Perlit strukturali po‘latlarning payvandlanuvchanligi




Download 57,57 Kb.
bet3/8
Sana12.12.2023
Hajmi57,57 Kb.
#117352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sobirjonov B

Perlit strukturali po‘latlarning payvandlanuvchanligi

Payvandlanuvchanlik
klassi

Po'latlar

Payvandlash shartlari

1

Tarkibidagi C<0,22% (markalari ВСтЗсп 5,
ВСтЗГсп 5, 18кп, 18сп, 18Гсп, 08, 10, 15 va
boshqalar)* b o 'lg an kam uglerodli po'latlar Tarkibidagi C<0,14% bo 'lg an kam legirlangan kam uglerodli (markalari 09Г2С, 10Г2С1, 10ХСНД, 12Г2СМФ, 12ГС va boshqalar) po‘latlar

Metall qalinligi, atrof-muhit
harorati va buyumning
bikirliligiga qaramasdan
payvandlash rejimlarining keng
intervalida uncha cheklanmagan
darajada payvandlanadi.

2

Tarkibida 0,22 - 0,30% uglerod bo'lgan uglerodli (markalari Ct4, 20 ,25 va boshqalar) po'latlar Tarkibida 0,14 - 0,22% uglerod bor kam legirlangan kam uglerodli (markalari 15ХСНД, 14Г2АФ, 15Г2АФДпс, 16Г2АФ, 14ГСМФР va boshqalar) po'latlar

Payvandlash rejimlarining tor
intervalida to 'g 'r i tanlanganda
atrofdagi havo haroratiga
(kamida - 5 °C) qalinligi (20mm
dan kam) va bikirligiga qarab
cheklangan darajada
payvandlanadi










3

Tarkibida 0,3 - 0,4% uglerod bor, uglerodli
(markalari Ct5, 25, 35 va boshqalar) po'latlar
Tarkibida 0,22 - 0,3% uglerod bor kam legirlangan o 'rta c h a uglerodli (markalari 18Г2АФ, 20ХГСА va boshqalar) po'latlar

Oldindan yoki payvandlashda
100 - 250 °C gacha qizdirib
payvandlanadi

4


issiqbardosh p o 'la tla r (12XM, 15XM, 20ХМЛ,
12Х 1МФ, 15Х 1МФ va boshqalar)
O'rtacha legirlangan o 'rtacha uglerodli
(25ХГСА, 30ХГСА, 30ХГСНА, 30ХН2МФА,
20X2MA va boshqalar) po'latlar
Turli markadagi k o 'p legirlangan perlit po'latlar

Qizdirib payvandlanadi va keyin
nayvand buyum termik ishlanadi

"Po'latlaming payvandlanuvchanligi formuladan aniqlanadigan ekvivalent uglerod Ce bo‘yicha ham baholanishi mumkin

Tarkibida 0,2% gacha uglerod bo‘lgan kam uglerodli po’latlar tipaviy payvandlash materiallaridan foydalanib payvandlanadi. Payvandlanadigan buyumning mas’uliyatlilik darajasiga qarab Э38, Э42 va Э42А tipli elektrodlardan foydalaniladi. Э38 tipidagi elektrodlar mas’uliyatsiz buyumlarni, Э42 - mas’uliyatli buyumlarni va Э42А - alohida mas’uliyatli buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qalin listlardan (15mm) va payvandchi uchun noqulay vaziyatlarda buyumlarni payvandlash uchun (qurilishda montaj ishlarini bajarishda) suyuqlantirib qoplanadigan metallining mustahkamligi yuqori bo‘lgan Э46 va Э46А tiplardagi elektrodlardan foydalanish lozim. Bu talabni quyidagilar bilan tushuntirish mumkin: noqulay vaziyatlarda katta kesimli ko‘p qatlamli choklami nuqsonsiz payvandlash qiyin. Mustahkamligi yuqori bo'lgan chok metallini hosil qiluvchi elektrodlardan foydalanib, kafolatlangan mustahkamlikdagi birikmalar olish mumkin. Kam uglerodli po’latlami biriktiruvchi choklar (yoy yordamida va gaz alangasida payvandlashning barcha turlari bilan bajarilgan) darzlarning hosil bo‘lishiga qarshi to‘la qoniqarli turg‘unlikka ega.


Tarkibida 0,2 dan 0,45% gacha uglerodi bor o‘rtacha uglerodli po’latlar qo‘shimcha texnologik priyomlami qo‘llab shunday payvandlanadiki, bunda payvandlanayotgan paytda darzlar hosil bo‘lmasin. Turli darajada oksidsizlanuvchi va har xil kategoriyadagi BCT4 markali va 25 markali po‘latlar noto‘g‘ri tanlangan payvandlash issiqlik rejimida darzlar hosil qilishi mumkin. Darzlar asosan burchak choklarda yoki listlar orasida zazor qoldirmasdan payvandlangan ko‘p qatlamli uchmauch chokning birinchi qatlamida yoki katta bikrlikka ega bo’lgan buyumlarning oxirgi choklarida yohud payvandlash past haroratli havoda bajarilsa va boshqa hollarda paydo bo‘ladi.

Barcha bu hollarda po’latlarning ko‘rsatilgan markalari uchun payvandlash texnologiyasini shunday tashkil etish kerakki, chok metalining sovitilish tezligi iloji boricha yuqori bo’lmasin.



Download 57,57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 57,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Perlit strukturali po‘latlarning payvandlanuvchanligi

Download 57,57 Kb.