Kirish Kanstruksiya haqida ma’lumot




Download 57,57 Kb.
bet7/8
Sana12.12.2023
Hajmi57,57 Kb.
#117352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sobirjonov B

ГОСТ 2246-70 kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan po‘lat simiaming quyidagi 77 ta markasini ishlab chiqarishni nazarda tutadi:
a) tarkibida 0,12% gacha uglerod bo‘lgan hamda kam va o‘rtacha uglerodli, shuningdek ba’zi bir kam legirlangan po‘latlami payvandlashga mo‘ljallangan kam uglerodli simlar, ular jumlasiga, Св-08, CB-08A, CB-08AA Св-08ГА, Св-ЮГА, Св-10Г2 lar kiradi;
b) tegishli markalardagi kam legirlangan po‘latlami payvandlashda ishlatiladigan marganes, kremniy, xrom, nikel, molibden va titan bilan legirlangan simlar; bunday simlarga jami 30 ta rusumli simlami tashkil etadi, shu jumladan simlar Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-12ГС va boshqalar kiradi;
d) maxsus po‘latlami payvandlash va eritib qoplash uchun mo‘ljallangan ko‘p legirlangan Св-12Х11НМФ, Св-12Х13, Св- 08Х14ГНТ va boshqa markadagi simlar; jami 41 ta markani tashkil etadi.
Payvandlash simining belgisi Св (payvandlash) harfi bilan va uning tarkibini bildiruvchi harfiy-raqamli belgi bilan belgilanadi. Birmchi ikki raqam simda uglerodning foizining yuzdan bir qismi miqdorini ko‘rsatadi. So‘ngra harf va raqam (raqamlar) bilan nav- bati bilan legirlovchi elementlaming norni va foizlarda miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Legirlovchi element miqdori 1 % dan kam bo‘lsa, bu elementning nomini bildiruvchi harfhing o‘zigina qo‘yiladi.
Po‘lat markasi oxiridagi A harfi uning yuqori sifatli ekanligini va unda oltingugurt hamda fosfor miqdori nisbatan kam ekanligini bildiradi.
Payvandlash simlarining diametrlari esa raqam bilan ulaming markalari oldiga yozib ko‘rsatiladi.
Ko‘p hollarda payvandlash simlarining markalar oxirida quyidagi harflami uchratishimiz mumkin:
"O" - simning sirti mis qatlami bilan qoplanganini bilidiradi. "Э" - qoplamali elektrod tayyorlashga ishlatilishini bildiradi.
Sifati bo‘yicha elektrodlar uch guruhga bo‘linadi. Elektrodning qoplamasi bir jinsli, zich bo‘lishi, darzlari bo‘lmasligi, shishmagan va sterjen o‘qiga nisbatan ekssentrik bo‘lmasligi kerak. G‘adir-budurlikka va qoplama qalinligining choragidan kamroq chiziqlar, qoplamaning ko‘pi bilan 12,0 mm uzunligida qoplama qalinligining yarmiga teng chuqurlikda ezilgan joylar, faqat elektrodning uchidan diametrining yarmidan oshmaydigan ochilgan joylar bo‘lishiga va ba’zi mayda nuqsonlarga yo‘l qo'yiladi. Qoplamaning mustahkamligi quyidagicha sinaladi: diametri 4 mm dan kam elektrodlar po‘lat plitaga 1 m balandlikdan yoni bilan tushganida, diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan elektrodlar 0,5 m balandlikdan tushganida qoplama yemirilmasligi kerak. Qoplamaning namga chidamligini tekshirish uchun elektrod suvga solinadi va 15-25°C haroratda 24 soat saqlab turiladi.
Uglerodli va kam legirlangan konstruksion po'latlarni payvandlash uchun elektrodlaming to'qqiz turi: E38, E42, E42A, E46, E46A, E50, E50A, E55, E60; mustahkamligi oshirilgan va yuqori bo'lgan legirlangan konstruksion po'latlarni payvandlash uchun besh turi: E70, E85, E100, E125, E150 ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, issiqqa chidamli po'latlarni payvandlash uchun elektrodlaming to'qqiz turi mo'ljallangan. Elektrodning turi E harfi va chok metalining kafolatlanadigan mustahkamlik chegarasini kgk/mm2 hisobida ko'rsatadigan raqam bilan belgilanadi. A harfi shu elektrod bilan eritib qoplangan chok metalining plastik xossalari yuqoriligini ko'rsatadi. Bunday elektrodlar eng mas’uliyatli choklami payvandlashda ishlatiladi. Uglerodli va legirlangan konstruksion po'latlarni payvandlashga mo'ljallangan ko'pchilik elektrodlaming steijenlarini tayyorlash uchun Св-08 va Св-08А rusumli simlar qo'llanadi.
Sim Св indeksi (Св - payvandlash simi), harf va raqamlarbilan rusumlanadi. Legirlovchi aralashmalaming belgilanishi quyidagicha:
Г - marganes, С - kremniy, X - xrom, H - nikel, M - molibden, В - volfram, Ф - vanadiy va boshqalar. Birinchi ikki raqam uglerod miqdorini foizning yuzli ulushlarida, harflardan keyingi raqamlar legirlovchi aralashmalami - ayni element miqdorini foizlarda ko‘rsatadi. Harfli belgilashdan keyin raqamning yo‘qligi bu element sim materialida bir foizdan kam ekanligini bildiradi. Rusum oxiridagi A harfi zararli aralashmalar (oltingugurt va fosfor)ning miqdori kamligini bildiradi.

Download 57,57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 57,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Kanstruksiya haqida ma’lumot

Download 57,57 Kb.