|
Mikroorganizmlarning aerob nafas olishi
|
bet | 22/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMikroorganizmlarning aerob nafas olishi
Ko‘p aerob mikroorganizmlar nafas olish jarayonida turli organik modda-larni to‘liq oksidlab, oxirgi mahsulot sifatida suv va karbonat angidrid hosil qiladi. Boshqa aeroblar esa nafas olishda kislorodni tortib, karbonat angidridni chiqarmay, to‘la oksidlanmagan mahsulotlar: ko‘pincha sirka, shavel, qaxrabo, limon va boshqa kislotalar hosil qiladilar.
Energetik nuqtai nazaridan bu unchalik etuk emas, chunki oksidlanish jarayoni oxirigacha bormaydi. Shuning uchun energiya kam ajralib chiqadi. Bunday mikroorganizmlarga hayot kechirish jarayonida o‘sib rivojlanishi uchun juda ko‘p materiallarni oksidlashga to‘g‘ri keladi. Shu xususiyatlarni sanoatda, bir qator mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Masalan, sirka, limon va boshqa kislotalar olishda.
Nafas olishda uglevodlar to‘la oksidlansa jarayon quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O + 674 kkal (2,87106 Dj)
Demak geksoza to‘la oksidlanganida har bir gramm-molekulasidan 674 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Bu miqdordagi energiya qandning moleku-lasida CO2 va H2O dan yashil o‘simliklar fotosintezida akkumulyasiya bo‘lgan energiyaga to‘g‘ri keladi.
Organik moddalar to‘la oksidlanmasa, oksidlanayotgan moddaning bir qism potensial energiyasi to‘la oksidlanmagan qismida qoladi. Masalan, sirka achitqich bakteriyalar nafas olish jarayonida etil spirtni sirka kislotasi yoki birato‘la karbonat angidrid va suvgacha oksidlashlari mumkin. Bunda har xil miqdorda energiya ajraydi.
C2H5OH + O2 = CH3COOH+ H2O + 116 kkal (0,48106 Dj) C2H5OH+ 3O2 = 2CO2 + 3H2O + 326 kkal (1,36106 Dj)
Bular oksidlanishdagi oxirgi mahsulotlar, aslida esa jarayon murakkab, o‘rtada bir qancha reaksiyalardan keyin bu mahsulotlar hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda turli oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar ishtirok qiladi.
|
| |