|
Bakteriya hujayrasining tuzilishi
|
bet | 7/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаBakteriya hujayrasining tuzilishi
Hozirgi zamon mikroskopiya texnikasi yordamida bakteriya hujayrasi juda murakkab tuzilishga ega bo‘lganligi aniqlandi. Bu tuzilish hujayraning xilma xil fiziologik va biokimyoviy funksiyalarni (vazifalarni) bajarishda ishtirok etadi.
Tipik bakterial hujayra hujayra devoridan, sitoplazmatik membrana va sitoplazmadan tashkil topgan. Sitoplazmada nukleotid, mitoxondriya, vakuola va qo‘shimchalari mavjuddir.
Hujayra devori bakterial hujayrani tashqi muhit noqulay sharoitlaridan (nurlar, zaharli moddalar va hokazo) saqlaydi va uning qalinligi 10-20 m|u bo‘laturib, hujayradagi tuzlar va organik kislotalarning yuqori konsentratsiyasidagi eritmalari hosil qilgan taxminan 3 - 6 atm. bosimiga to‘g‘ri keladigan hujayra ichidagi osmotik bosimga bardosh beradi.
Hujayra devorining kimyoviy tuzilishiga qarab hamma turdagi bakteriyalar daniyalik olim Gram ishlab chiqqan differensial-diagnostik bo‘yash usuliga turlicha qaraydi. Bu usulga ko‘ra bakteriyalar Gram+ va Gram- ga bo‘linadi. Gram+ bakteriyalar hujayra devorining yuza qismida bo‘yoq bilan mustahkam bog‘lanuvchi va spirtda sekin parchalanuvchi mukopolisaxaridlar va polifosfatnukleotidlar ko‘p miqdorda bo‘lgani sababli, ular binafsha rangga bo‘yaladi. Shu bilan birga Gram- bakteriyalar och pushti rangga bo‘yaladi, chunki bu bakteriya hujayrasining ichida yuqoridagi birikmalar miqdori Gram+ bakteriyaga nisbatan kam.
Ko‘pincha bakteriya hujayrasi tashqaridan shilimshiq moddali yoki hujayra devorining o‘zi qalinlashgan kapsula bilan qoplangan bo‘ladi. Kapsula polisaxaridlar, polipeptidlar va glyukoproteidlar, ba’zida esa oddiy oqsillardan tashkil topgan. Kapsulaning asosiy maqsadi bakteriyani tashqi noqulay sharoitlardan qo‘shimcha asrashdir.
Sitoplazmatik membrana bevosita hujayra devorining ostida joylashadi va sitoplazmani hujayra qobig‘idan ajratib turadi. U 3 qavatdan - o‘rtasida fosfolipid va ikki cheti oqsildan tuzilgan. Membrana tarkibiga lipidlar, uglevodlar va proteinlar kiradi. Hujayra devori bilan birga sitoplazmatik membrana ham himoya vazifasini bajaradi. Bundan tashqari u bakteriya hujayrasi ichiga kerakli moddalarni tanlab o‘tkazish va hujayra ichida doimiy osmotik bosimni ushlab turish xususiyatiga ega.
Sitoplazma - yarim suyuq, tiniq kalloid massadir. Sitoplazma bakterial hujayraning asosiy massasini tashkil qiladi. U asosan oqsillar, uglevodlar, lipidlar, mineral moddalar va suvli murakkab aralashmadan tuzilgan.
1- kapsula; 2-hujayra devori;
3-sitoplazmatik membrana;
4-sitoplazma; 5-nukleoid;
6-mezosomalar; 7-tilokoidlar;
8-vakuola; 9-xivchinlar;
10-glikogen donachalari;
11-ribosomalar;
12-volyutin donachalari.
2-rasm. Bakterial hujayraning sxematik tuzilishi
|
| |