Св-08Г2С rusumli payvandlash simida 0,08% uglerod, 2% gacha marganets va 1% gacha kremniy bor. Payvandlash simida uglerodning miqdori 0,12-0,15% dan oshmaydi, bu esa chok metalining gaz g‘ovaklari hosil bo‘lishiga moyilligini pasaytiradi va qattiq, toblangan struktura hosil bo‘lishiga moyilligini kamaytiradi. Uglerodli simda kremniyning miqdori 0,03% dan kam, chunki kremniy borligi payvandlashda chok metalida g‘ovaklar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Texnika xavfsizlik qoidalari
Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir:
– korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga
nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi;
– mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni
iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa уo‘nalishlari bilan
muvofiqlashtirib borish;
– mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar,
barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida
yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
– mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar
yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam
nazorat etilishini ta’minlash;
– korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari
hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
– mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan
ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
– oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash;
– xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni
himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini
rag‘batlantirish;
– fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘oг tajribasidan keng
foydalanish;
– ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy
himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;
– korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shartsharoitlarini
yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini
yuritish;
– ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har
29
bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib
borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi
jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar
darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan
yoki kasb kasalligiga уo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini
ijtimoiy himoyalash
– kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari,
korxo-nalar hamda alohida shaxslaming mehnatni muhofaza
qilishni ta’-minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama
qo‘llаb- quvvatlash;
– mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish
chog‘ida xalqaro hamkorlikni y o‘lga qo‘yish tamoyillariga
asoslanadi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo'ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallami elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan biriktirishga imkon beradi. Payvandlashning bu usuli po‘lat, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo‘llanila boshladi. Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash usullarining tasnifi ko‘rsatilgan. Himoya gazlari muhitida payvandlashni suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin. Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidrid kabi aktiv gazlardan foydalaniladi. Shuningdek, turli proporsiyalarda gazlaming aralashmasi ham ishlatiladi. Gaz bilan ana shunday himoya qilinganida payvandlash zonasi atrofidagi havo siqib chiqariladi. Montaj sharoitlarida payvandlashda yoki gaz himoyasini puflab tarqatib yuboradigan sharoit mavjud boiganda qo‘shimcha himoya qurilmalaridan foydalaniladi. Payvandlash zonasini gaz bilan himoyalash samaradorligi payvandlanadigan birikmaning tipiga va payvandlash tezligiga bog‘liq. Himoyaga shuningdek soploningo‘lchami, himoya gazining sarfi va soplodan buyumgacha bo‘lgan masofa (5-40 mm bo‘lishi kerak) ham ta’sir qiladi. Himoya gazlari muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar:
- flyus yoki qoplamalar ishlatishga, binobarin, choklami
shlakdan tozalashga hojat yo‘q;
- yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada
konsentratsiyalanishi strukturaviy o'zgarishlar zonasini ancha
qisqartirishga imkon beradi;
- chok metali havo kislorodi va azoti bilan juda kam
ta’sirlashadi;
- payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay;
- jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
imkoni bor.
Ba’zan payvandlash yoyini qo‘shaloq (kombinirlangan) himoyalash usuli qo‘llaniladi. Payvandlash zonasining yaxshi himoyalanishi gazning issiqlik fizikaviy xossalari, shuningdek, gorelkaning konstruktiv xususiyatlari va payvandlash rejimiga bog‘liq. Payvandlash yoyi zonasiga kiritiladigan himoya gazlari yoy razradining turg‘unligiga, elektrod metalining suyuqlanishiga va uning ko‘chishiga ta’sir qiladi.
Elektrod metali tomchilarining o‘lchami payvandlash toki ortishi bilan kamayadi, payvandlash toki ortishi bilan suyuqlanish chuqurligining ortishi esa payvandlash yoyi bosimining ta’sirida elektrod ostidagi suyuq metallning jadal siqib chiqarilishiga bog‘liq. Suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlashda yoy buyum bilan payvandlash zonasiga uzatiladigan suyuqlanadigan payvandlash simi orasida yonadi. Suyuqlanmaydigan (volfram) elektrodlari bilan payvandlashda payvandlash yoyi bevosita yoki bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Volfram elektrodi va yoy zonasiga uzluksiz uzatib turiladigan payvandlash simi orasida yonadigan yoy bavosita ta’sir etadigan yoyning bir turidir.
Inert gaz oqimining himoyalash ta’siri gazning tozaligiga, oqimning parametrlariga va payvandlash rejimiga bog‘liq. Gazning himoya xossalariga baho berishdagi ko‘rgazmali usullardan biri volfram elektrodi bilan payvandlanadigan metal orasida o‘zgaruvchan tok yoyini yondirishda katodning yonish zonasi diametrini aniqlashdan iborat. Payvandlanadigan metal katod vazifasini o‘taydigan davrda payvandlash vannasi sirtidan va qo‘shni zonalardan sovuq metallga nisbatan metal zarrachalari uzilib chiqadi. Katodning yonish darajasi, asosan, musbat ionlaming massasiga bog‘liq, ular payvandlash jarayonida katodni bombardimon qiladi. Masalan, argon muhitida geliy muhitidagiga qaraganda katodning jadal yonishi sodir bo‘ladi. Katodning yonishiga, metallar moyilligining kamayishiga qarab, ular quyidagi tartibda joylashadilar.
Foydalangan adabiyotlar
1. Edward R. Bohard. Welding: Principles and Practces - American Welding Society - Connect Learn Success, 2012
2. Lippold J., Kotecki D. Welding Metallurgy and weldability of stainless steels. - London: Wiley - Interscience, 2005
3. Weman K. Welding processes handbook. - Cambridge: Woodhead publishing limited, 2003.
4. Lancaster J.F. Metallurgy of welding. - Cambridge: Abington publishing, 2009.
5. Blondeau R. Metallurgy and mechanics of welding. - London: Wiley - Interscience, 2008.
6. Klein R. Welding: processes, quality, and applications. - New York: Nova Science Publishers, Inc, 2011.
7. Messier R. Principles of welding. - London: Wiley - Interscience, 2005.
8. Абралов M.A., Дуняшин H.C., Эрматов З.Д., Абралов М.М. Технология и оборудование сварки плавлением - Т., 2014
9. Abralov М.А., Dunyashin N.S., Abralov М.М., Ermatov Z.D. Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari - T.: Voris, 2007
10. Abralov M.A., Dunyashin N.S., Ermatov Z.D. Gaz alangasi yordamida metellarga ishlov berish texnologiyasi va jihozlari - T.: Ilm ziyo, 2007
11. Abralov M.A., Dunyashin N.S. Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari - T.: Turon-iqbol, 2006
34
12. Abralov M.A., Ermatov Z.D., Dunyashin N.S. Qo‘lda yoyli payvandlash jihozlari - T.: O‘zbekiston faylsuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012
13. Абралов M., Дуняшин H. Оборудование и технология газопламенной обработки металлов - Т.: Iqtisod-moliya, 2010
14. Колганов Л.А. Сварочные работы - М.: «Дашков и К», 2004
15. Патон Б.Е. Технология электрической сварки металлов и
сплавов плавлением. -Москва: Машиностроение, 1974.
16. Петров Г.Л. Сварочные материалы. -Ленинград: Машиностроение,
1972.
17. Соколов Е.В. Справочник по сварке. Т. 2. -Москва: Машгиз,
1962.
18. Акулов А.И. Сварка в машиностроении. Т. 2. -Москва: Машиностроение,
1978.
19. Петрушин И.Г. Краткий справочник паяльщика. -Москва:
Машиностроение, 1991. (
20. Волченко В.Н. Сварка и свариваемые материалы. Т. 2.
-Москва: Издательство МГТУ, 1998.
20. Потапов М.Н. Сварочные материалы для дуговой сварки. Т. 2.
-Москва: Машиностроение, 1993.
21. Паршин С.Г. Электродуговая сварка с применением активирующих
флюсов. -Тольятти: Машиностроение, 2005.
22. Abralov М.A., Dunyashin N.S., Abralov М.М., Ermatov Z.D.
Eritib payvandlash texnologiyasi. Va jihozlari. -Т.: Voris, 2007, 416 b.
206
|