• Mikroorganizmlarning nafas olish energiyasini o‘zlashtirishi
  • Mikroorganizmlarning fermentlari
  • C6H12O6 = C3H7COOH + 2CO2 + 2H2 +




    Download 1,53 Mb.
    bet24/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    C6H12O6 = C3H7COOH + 2CO2 + 2H2 + 15 kkal (0,074106 Dj)
    Hamma bijg‘ish jarayonlari bir necha fazada o‘tadi va o‘rtada bir qator mahsulotlar paydo bo‘ladi.
    Mikroorganizmlarning nafas olish energiyasini o‘zlashtirishi
    Mikroorganizmlar aerob va anaerob nafas olishda hosil bo‘lgan energiyaning kamroq qismini ishlatadilar. Ma’lumki mikroorganizmlar hayot jarayonlari uchun faqat 10-25 foizgacha nafas olish energiyasini ishlatadilar. 75 foiz va ko‘proq energiya issiqlik bo‘lib ajralib chiqib yo‘qoladi. Shuning uchun bijg‘itayotgan substratning harorati ko‘tariladi. Masalan, spirtli bijg‘ishda substratning harorati atrofdagi havo haroratiga nisbatan 2-3 0C yuqoriroq bo‘ladi. Shu sababli go‘ng, axlat, torf, bug‘doy, paxta va boshqa mahsulotlarda anaerob mikroorganizmlar o‘sib, substrat qizib, yonib ketishi mumkin.
    Go‘ngning isishidan parxonalarda sabzavot o‘stirganda foydalanadilar.
    Mikroorganizmlarning aerob nafas olishi natijasida 1,6⸱106 Dj energiya yig‘iladi. Uning birinchi yarmi aerob mikroorganizmlarning fiziologik tuzilishiga sarf bo‘lsa, ikkinchi yarmi esa issiqlik bo‘lib ajraladi.
    Nafas olish jarayonida mikroorganizmlar energiyani faqatgina issiqlik qilib chiqarmay, kimyoviy, nurli va elektrli shakllarda ham ajratib chiqaradilar.
    Mikroorganizmlarning nurlanishi faqat kislorod borligidagina kuzatiladi. Nurlanuvchi mikroorganizmlar tanasida fotogen modda- lyuseferin hosil bo‘ladi.
    Lyuseferin kislorod bilan lyuseferaza fermentining ishtirokida intensiv oksidlanadi.
    Mikroorganizmlarning fermentlari
    Fermentlar - bu oqsil tabiatli, tirik mavjudotlarning hujayra va to‘qimalarida xosil bo‘ladigan, biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni bir necha barobar tezlashtiradigan spetsifik katalizatorlardir. Ular reaksiyalar jarayonida ishlatilinmaydi va hosil bo‘ladigan mahsulot tarkibiga kirmaydilar. Fermentlar mikroorganizmlarning hamma hujayralarida bo‘lib, uni har tomonlama modda almashinuvi bilan ta’minlaydi. Fermentlarni XIX asrning boshlarida rus kimyogari K.S.Kirxgof ochgan.
    Fermentlar juda yuqori aktivlikka ega. masalan, 1g amilaza 1t kraxmalni qandga aylantiradi yoki 1 g. sut kislotali bakteriyalarining sichug fermenti (pishloq ishlab chiqarishda ishlatiladi) 800 kg sutni ivitadi.
    Fermentlar yuqori molekulyar oqsillar - ularning og‘irligi o‘nlab va yuzlab ming kislorod birligiga teng.
    Fermentlar 2 guruhga: protein - oddiy oqsillarga vaproteidlar oqsil va oqsil bo‘lmagan prostetik guruhlarga bo‘linadi. Proteidlardagi oqsil fermentning spetsifiklik xususiyatini belgilaydi. Prostetik guruhi esa katalitik xususiyatini belgilaydi. Ko‘pchilik fermentlarning prostetik guruhi vitaminlardan iborat.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




    Download 1,53 Mb.