|
Tashqi muhitning fizikaviy omillari
|
bet | 27/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаTashqi muhitning fizikaviy omillari
Mikroorganizmlarning o‘sishi va rivojlanishini boshqaradigan fizik omillarga harorat, namlik, turli xil nurli energiyalar, elektr toki va boshqalar kiradi.
Harorat. Harorat - muhitning muhim omili bo‘lib, mikroorganizm-larning o‘sish imkoniyatini va rivojlanish darajasini belgilaydi. Har bir mikroorganizmning hayoti ma’lum harorat chegarasida o‘tadi, u chegaradan tashqarida hayot uziladi.
Ba’zi mikroorganizmlarning harorat chegarasi tor, boshqalariniki esa keng va o‘nlab gradus bilan o‘lchanadi.
Mikroorganizmlarning haroratga bo‘lgan munosabatini 3 kardinal nuqtalar bilan belgilanadi: minimum, optimum va maksimum.
Minimal harorat deb mikroorganizmlarning rivojlana oladigan eng past harorati aytiladi.
Optimal harorat deb mikroorganizmlarning eng intensiv rivojlana oladigan harorati aytiladi.
Maksimal harorat deb mikroorganizmlar rivojlana olishi mumkin bo‘lgan eng yuqori harorati aytiladi.
Haroratga bo‘lgan munosabatlari bo‘yicha mikroorganizmlar 3 guruhga bo‘linadilar.
Psixrofillar yoki sovuqni sevuvchi mikroorganizmlar nisbatan past haroratda o‘sadi. Ularning minimal o‘sish harorati -1000C ga teng, optimal o‘sish harorati 10-150C va maksimali 300C ga yaqindir.
+300C ga chidaydigan va hatto ko‘paya oladigan mikroorganizmlarni fakultativ psixrofillar, biosintez jarayonlari sekin o‘tishi xarakterli bo‘lgan arktika va antarktida suvlarida, muz orollarda, abadiy muzlik tuproqlarida, muzlatilgan mahsulotlarda yashovchi, o‘sishining maksimal harorati 200C, optimali esa 10-15 0C bo‘lgan mikroorganizmlar esa obligat psixrofillar deyiladi.
Mezofillarda o‘sish harorati minimumi +100C, optimal harorat 35- 300C ga teng, maksimali 40-500C ga boradi. Mikroorganizmlarning turiga va yashash formasiga qarab saqlanish yoki o‘lish haroratining minimal chegarasi 200C dan boshlab bir necha minus haroratga cho‘zilishi mumkin. Yuqorigi tinch turish harorati 40-450C boshlanadi. Vegetativ formalari bir soat davomida 60-700C da o‘lsa, sporalari esa yarim soat davomida nam muhitda 100-1300C, quruq muhitda esa 180-0C da o‘ladi. Ko‘pchilik saprofitlar, kasallik va zaharlanish keltiruvchi mikroblar ham mezofillar guruhiga mansub. Ba’zi mezofillar kengroq harorat chegarasida yashaydi: 00C dan 650C gacha. Bu oziq-ovqatni aynituvchi mikroorganizmlarga taaluqlidir.
|
| |