• Samonella
  • Stafilococcus aerius
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet3/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    1.2 rasm. Paster ishlatgan bo‘yinchali tajriba kolbasi.

    U bu vaksinalarni insonlarda sinab ko‘rishni hohlamagan, chunki uning tasirida insonlar o‘limiga sabab bo‘lishi va bunga aybdor bo‘lib qolishidan xadiksiragan. Lekin uning laboratoriyasida Modam Meister o‘zining 9 yoshli o‘g‘li Jozef bilan paydo bo‘lganda, u shunday qilishga majbur bo‘lgan. Jozef 2 kun oldin quturgan it tomonidan shikasilangan bo‘lib, vaksinasiz uning o‘lishi aniq edi. Yuragida hadik bilan Paster bolani davoladi. U sog‘ayib, o‘zining keyingi hayoti davomida Paster Institutida ishlaydi. Jozef Meisterning Pasterni qahramonidek ko‘rib, unga sodiq bo‘lgan. 1940-yilda nemislar Fransiyani bosib olgan vaqtda bir voqea bo‘lgan edi. Ular Pasterni Bonn Universitetining unvonini olishiga to‘sqinlik qilganlar. Davolangandan 50 yil o‘tgandan keyin, Meister o‘zining qutqaruvchisining qabrini ochib, o‘z hayotiga suiqasd qilgan.


    Biz “fundamental” va “hozirgi” ilm-fan afzalliklari haqidagi fikrlar bahsi asrida yashayapmiz. Bazilar fundamental sanalgan ilm-fan eng yaxshi ilm-fan davri deb sanaydilar. Boshqalar izlanishlar aniq bir muammoni hal qilmasa, unga haq to‘lash zarur emas deb ko‘rsatadilar. Lui Pasterning ushbu so‘zlarini esda tutish kerak: “Ilm-fanni amaliy fanlar deb atash ham mumkin. Ilm va uni amaliyotda qo‘llash kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, u daraxt va uning mevasi kabidir”.
    Napoleon o‘z qo‘shinini evropa bo‘ylab safari davomida ozuqa bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lib qoladi, shunda ovqatni saqlay olgan har kimga mukofot berishini taklif qiladi. Nikolas Appert oziq-ovqat mustahkam yopilgan konteynerlarga joylashtirilib qizdirilsa, ya’ni konservalansa, aynimasligini aniqlagani uchun o‘sha mukofotga sazovor bo‘ladi. Shunday qilib, hech qanday mikrobiologiyaga oid bilimsiz konservalash kashf qilindi. Haqiqatdan ham, 1900- yilgacha konservalash jarayoniga oid matematik asoslar rivojlanmagan edi.
    Robert Kox mikrobiologiyaning buyuk vakilidir. 1800-yilning oxirlarida, u bakteriya kasallik keltirib chiqarishini isbotlovchi mezonlarini tashkil qildi. “Koxning farazlari”ni isbotlash uchun kimdir kasallangan hayvondan sof holatda shubhali bakteriyalarni ajratib olishi (I), sog‘lom hayvonga bakteriyani joylashtirib uni kasallantirishi (II), va endigina zararlangan hayvondan bakteriyani qayta ajratib olishi kerak edi (III). Bunday yondoshish shu darajada mukammal ediki u haligacha kasallik mikrobdan kelib chiqqanligini isbotlash uchun foydalanib kelinadi. Mikrobiologiya sof holdagi yakka bakterial turlari borasidagi izlanishlarga asoslanib qoladi. Afsuski, aksariyat mikroblarni o‘stirib bo‘lmaydi, va ular tabiatda sof holda emas balki jamiyat a’zolari sifatida mavjuddirlar. Koxning laboratoriyasidagi yana ikkita yangiligi hamon biz bilan birga. Yulius Petri, Kox laboratoriyasidagi yordamchi, Koxning qoplama usulining kichik modifikatsiyasi sifatida petri plastinasini kashf qildi. Koxning laboratoriyasidagi ishchilar qoplama usulida foydalanilgan jelatin tufayli tez tez umidsizlikka tushishar edi. Harorat juda illiq bo‘lganida jelatin qotmas va ayni bir organizmlar (jelatinni kamaytiradigan fermentlarni ishlab chiqaradigan) tomonidan eritilgan bo‘lar edi. Uolter Xesse, havodagi zararli bakteriyalarni o‘rganish maqsadida Kox laboratoriyasiga qo‘shilgan fizik, o‘z umidsizligini rafiqasi Fenni bilan bo‘lishdi. Xesse xonim yillar mobaynida agarni murabbo va jelelarni quyiltirish uchun ishlatib kelgan va agarni laboratoriyada sinab ko‘rishlarini maslahat beradi. Hikoyaning qolgan qismi sizga ma’lum.
    20- asrga kelib mikrobiologiya fani gurkirab rivojlana boshladi. Bunga asosan uch narsa sabab bo‘ldi. Birinchidan, fizika, kimyo va texnika fanlarining rivojlanishi bilan mikroorganizmlarni o‘rganish uchun ko‘pgina yangi usullar paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, 20- asrning 40-yillariga kelib, mikroorganizmlar amaliyotda keng qo‘llana boshlandi. Uchinchidan, mikroorganizmlarni irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik birikmalarning biosintezi, moddalar almashinuvining muvozanati va boshqa muhim biologik muammolarni echishda qo‘llana boshlandi.
    20-asrning birinchi yarmi “an’anaviy” ozuqadagi patogenlarning kashf qilinishi bilan muhrlanib qolgan. Samonella turlari issiq qonli hayvonlardan chiqqan. Closteridium botilinum mustahkam berkitilmagan konserva mahsulotlari uchun muammoga aylandi. Stafilococcus aerius kuchsiz gigienaga bo‘gliq bo‘lib qoldi, Bacillus subtilus kraxmalli ozuqalarni ifloslantirdi, va boshqa oziq- ovqat\organizm birikmalari ma’lum bir kasalliklarga bog‘liq bo‘lib qolishdi. Viruslar ilk marta 1930-yilda kristallashtirilgan va kasallik bilan bog‘langan hamda oziq-ovqatda vujudga kelgan kasalliklarning asosiy sababchisidir. Biroq, ular haqida juda kam ma’lumotlar bor va ular bakteriyaga “dublyor” qarindoshdir. 20- asr o‘rtaralarida, biologiya oldinga katta qadam tashladi; Jeyms Uotsan va Frensis Krik dezoksiribonuklein kislotasining (DNK) tuzilishini topishdi. Bu molekulyar genetika erasining dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. U bakteriya kasallikni qay tarzda vujudga keltirishini, revolyusion genetika va anti-tanaga asoslangan bakteriyani kuzatish usullarini, genetik “barmoq izlari” epidemiologik omillari sifatida va industrial xususiyatlarini yaxshilash uchun fermentatsiya organizmlarining genetik o‘zgarishini yaxshiroq anglashga olib keldi. Molekulyar biologiya omillari oziq-ovqat mikrobiologiyasi uchun yuqori darajada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
    Loyihalangan xavfsizlik uchun katta miqdordagi tayyor mahsulot sinovidan yiroqlashish ham shu davrda boshlangan. "Muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari" ishlab chiqaruvchilarni xavfdan holi bo‘lgan mahsulotlarni etishtirishi kerak bo‘lgan ish tartibi bilan ta’minlaydi. XTMNN buni ishonchli xavfsizlik tizimiga shifrlab qo‘ydi. Oziq-ovqatning nurlanishi xom parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlariga ishlov berishda “o‘ldirish” bosqichi sifatida qabul qilindi. Xavf-xatarni baholash ozroq mikroblarni beradigan amaldagi jarayonlardan farqli yanada takomillashgan yakuniy natijalarga (kamroq kasallangan insonlar) asoslangan boshqaruv yondoshuvlari negizini beradi.
    O‘zbekistonda mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi
    O‘zbekistonda mikrobiologiyani rivojlantirishda va mikrobiolog kadrlar etkazishda o‘zbek olimasi S.A. Asqarovaning (1922-1998) xizmatlari juda kattadir. 1960 yillarning boshida S.A. Asqarova ixtidorli yoshlarni Moskva, Leningrad, Kiev kabi shaharlarga dunyo miqyosidagi mikrobiolog olimlarning huzuriga ta’lim olishga yubordi.
    S.A. Asqarova fanga sadoqatli, prinsipial inson edi. Olima, 1965 yilda O‘zbekiston fanlar akademiyasida Institut xuquqiga ega bo‘lgan Mikrobiologiya bo‘limini tashkil etib, uning birinchi rahbari bo‘lgan. 1977 yilda Mikrobiologiya bo‘limiga Mikrobiologiya instituti statusi berildi.
    S.A. Asqarovaning ilmiy yo‘nalishi O‘rta Osiyoda aktinomitsetlarning taraqqiy etishini o‘rganib, ular orasidan antibiotik sintez qiluvchi tur-larini topib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlagan.

    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.