Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tashqi muhit omillaridan




Download 1,53 Mb.
bet70/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tashqi muhit omillaridan
foydalanish
Turli mahsulotlarni mikroorganizmlar yordamida ishlab chiqarishda, ularning rivojlanishiga optimal sharoitlar yaratiladi. Mahsulotlarni saqlashda ularni ishlab chiqarishdan boshlab to iste’molchiga etib borguncha, aksincha, mahsulotlarda mikroblar hayotini to‘xtatuvchi sharoitlar yaratiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashni ahamiyati ularni ishlab chiqarishdan kamroq emas.
Amaliyotda qo‘llanilayotgan mahsulotlarni saqlash usullarini Y.Y.Nikitinskiyning taklifiga binoan to‘rt guruhga bo‘lish mumkin.

  1. Bioz (bioz - hayot) prinsipiga asoslangan saqlash usullari yordamida hayot jarayonlarini pasaytirib, mahsulotning tabiiy immuniteti saqlanadi. Harorat 50C va namlik pastroq bo‘ladi. Yangi uzilgan meva va sabzavotlarni saqlash shu prinsipga asoslangan.

  2. Abioz (abioz - hayot yo‘qligi) prinsipiga asoslangan saqlash usullari mahsulotdagi mikroblarni yo‘qotishga qaratilgan. Bularga yuqori haroratni qo‘llash (pasterizatsiyalash va strelizatsiyalash), antiseptiklarni qo‘shish, turli shakldagi nurli energiya bilan nurlantirish, antibiotiklarni qo‘llash, UT bilan ishlov berish kiradi. Bu usul bilan go‘sht va sabzavot konservalari uzoq saqlanadi.

  3. Anabioz (anabioz - siqib, bosib turish) prinsipiga asoslangan saqlash usullari mahsulotdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyatini to‘xtatishga qaratilgan. Bu usullarda mikroorganizmlar hayotini to‘xtatadigan, ammo, ular tirik qoladigan sharoitlar yaratiladi. Bu usullarga past haroratlarni qo‘llash (sovitish va muzlatish), mahsulotlardan mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan darajada suvni chiqarib tashlash (quritish, qoqlamoq), mahsulotga yuqori osmotik bosim yaratadigan moddalar (tuz, qand) qo‘shish, mahsulotga sirka kislotasini qo‘shib (marinadlamoq) uning kislotaliligini ko‘tarish, anaerob sharoit yaratib, mahsulotni aynitadigan aeroblarning rivojlanishini oldini olish kiradi. Bu usul bilan baliq va go‘sht mahsulotlari, meva va sabzavotlar saqlanadi.

  4. Senoanabioz prinsipiga asoslangan saqlash usulida mahsulot mikroflorasi tarkibidagi mikroorganizmlari orasidagi antogonistik munosabatlardan foydalanish. Bunda o‘z hayot jarayonida mahsulot sifati va ta’mini yaxshiroq qiladigan mikroorganizmlarni rivojlantiriladi. Yana bir vaqt ichida bu mikroorganizmlar mahsulotni aynitadigan mikroorganizmlar-ning rivojlanishini to‘xtatadi. Meva, sabzavotlarni tuzlash, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish shu prinsipga asoslangan.

Oziq-ovqatlarning buzilishini oldini olish uchun qaratilgan barcha choralarning effektivligi umumiy sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishga va mahsulotning belgilangan tartibda saqlashni bajarishga bog‘liq.

Download 1,53 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tashqi muhit omillaridan

Download 1,53 Mb.