|
Meva va sabzavotlarni saqlashda eng ko ‘p uchraydigan mog‘or va
|
bet | 72/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMeva va sabzavotlarni saqlashda eng ko ‘p uchraydigan mog‘or va
bakterial kasalliklar
Kartoshka palagi, barglari va tugunaklarining eng taraqqiy etgan va xavfli kasalligi kartoshkaning chirishi yoki fitoftoroza deb nomlangan. Uni mog‘or zamburug‘i fitoftora keltiradi. Kasallangan o‘simlik barglarida qo‘ng‘ir rang dog‘lar paydo bo‘lib, ustida oq momiq tuklar - mog‘or mitseliysi rivojlanadi. Ular to‘kilib, sog‘lom barglarga va tuproqqa tushib, kartoshkaning tugunaklarini jarohatlaydi. Kartoshkaning tugunaklari jarohatlangan joylarida kul rang, so‘ng qo‘ng‘ir rang botgan dog‘lar paydo bo‘ladi, ularning tagidagi to‘qimalari chiriy boshlaydi.
Fitoftora o‘sgan tugunaklarda ko‘pincha boshqa saprofit mog‘orlar va bakteriyalar o‘sib, parchalanish jarayonini tezlashtirib, kartoshkaning ho‘l chirish bosqichi boshlanadi, tugunaklar yumshab sassiq hid tarqaladi.
Kartoshkaning quruq chirishi yoki fuzariozni Fusarium turkumiga kiruvchi mog‘or qo‘zg‘atadi. Mog‘or harorat o‘zgarishiga yaxshi moslashgan bo‘lib -2 -50C ga ham chidamli. Kasallik juda tez kasal tugunaklardan sog‘lomlariga o‘tib tarqaladi.
Kartoshkaning xalqasimon chirishini kornebakterium turkumiga kiradigan tayoqchasimon, bir oz bukilgan bakteriyalar keltiradi. Tugunakning o‘tkazgich naychalarida shu bakteriyalar rivojlanib, ularni to‘sib qo‘yadi. Kartoshkani kesib, kombi xalqasini bosganda shilimshiq tomchilar chiqadi.
Kartoshkaning xo‘l bakterial chirishini bir necha tuproq bakteriyalari keltiradi, ular orasida eng aktivlari Pseudomonas va Erwinia carotovara var carotovara. Bu kasallik ta’sirida tugunaklar kul rang bo‘tqasimon sassiq massaga aylanadi. Sabzavot saqlanadigan joyda bu kasallik juda tez tarqaladi va ko‘p miqdorda kartoshka nobud bo‘ladi.
|
| |