|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 15/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаAchitqilarning sistematikasi
Achitqilarning sistematikasi ularning ko‘payish usuliga, spora hosil qilishiga va fiziologik xususiyatlariga qarab asoslangan.
Achitqilarning bir nechta sistematika turlari mavjud. Shular jumlasidan V.I. Kudryavsevning sistematikasida to‘xtalib o‘tamiz.
V.I. Kudryavsev barcha bir xil hujayrali mitseliy hosil qilmaydigan achitqilarni zamburug‘larning mustaqil guruhiga - Unicellomy,cetales tartibiga birlashtiradi. Uni vegetativ ko‘payish usullariga asoslanib uchta oilalarga bo‘ladi; spora hosil qilishini esa hisobga olinmaydi.
Saccharomycetaceae - kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadigan achitqilar;
Schizosaccharomycetaceae - - bo‘linish usuli bilan ko‘payadigan achitqilar;
Saccharomycodaceae - limonsimon achitqilar, ularning ko‘payishi kurtaklanish turidan boshlab, bo‘linish turi bilan tugaydi.
Spora hosil qiluvchi achitqilardan - saxaromitses turkumi (Saccharomyces) katta e’tiborga egadir. U o‘z tarkibida tabiiy turlarni va sanoatda qo‘llanadigan madaniy turlarni birlashtirgan.
Bu turkum achitqilari kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi va spora hosil qilish qobiliyatiga ega. Ularning alohida turlari bijg‘itish intensivligi, u yoki bu qandlarni bijg‘ita olish qobiliyati bilan, spirtni hosil qilish miqdori, kurtaklanish va spora hosil qilish harorat optimumi va boshqa belgilar bilan bir-biridan farq qiladi.
Saxaromitses turkumidagi achitqilarning ikki turi: sereviziya va ellipsoideus sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladi.
Saxaromitses serevizia (Sacch. cerevisiae) - yumaloq yoki tuxumsimon cho‘zilgan shakldagi achitqilar. Ular etil spirtini ishlab chiqarishda, pivochilikda, kvas va non mahsulotlarini olishda ishlatiladi. Turli ishlab chiqarishlarga xos bu achitqilarning irqlari qo‘llanadi.
Saxaromitses ellipsoideus (Sacch. ellipsoideus - Sacch. vini) - ellips shaklidagi achitqilar. Ular asosan vinochilikda ishlatiladi. Bu achitqilarning ham ko‘pgina irqlari mavjud.
Saxaromitses turkumining ba’zi turlari yovvoyi achitqilar bo‘lib, ko‘pgina oziq-ovqatlarni aynitadi.
Asporogen achitqilardan kandida (Candida) va torulopsis (Torulopsis) turkumlarining ahamiyati kattadir. Ular tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchiligi spirtli bijg‘ishni keltira olmaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini esa aynitadi, ularning barchasi aeroblar.
Torulopsis hujayralari yumaloq va tuxumsimon uzunchoq shaklli. Ularning ko‘pchiligi sustgina spirtli bijg‘ishni keltira oladilar. Ba’zi turlari qimiz va kefir ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Kandida - hujayralari cho‘zinchoq shakldagi achitqilar. Ular sodda mitseliy (psevdomitseliy) hosil qiladi va spirtli bijg‘ishga qodir emas. Ba’zi turlari (masalan C. mycoderma) qand va spirtni organik kislotalargacha yoki karbonat angidrid va suvgacha oksidlab vino, pivo, alkogolsiz ichimliklar va xamirturish ishlab chiqarishda zarar keltiradi. Ular yana ko‘pincha mahsulotlarni aynitadi.
Kandida achitqilarining ba’zi turlari odamlarda kandidoz kasalini keltiradi, bunda og‘iz va boshqa a’zolarning shilliq pardalari jarohatlanadi.
Kandida achitqilarining ba’zi turlari chorvachilik va parrandachilik uchun ozuqa achitqilarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ozuqa achitqilari arzon, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishlarida hosil bo‘lgan, chiqindilarda o‘stiriladi. Ozuqa achitqilarining biomassasi hayvonlarga kerakli, hamma aminokislotalari bor, oqsilga va vitaminlarga boydir.
Asporogen achitqilar orasida sariq, pushti, qizil rangdagi pigmentli turlari bor. Ularning hujayralarida karotinoidlar hosil bo‘ladi. Bu achitqilar ozuqa oqsil-karotinoidli preparatlar olishda qo‘llaniladi.
Ozuqa achitqilarni arzon va etarli substratlarda - sanoat ishlab chiqarish chiqindilarida (asosan spirt zavodlarinikida) hamda qishloq xo‘jalik chiqindilarining gidrolizatlarida o‘stiriladi.
Ba’zi achitqilar neftning alohida fraksiyalarida ham o‘sadi. Hozirgi vaqtda ozuqa achitqilarini neft parafinlarida o‘stirilib, ishlab chiqarilmoqda.
|
| |