|
Dimlangan baliqli taomlar
|
bet | 12/33 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 133,52 Kb. | | #149119 |
Bog'liq Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar-fayllar.orgDimlangan baliqli taomlar
Dimlash uchun о‘rta yog‘li va yog‘li baliqlar ishlatiladi: karp, lesh, sazan, som va boshqalar. Mayda baliqlar bosh qismi bilan butunligicha, о‘rtacha va katta baliqlar butun holda aylana shaklida yoki suyak va pо‘stidan ajratib porsiyalarga bо‘lingan holda dimlanadi.
Baliqlar tomat va sabzavotlar bilan dimlanadi. Sabzi kо‘kat, selderey uzunchoq yoki mayin aylana shaklida, piyoz esa halqa yoki yarim halqa shaklida kesiladi.
Kastryul yoki idishga о‘simlik moyi, tomat pyuresi solinadi, sо‘ngra bir qavatda tо‘g‘ralgan sabzavot solinib unga 2-3 katordan baliq teriladi. Navbat bilan tо‘g‘ralgan sabzavotlar, tuz, shakar, qalampir, lavr bargi va boshqa dorivorlar baliqlar qatlamiga sepiladi. Baliq ustki qatlami sabzavotlar bilan qoplanib unga sirka qо‘shiladi va 3 soat davomida dimlanadi. Baliqning tayyor bо‘lishi, uning suyaklarining yumshoq bо‘lishidan bilinadi. Baliqni qaynatilgan kartoshka va dimlash jarayonida paydo bо‘lgan sabzavot sardagi qо‘yib uzatiladi. Dimlangan baliqni sovutilgan gazak sifatida garnirsiz ham uzatish mumkin. Dimlash davrida tuzli suvga solingan baliqlarga tuz qо‘shilmaydi. Dimlash jarayonida baliq massasi 17-20 % kamayadi. Baliqli teftellar kotlet massasidan bir porsiyasiga 3-5 tadan ajratiladi, unga belab qovuriladi, sо‘ng chuqur bо‘lmagan idishga 2 qavat qilib teriladi. Unga tomat sardagi qо‘shilib tayyor bо‘lganga qadar, dimlanadi. Shu sardak bilan yoki qaynatilgan kartoshka, gurunch bilan uzatiladi.
О‘simlik moyida tayyorlangan tefteli garnirsiz sovutilgan gazak sifatida uzatish mumkin.
Qovurilgan baliqli taomlar
Baliqlar yog‘i kо‘p bо‘lmagan qozonlarda, setkalarda butunligicha, porsiyalarga bо‘lib, kotlet massasi kо‘rinishida qovuriladi. Qovurilgan baliq sariyog‘ qо‘yib yoki undan bir bо‘lak kesib, ustiga qо‘yib uzatiladi. Sardak alohida beriladi.
Garnir sifatida odatda qovurilgan kartoshka bilan boshqa qovurilgan sabzavotlar (pomidor, kabachki) limon bо‘lagi kо‘katlar ishlatiladi. Yog‘i kam miqdordagi baliqlar tovalarda qovuriladi. Buning uchun baliq bо‘laklariga qovurish oldidan tuz, qalampir sepiladi, unga bulanib terisini pastga qilib 160 0S haroratgacha qizigan yog‘li tovada qovuriladi. Ikkala tomoni qovurilgan baliq bо‘laklari 250 0S gacha qizigan qovurish shkafiga 5 minut qо‘yiladi. Tuzlangan, unga va tuxumga bulangan baliqlarni bо‘laklarga, porsiyalarga bо‘lib, pо‘st va suyaklaridan ajratib 5 minut davomida 180 0S haroratgacha qizigan yog‘li frityuralarda qizargunga qadar qovuriladi, sо‘ng frityuradan olib 5-7 minut qovurish shkafiga qо‘yiladi. Baliqlar murakkab kartoshka, qо‘ziqorin, pomidor garnirlari bilan uzatiladi. Qushimcha limon, kо‘kat baliqqa esa sariyog‘ bо‘lakchasi qо‘yiladi. Tomat sardagi yoki mayonez alohida beriladi.
Xamirda qovurilgan baliqlar osetr, sevryuga, som baliqlaridan tayyorlanadi. Suyak va terisiz bо‘laklar uzunchoq (5x1x1) shaklida maydalanib, о‘simlik moyi, limon sharbati qо‘shiladi, kо‘katlar sepib, 15-20 minut sirkalanadi. Sо‘ngra pazandalik sanchqisi bilan har bir baliq bо‘lagi xamirga botirib olinadi va kо‘p yog‘da 5 minut qovuriladi. Sо‘ng quruq tovaga 1 qavat terib qovurish shkafiga 5 minut qо‘yiladi.
Xamir oliy navli un, sut, tuxum, о‘simlik moyi va tuz aralashtirib tayyorlanadi. Un va sut bir-biriga teng: 1:1 miqdorda, 40 gramm unga 1 ta tuxum olinadi. Sutga о‘simlik moyi, tuxum sarig‘i, tuz qо‘shib aralashtiriladi. Tuxum oqi aralashtirilib, xamir tayyorlanadi.
Xamirga botirib olib qovurilgan baliq garnirsiz uzatiladi. Baliq bо‘laklari piramida shaklida likopchalarga teriladi va salfetka bilan qо‘yiladi. Tomat sardagi va limon alohida beriladi. Kо‘p miqdorda tayyorlash oshxonalarida bu taom salfetkalarsiz uzatiladi.
Gril baliqlar losos, siga, seld, osyotr, som va boshqa baliq turlaridan tayyorlanadi. Setkada suyak va terisiz porsiyalarga bо‘lingan va katta bо‘lmagan butun baliqlar qovuriladi.
Elektrogrillarda setkalar elektroenergiya yordamida, olovli grillarda yog‘och yordamida isitiladi. Issiqlik baliqlarga issiqlik uzatish radiatsiyalar orqali uzatiladi.
Qovurish oldidan setkalar quritiladi, isitiladi va yog‘lanadi. Tayyorlangan baliq salfetka yordamida quritiladi, tuzlanib sariyog‘ga bulanib qizigan setkalarga qо‘yiladi. Losos, siga, seld kabi baliqlar quritmasdan limon sharbati, о‘simlik moyi, tuz, qora murch, kо‘katlar sepiladi va 10 min tuzlashga qо‘yiladi. Sо‘ngra isitilgan setkaga qо‘yiladi. Tayyor bо‘lgan baliq yuzi qizarib, setka rasmi hosil bо‘ladi. Setkada qovurilgan baliq 5 minut qovurish shkafiga qо‘yiladi. Qovurilgan kartoshka bilan uzatiladi. Limon, tomat sardagi, mayonez alohida beriladi.
Kotletlar, bitochki va zrazalar baliqdan tayyorlangan kotlet massasidan tayyorlanadi, odatdagidek ikki tomoni qovuriladi va 5-7 minut davomida qovurish shkafiga qovuriladi. Uzatishda yog‘ yoki tomatli sardak qо‘yiladi.
Qaylasiga qovurilgan yoki qaynatilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, bundan tashqari tarkibiga sut sardakli kartoshka, sabzi, yashil nо‘xat, yashil loviya, qaynatilgan rangli karam kiruvchi murakkab qaylalar beriladi.
|
| |