITQILAR
  • Bakteriyalarning ko‘rinmas shakllari




    Download 1,53 Mb.
    bet12/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Bakteriyalarning ko‘rinmas shakllari
    Ba’zi tur bakteriyalar ma’lum sharoitda oddiy mikroskopda ko‘rib bo‘lmaydigan shaklga aylanadi. Ko‘rinmas shakldagi bakteriyalar shunchalik maydaki, ular virus va bakteriofaglarga o‘xshab bakterial filtrlardan o‘tib ketadilar, shuning uchun ularni bakteriyalarning filtrlanuvchi shakli deb aytiladi.
    Filtrlanuvchi bakteriyalar ma’lum sharoitda oddiy bakterial hujayralariga aylanadi. Bakteriyalarning filtrlanuvchi shakli XX asrning boshlarida ma’lum bo‘lgan.
    Nazorat savollari

    1. Ultramikroblarning turi, kattaligi va umumiy xususiyatlari.

    2. Filtrlanuvchi viruslar keltiradigan kasalliklar.

    3. Viruslarni kim va qachon ochgan ?

    4. Viruslarning kattaligi, shakli, kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ko‘payishi.

    5. Viruslarni qanday ozuqa muhitida o‘stiriladi ?

    6. Viruslarning issiqqa chidamliligi.

    7. Bakteriofaglarni kim va qachon ochgan ?

    8. Bakteriofaglarning tuzilishi, kattaligi va kimyoviy tarkibi.

    9. Bakteriofaglarning issiqqa chidamliligi va spetsifikligi.

    10. Bakteriofaglarning foydasi va zarari.



    4-MA’RUZA
    MOG’OR ZAMBURUG’LARI. ACHITQILAR
    Reja:

    1. Mog‘or zambumg‘larining tavsifi, ko‘payishi

    2. Mog‘or zambumg‘larining sistematikasi

    3. Achitqilaming umumiy tavsifi

    4. Achitqilar sistematikasi

    Bizga asrlar davomida ma’lumki, ma’lum turdagi qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish kasalikka, hattoki, o‘limga olib kelishi mumkin. Kasalikka va o‘limga sabab bo‘luvchi mana shunday zamburug‘li oziq-ovqatlar mutlaqo yangi tushunchadir. Aslida, Penicillium turi zaharlanish manbasi sifatida 1940 yillarda Yaponiyadagi “Sariq” guruchida aniqlangan. Mikotoksinlar 1960 yillar boshida Angliyada “X” kasalligining kutilmaganda kurkalarda tarqalishi bilan g‘arb olimlari e’tiborini tortdi. Ushbu ofat 100,000 kurkalarni, shuningdek, boshqa uy hayvonlarining qirilishiga olib keldi. Ofatga sabab bo‘lgan kasallik Aspergillus flavusbilan ifloslangan eryong‘oq ozuqasi orqali boqish natijasida yuzaga kelgandi. Tahlillar shuni ko‘rsatganki, ayni paytda aflotoksinlar deb ataladigan fluoretsent birikmalari guruhi kasallikning sababchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, aflotoksinlar, Keniyada ko‘plab o‘rdak bolalarining qirilishiga va Kaliforniyadagi forel baliqlari etishtiruvchi korxonada gepatomaga olib keldi.
    1 Mog‘or zamburug‘larining tavsifi, ko‘payishi
    Mog‘orlar spora hosil qiluvchi tuban o‘simliklarga kiradi. Ularning tarkibida xlorofill bo‘lmaydi. Shu sababdan rivojlanish uchun ular organik moddaga muhtoj bo‘ladilar.
    Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida mog‘orlarning 100 dan 250 mingtagacha turi mavjud. Ammo olimlar tomonidan ularning atigi 5 foizi o‘rganilgan. Ular hamma joyda - suvda, quruqlikda va havoda uchraydi. Ular hamma mumkin bo‘lgan organik materiallarni parchalab, biosferada muhim vazifani bajaradi.
    Mog‘orlar faqat havo bor joyda rivojlangani uchun, ular substrat yuzasida o‘sadi. Masalan yog‘, non, choy, murabbo va boshqa mahsulotlar yuzasida o‘sadilar. Mog‘orlarning tanasi ingichka iplar to‘qilmasi - mitseliydan tashkil topgan. Zamburug‘lar mitseliysi ularning ko‘payishi uchun kerak bo‘lgan sporalar hosil qiladi.

    Ba’zi mog‘or zamburug‘lari tanasi septalangan (bo‘lingan) gifalardan iborat bo‘lib, ular ko‘p hujayrali zamburug‘lar deb ataladi. Ba’zilari esa septalanmagan gifalardan iborat bo‘lib, bular bir hujayrali mog‘orlarga kiradi. Gifalarning yo‘g‘onligi 1-15 ц gacha bo‘ladi.


    Gifalar shoxchalarining uchlari bilan o‘sib, substratni o‘rab olib, undan ozuqa moddalarini so‘rib oladi. Ko‘pchilik mog‘orlarning havo mitseliysida sporalar hosil bo‘ladi. Tuzilishi bo‘yicha mog‘or hujayrasi boshqa mikroorganizmlar hujayrasidan katta farqi yo‘q va tarkibida 1, 2 yoki bir necha yadrosi bo‘ladi.
    Mog‘or zamburug‘lari turli ko‘payish usullari bilan ajralib turadi. Ko‘pincha ular sporalari bilan ko‘payadilar. Spora o‘sib, gifa hosil qilib, shoxchalanib ketadi. Ammo mitseliydan uzilgan har bir qismidan ham mog‘or o‘sib rivojlanaveradi. Ba’zi mog‘orlar oidiyalar yordamida ko‘payadi. Gifalar alohida hujayralarga to‘kilib ketishi natijasida oidiyalar hosil bo‘ladi. Sporalar jinsli va jinssiz usul bilan ko‘payishda xizmat qiladilar. Jinssiz usul bilan ko‘payishda sporalar maxsus tuzilishi bilan boshqa gifalardan farq qiladigan gifalarda hosil bo‘ladilar. Sporalar shu gifalarning yuqorisida hosil bo‘lib konidiyalar deb nomlanadi. Konidiyalarni ko‘tarib turgan gifalar esa konidiya tashuvchi deyiladi. Ba’zi zamburug‘larda sporalar gifalarning o‘rtasidagi ancha kattaroq yumaloq hujayrada - sporangiyda hosil bo‘ladi. Sporangiyni ko‘tarib turgan gifa sporangiy tashuvchi deb nomlanadi.
    Bir xil turga taalluqli zamburug‘larda 2 xil sporalar ham uchraydi. Demak, ular ham jinsiy, ham jinssiz yo‘l bilan ko‘payishlari mumkin.
    Mukammal zamburug‘larning sporalari hujayralarning qo‘shilishi natijasida
    hosil bo‘lib, jinsiy deb ataladi. Bunda ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikki hujayra - sporalar qo‘shilib zigota yoki zigospora hosil qiladi. Agar biri katta, ikkinchisi kichikroq sporalar (erkak va ayol hujayralar) qo‘shilsa oospora bunyod bo‘ladi. Zigospora va oosporadan mog‘or mitseliysi rivojlanadi.
    Ko‘pchilik mog‘orlar ferment, organik kislota, antibiotik, vitamin va h-zo. olishda qo‘llanadi. Rokfor va yashil pishloqlarni olishda ham mog‘orlar ishlatiladi.
    Ko‘pchilik mog‘orlar oziq-ovqat, yog‘och, sanoat mollarini aynitadi. Mog‘orlarning yuzlab va minglab sporalari havoda uchib yuradi. Mog‘orlarning sporalari namlangan mahsulotlarga tushib, o‘sib, rivojlanib, mahsulotni aynitadi. Bir burda nonni suvga tekkazib qoldirilsa, bir necha kunda non mog‘orlaydi.
    Zamburug‘lar deyarli barcha yuqori va tubanmolekulyar uglerodi mavjud birikmalarni parchalaydi. Ular qatorida lignin va kletchatka kabi qiyin parchalanadiganlar ham bor. Bundek tashqari, zamburug‘lar azotning deyarli barcha mineral va organik birikmalarini ishlatadilar. Shuning uchun ularni barcha narsani eyuvchi deb ataydilar. Zamburug‘lar tuproq chirindisi (gumus)ni hosil qilishda aktiv ishtirok etadi.
    Mog‘or zamburug‘larining ko‘plari saprofitlardir, lekin ular orasida inson, hayvonlar, o‘simliklar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi patogen turlari ham mavjud. Ko‘p mitselial zamburug‘lar oziq-ovqat mahsulotlarining yuzasida yoki ichida ko‘payib, ularning aynishiga olib keladi. Bundan tashqari ba’zi zamburug‘lar o‘zlarining hayotiy faoliyatlari davrida metabolizmning zaharli mahsulotlari - mikotoksinlarni ishlab chiqaradi. Mikotoksinlarning oziq-ovqat mahsulotlarida to‘planishi gepotogen, teratogen yoki kanserogen ta’sirga olib kelishi mumkin. Mog‘orning zich substratlarida turli rangdagi dumaloq, paxmaygan, to‘rsimon yoki barqutsimon koloniyalar hosil qiladilar: qora, jigarrang, kulrang-havorang, sariqroq yoki oq rang. Mog‘or koloniyalari ko‘p miqdordagi shoxlangan gifalar deb ataluvchi iplardan iborat, ularning qalinligi 1 mkmdan 15 mkmgacha, uzunligi 100 mmgacha borishi mumkin. Gifalar shoxlanib, bir-biriga chirmashib, zamburug‘ tanasi - mitseliyni hosil qiladi. Gifalarning ko‘pchiligi havoda mitseliy hosil qilib rivojlanadi; gifalarning bir qismi substratga kirib ketib substratli mitseliy hosil qiladi. Mog‘or zamburug‘lari koloniyalarining rangi sporalar qanday rangga bo‘yalganiga bog‘liq; mitseliy gifalari rangsiz bo‘ladi.

    1. Zamburug‘lar klassifikatsiya. Ba’zi namoyondalarining xarakteristikasi.

    Hozirgi vaqtda zamburug‘lar eukariot turi, Mycota (Fungi guruhiga kirib, unga ikkita bo‘lim kiradi: Myxomycota - shilimshiq zamburug‘lari va Eumycota - haqiqiy zamburug‘lar kiradi. Eumycota bo‘limi tuzilishi va rivojlanish bosqichlariga ko‘ra 7 ta sinfga bo‘linadi: anamorf (jinssiz) va teleomorf (jinsli). 4 ta sinf tuban zamburug‘larga: Chytridiomycetes, Hyrnochytridiomycetes, Oomycetes, Zygomycete va 3 tasi yuqori zamburug‘larga kiradi: Ascomycetes, Basidiomycetes, Deuteromycetes.
    Tuban zamburug‘lar ularni boshqa zamburug‘lardan ajratuvchi ikkita xususiyatga egadirlar. Birinchidan, ular ko‘ndalang to‘siq bilan bo‘linmagan bir hujayrali mitseliyga ega. Ushbu to‘siq septirlanmagan (grekcha septum - to‘siq deb ataladi). Shuning uchun mitseliy bir hujayrali va ko‘p yadroli hisoblanadi. Ikkinchidan, tuban zamburug‘lar sporasi (sporangiosporalar) doim alohida hujayralar - sporangiyalarda endogen (grekcha endon - ichida) ravishda hosil bo‘lib, ular meva hosil qiluvchi gifalar - sporangiy tashuvchilarda joylashgan.
    Yuqori zamburug‘lar yaxshi rivojlangan ko‘p hujayrali (septirlangan) mitseliyga ega, ularning gifalari to‘siq bilan ajratilgan. Ular vegetativ yo‘l bilan ekzosporalar - konidiy yordamida va jinsiy yo‘l bilan askosporalar va bazidiosporalar hosil qilish bilan ko‘payadi.
    Mog‘orlar sistematikasi juda murakkab bo‘lgani uchun faqat ba’zi turlarini o‘rganamiz.
    Mog‘orlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:

    1. Xitridiomitsetlar (Chitridiomycetes).

    Mitseliy kam rivojlangan. Asosan jinssiz zoosporalar yordamida ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ba’zilari oospora, boshqalari zigospora bilan ko‘payadi.

    1. Oomitsetlar (Oomycetes)).

    Bir hujayrali ko‘p yadroli, yaxshi rivojlangan mitseliylidir. Jinsiy va jinssiz ko‘payadi.

    1. Zigomitsetlar (Zygomycetes).

    YAxshi rivojlangan bir hujayrali bo‘lib, jinsiy va jinssiz ko‘payadi.

    1. Askomitsetlar (Ascomycetes).

    Mitseliysi ko‘p hujayrali yaxshi rivojlangan bo‘ladi, ammo mitseliysiz shakllari ham bor. Bu sinfga achitqilar kiradi. Tabiatda keng tarqalgan, oziq-ovqat sanoatida ahamiyati katta aspergillus va penitsillium mog‘orlari ham shu sinf vakillaridir.

    1. Bazidiomitsetlar (Basidiomycetes).

    Ko‘p hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinsiy ko‘payishda bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta o‘simtalar - sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo‘ladi.

    1. Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar (Deuteromycetes).

    Ko‘p hujayrali va bir hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinssiz ko‘payadi. Ko‘pchiligi konidiyalar bilan ko‘payadi, ba’zilari oidiyalar hosil qiladi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bakteriyalarning ko‘rinmas shakllari

    Download 1,53 Mb.