• Achitqi hujayralarining shakli va tuzilishi
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet13/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Achitqilarning umumiy tavsifi
    Achitqilar askomitsetlar - xaltali zamburug‘lar (ask-xalta) sinfiga kiradi. Achitqilar bir hujayrali harakatsiz organizmlar bo‘lib, tabiatda keng tarqalgan. Hozirda ularning 1500 turi mavjud. Ular tuproqda, o‘simliklarda va tarkibida qand bor turli substratlarda uchraydilar.
    Achitqilar qishloq xo‘jaligi va sanoatda keng qo‘llanadi. Ularning asosiy xususiyati spirtli bijg‘ishni keltirish bo‘lib, bunda qand etil spirti va karbonat angidridga aylanadi. Ozuqa achitqilaridan parranda va hayvonlar uchun vitamin va oqsilga boy em tayyorlanadi. Ayniqsa ular nonvoychilik va pivo sanoatida katta amaliy ahamiyatga ega.
    Achitqilar zarar ham keltiradi, oziq-ovqatlarda rivojlanib, ularni aynitib, ta’mi va hidini buzadi.
    Achitqi hujayralarining shakli va tuzilishi
    Ko‘pchilik achitqilarning shakli yumaloq, tuxumsimon uzunchoq yoki ellipsga o‘xshash bo‘ladi. Silindrsimon va limonsimon shakldagilari kamroq uchraydi. Boshqacharoq shakldagi achitqilar ham bo‘ladi: o‘roqsimon, nayzasimon va uchburchak. Achitqi hujayralarining kattaligi 10-15 ц ga, diametri esa 3-7 mkm ga teng. Ba’zilari 40 mkm gacha ham kattalashib ketishi mumkin. Achitqilarning shakli va kattaligi, o‘sish sharoiti va yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Yosh hujayralarda doimiy shakl bo‘lib, qarilarida shakl o‘zgarib turadi.
    Achitqilar eukariot organizmlar tarkibiga kiradi (yadrosi ajralib chiqqan). Ularning hujayrasini tuzilishi mog‘or zamburug‘larinikiga o‘xshaydi. Achitqilarning yadrosi ikki qatlamli membrana bilan qoplangan bo‘lib, sitoplazmadan ajralib turadi.





    Hujayralar morfologiyasi a - tinch turgan hujayra, b, v - kurtaklanayotgan hujayra; g - ask;
    1 - yadro; 2 - vakuola; 3 - kurtak, 4 - askosporalar.
    Achitqi hujayrasining qobig‘i asosan gemitsellyuloza va kam miqdorda oqsillar, lipidlar va xitindan tashkil topgan. Ba’zi achitqilarning qobig‘i shilliqlanadi va natijada hujayralar bir-biri bilan yopishib qoladi. Ular suyuq muhitda rivojlanganda idishning tagiga pag‘a-pag‘a cho‘kma bo‘lib tushadi. Bunday achitqilar pag‘a-pag‘asimon, cho‘kmaga tushmaydigan muallaq holda bo‘ladigan achitqilar esa changsimon deb nomlanadilar. Changsimon achitqilarning qobig‘lari shilliqlanmaydi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.