|
Kam legirlangan po'latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari
|
bet | 5/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 57,57 Kb. | | #117352 |
Bog'liq Sobirjonov BKam legirlangan po'latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda 09Г2, 09Г2С, 10ХСНД, 10Г2С1 va 10Г2Б markali kam legirlangan kam uglerodli po’latlar toblanmaydi va oMa qizimaydi. Kam uglerodli po’latlar qanday texnologiya bo‘yicha payvandlansa, bu po’latlar ham shunday payvandlanadi. Birikmaning bir tekis mustahkamligini ta’minlash uchun dastakiusulda payvandlash Э46А va Э50А tipli elektrodlar bilan bajariladi. Chok yaqinidagi zonaning qattiqligi va mustahkamligi amalda asosiy metalldan farq qilmaydi. 12ГС, 14Г, 14Г2, 14ХГС, 15ХСНД, 15Г2Ф, 15Г2СФ, 15Г2АФ markali kam legirlangan kam uglerodli po'latlar payvandlashda toblaydigan mikrostrukturalar va chok metalli hamda termik ta ’sir zonasida o‘ta qizish hosil qilishi mumkin. Agar payvandlash payvand birikmaning
sovitilish tezligini kamaytirish uchun zarur bo’lgan nisbatan katta pogon issiqlik energiyada bajarilsa, toblanadigan strukturalar miqdori keskin kamayadi.
13
Lekin bu po’latlarda uglerod miqdori ko‘p bo’lganligi tufayli, payvandlashda metallni sovitish tezligining pasaytirilishi chok metalli va chok yaqinidagi metall donalarining yiriklashishiga (o‘ta qizishiga) sabab bo’ladi. Bu ayniqsa 15ХСНД, 14ХГС markali po’latlarga taalluqlidir. 15Г2Ф, 15Г2СФ va 15Г2АФ markali po’latlarda chok yaqinidagi zona o‘ta qizimaydi, chunki ular vanadiy va azot bilan legirlangan.
Shuning uchun aytib o‘tilgan ko‘pgina po’latlami payvandlash kam uglerodli po’latlami payvandlashga nisbatan tor issiqlik rejimlari bilan cheklanadi.
Payvandlash rejimini shunday tanlash zarurki, toblovchi mikrostrukturalar miqdori ko‘p bo’lmasin va metall o‘ta qizimasin (katta miqdordagi juda yirik donalar), u holda atrof havo harorati minus 10°C dan past bo’lmaganda istalgan qalinlikdagi po’latni cheklanmagan darajada payvandlash mumkin bo’ladi. Atrof havo harorati ancha past bo’lganda 120 - 150°C gacha oldindan qizdirish zarur. Minus 25°C dan past haroratda toblanadigan po’latlardan tayyorlanadigan buyumlarni payvandlash man qilinadi.
Ortiqcha o‘ta qizishning oldini olish uchun 15ХСНД va 14ХГС po‘latlarini kam uglerodli po’latlami payvandlashga nisbatan pasaytirilgan pogon issiqlik energiyasida (kichik tokda kichik diametrli elektrodlar bilan) payvandlash lozim. 15ХСНД va 14ХГС po’latlarini payvandlashda bir tekis mustahkamlikni ta’minlash uchun Э50А yoki Э55 tipidagi elektrodlardan foydalanish kerak. 17ГС, 18Г2АФ, 35XM va boshqa kam legirlangan o'rtacha uglerodli po’latlami payvandlash texnologiyasi o‘rtacha legirlangan Po’latlami payvandlash texnologiyasiga o‘xshash b’ladi.
Himoya gazlar muhitida payvandlash
Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo‘ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan payvandlashga imkon beradi.
Payvandlashning bu usuli, po‘lat, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo‘llanila boshladi.
Himoya gazlar muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilardir:
- flyus yoki qoplamalar ishlatishga hojat yo‘q, binobarin, choklarni shlakdan tozalashga ham;
-yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi, strukturaviy o‘zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi;
- chok metali havodagi kislorod va azot bilan kam ta’sirlashadi;
- payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay;
—jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalash imkoni bor.
Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi ko‘rsatilgan. Himoya gazlari yoy yordamida payvandlash uchun ishlatiladigan payvandlash materiallari sirasiga himoya gazlari kiradi, ular inert va aktiv gazlarga bo‘linadi.
Avval aytilganidek, bir qancha metall va qotishmalarning xossalari ularga yuqori haroratlarda kislorod, azot va vodorod ta’sir etganda yomonlashadi. Bunday ta’sirga barham berishning keng tarqalgan usullaridan biri inert gazlar atmosferasida payvandlashdir. Bu holda reaksion payvandlash bo‘shlig‘ini himoyalashni havoni siqib chiqaruvchi inert himoya gazi oqimi bilan yoki berilgan atmosfera tarkibi hosil qilingan
maxsus kameralarda payvandlash orqali amalga oshirish mumkin.
Eng universal himoya gazlari argon va geliydir. Ayrim metallar, masalan, misni himoyalash uchun inert gaz sifatida azotdan ham foydalanish mumkin.
Argon va geliy boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi, shuning uchun ular inert gazlar hisoblanadi. Bu gazlar aksariyat metallarda deyarli erimaydi.
Argon (Ar) - rangsiz va hidsiz, yonmaydigan hamda portlash jihatidan xavfsiz gaz. Me’yoridagi sharoitda (20°C va 101,1 kPa) uning zichligi 1,66 kg/m3 ga teng. ГОСТ 10157-79 ga muvofiq, argonning uch navi (tarkibidagi aralashmalar miqdoriga ko‘ra) ishlab chiqariladi: argonmiqdori kamida 99,99% bo‘lgan oliy nav; 99,98% bo’lgan birinchi nav; 99,95% bo’lgan ikkinchi nav.
Payvandlash usuli
|
| |