• Spirtli bijgish
  • =CHO + CO
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet52/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    11 - MA’RUZA
    ANAEROB VA AEROB JAROYONLAR
    Reja:
    1. Spirtli, sut kislotali, propion kislotali, moy kislotali bijg‘ishlar
    2. Pektin moddalarning bijg‘ishi. Oksidlovchi bijg‘ishlar. Sirka achitqich bijg‘ish. Limon kislotali bijg‘ish.
    3. Kletchatka va yog‘ochning aerob sharoitda parchalanishi
    4. Yog‘ va yog‘li kislotalarning parchalanishi.
    5. Chirish jarayonlari
    6. Mochevinaning parchalanishi
    Azot ushlamaydigan organik moddalarning parchalanishi to‘liq oksidlanmaslik (bijg‘ish) yoki to‘liq oksidlanish (nafas olish) natijasida sodir bo‘ladi. Azot ushlamaydigan organik moddalarning, shular qatorida uglevodlarning bijg‘ishi natijasida to‘liq oksidlanmagan mahsulotlar - spirtlar, aldegidlar, organik kislotalar hosil bo‘ladi. Bijg‘ish mahsulotlarining yig‘ilishiga qarab, bijg‘ish bir necha turga bo‘linadi:

    • spirtli bijg ‘ish

    • sut kislotali bijg‘ish.

    -propion kislotali bijg‘ish

    • moy kislotali bijg‘ish

    • atseton-etil bijg ‘ish

    • atseton-butil bijg‘ish

    • kletchatkaning anaerob sharoitda parchalanishi

    Spirtli bijgish
    Lui Paster aytishicha “bijg‘ish - bu havosiz hayotdir”. Mikroorganizmlar keltiradigan keng tarqalgan bijg‘ishlardan biri spirtli bijg‘ishdir. Spirtli bijg‘ish - shakarning spirt va karbonat angidridga parchalanishi jarayoni demakdir.
    C6 H12O6 = 2C2H5OH + 2CO2 + 27 kkal
    Har bir gramm-molekula shakar bijg‘ishida 27 kkal energiya ajralib chiqadi.
    Spirtli bijg‘ishni asosan achitqilar keltiradi. Bu bijg‘ishni ba’zi mog‘or zamburug‘lari ham keltiradi, ammo ular 5-7 foiz spirt hosil qiladilar xolos. Ba’zi bakteriyalar ham shakarni etanol va karbonat angidridiga aylantiradi, ammo qo‘shimcha mahsulotlar achitqilar keltiradigan spirtli bijg‘ishnikidan farq qiladi.
    Etil spirti bir necha oraliq mahsulotlardan so‘ng hosil bo‘ladi. Jarayon fosforlanishdan boshlanadi, keyin glitserin aldegidi, pirouzum kislotasi va sirka aldegidi hosil bo‘ladi. Spirtli bijg‘ishdagi kimyoviy jarayonlarni batafsil o‘rganish o‘rtada hosil bo‘ladigan mahsulotlarni olishga ham imkon berdi. Masalan etil spirtni o‘rniga glitserin olish mumkin:
    C6 H12 О6 = C3 H5 (OH)3 + CH3 =CHO + CO2
    100foiz 40foiz Norma doirasida bijg‘ish 4,0-4,5 pH da boradi, ishqorlaganda esa:

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.