• Pomidor fitoftoroza
  • Pomidorning bakterial qora xol-xolligini
  • Pomidorning ser suv chirishini
  • Pomidorning qora xol-xolligini
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet73/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Kartoshka qo‘tiri bir necha turga bo‘ladi. Eng taraqqiy etgan oddiy qo‘tirni turli tuproq aktinomitsetlari keltiradi. Kartoshkaning po‘sti mayda bo‘rtgan jigarrang dog‘lar bilan qoplanib, tugunak yoqimsiz hidli bo‘lib qoladi.
    Pomidor fitoftoroza - keng tarqalgan pomidor barglari va mevalarining kasali. Uni fitofora mog‘ori keltiradi. Bu kasallikda pomidor mevasining yuzasini tarqalib ketgan qattiq jigarrang dog‘lar qoplaydi. Kasallik hosilga katta zarar keltiradi.
    Pomidorning bakterial qora xol-xolligini ksantomonas turkumiga kiradigan bakteriyalar keltiradi. Shikastlangan pomidor mevasining sirti mayda qora, bo‘rtib chiqqan nuqtalar bilan qoplanadi. Nuqtalar atrofi sersuv hoshiya bilan o‘ralgan bo‘ladi.
    Pomidorning ser suv chirishini erwinia turkumiga oid bakteriyalar keltiradi. Pomidor mevasida sersuv dog‘lar paydo bo‘lib, mevaning go‘shti parchalanib, suyuq rangsiz yoqimsiz hidli massaga aylanadi. Pomidor po‘stlog‘i bujmayib, yoriladi. Ayniqsa, chala etilgan mevalar ko‘proq jarohatlanadi.
    Pomidorning qora xol-xolligini Alternaria solani mog‘ori keltiradi. Shikastlangan mevalarda qora yupqa qatlam bilan qoplangan yumaloq mevaga botgan dog‘lar paydo bo‘ladi.
    Ildiz mevali o‘simliklarning eng tarqalgan kasalliklari turli chirishlardir. Sabzi va boshqa ildiz mevali o‘simliklarning chirishini sklerotiniya mog‘ori keltiradi. Mog‘or mitseliysi ildizmevaning to‘qimalariga joylashib oppoq momiq parda hosil qiladi. Keyin parda ustida ko‘p miqdorda kattaligi no‘xatdek qora g‘urrachalar - sklerotsiyalar paydo bo‘ladi. Ildiz meva go‘shti yumshab, qo‘ng‘ir rang bo‘tqaga aylanadi. Bu kasallik qisqa vaqt ichida tez tarqaladi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.