«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




Download 1,53 Mb.
bet47/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Botilinum xususiyatlari
Oziq-ovqatdan zaharlanishning og‘ir formasini keltirib chiqaradigan botulizm kasalligini Bacillaceae oilasiga mansub ekzotoksin hosil qiladigan Clostridium botulinum keltiradi. U tabiatda keng taraqqiy qilgan, tuproqda, suv havzalarida, baliqlar, kemiruvchilar, qushlar, mushuklar, odamlar va issiq qonli hayvonlar ichagida, meva va sabzavotlarda uchraydi. Botulin tayoqchalarining 7 ta turi (A, B, C1-2, D, e, F, G) ma’lum. Ulardan toksin jihatdan eng havflisi A va e turlaridir. Botulin toksinining odamga nisbatan zaharlilik darajasi juda yuqoridir (1 gr toksin kristali 20 ming odam o‘ldirish kuchiga ega), limfa va qonga ichak devorlari orqali o‘zgarmagan formada yoki aktiv holda (E turi) so‘riladi va uzoq muddatli toksinimiyaga sabab bo‘ladi. Har bir tur toksin o‘ziga xos antitoksin zardobi bilan zararlantiriladi. Botilinus tayoqchasi oziq-ovqatga tushib, qulay sharoit bo‘lsa ko‘payib, zaharli mikroblar orasida eng kuchli bo‘lgan ekzotoksin chiqaradi. Tayoqchasining kattaligi 0,6-1 x 3-9 mkm, peretrix, kapsula hosil qilmaydi, Gram+, qat’iy anaerob.
Cl. botulinum oval tuzilishdagi endospora hosil qiladi va ko‘rinishidan tennis raketkasini eslatadi. Ular yashashi uchun harorat optimumi 30-37 0C. Uning sporalari juda issiqga bardoshli, 1000C da 5-6 soat, 1050C 2 soat va 120 0C da 25 minut qizdirilganda o‘ladi. Botulin tayoqchasining sporalari past harorat va turli kimyoviy unsurlarga juda bardoshli. Ular bir yil davomida quritilgan holda o‘zining hayotiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan turadi, 6-8 foizgacha natriy xlor eritmasida botulizm qo‘zg‘atuvchisining sporalari ko‘paya oladi.
Sporalarining ko‘payishini yuqori konsentratsiyali osh tuzi (8 foiz) va qand miqdori (55 foiz) to‘xtatadi. U kislotali muhitga sezgir, uning rivojlanishini 4,5 va undan past rn to‘xtatadi. Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda Cl. botulinum ning bu xususiyatlari e’tiborga olinadi. Agar oziqa mahsulotida toksinlar to‘planib bo‘lgan bo‘lsa, unda mahsulotlarni tuzlashni, muzlatishni, marinovka qilishning foydasi yo‘q. Toksinlar inaktuvatsiyaga uchraydi. Kolbasa va bankali konservalar etarli darajada to‘g‘ri ishlab chiqarilmasa, mahsulot qatlamida botulizm tayoqchalari rivojlanib, toksinlar ishlab chiqaradi.
Cl. botulinum toksini proteolitik fermentlar, kislotalar ta’siriga va past haroratga juda chidamli bo‘lib, oshqozon sharbati ta’sirida ham, dudlashda ham parchalanmaydi va zararsizlanmaydi. Lekin yuqori haroratda: 80 0C da - 30 min. dan so‘ng, 1000C - 15-20 min. dan so‘ng o‘z aktivligini yo‘qotadi. Odamlarning ommaviy zaharlanishini oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasida Cl. botulinum ning vegetativ holati, sporasi, toksinlarining xususiyati e’tiborga olinishi zarur.
Cl. botulinum ning inkubatsion davri 6-24 soat, kamdan kam xollarda bir necha kun, ba’zi bir xollarda esa 2 soatgacha qisqarishi mumkin. Birinchi belgilari xolsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘p xollarda qusish. So‘ng, ko‘rish, gapirish, yutish, chaynash va nafas olish qiyinlashadi, paralich (shol) bo‘ladi. Botulizmdan o‘lish xodisasi ko‘pdir (60-70 foiz). Kasallikning davom etish davri o‘rtacha 4 kundan 8 kungacha, ba’zida bir necha oy va undan ko‘p.
Botulinumga qarshi zardobning o‘z vaqtida qo‘llanishi kasalni o‘limdan saqlab qoladi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

Download 1,53 Mb.