Kompressorlarning asosiy texnik xarakteristikalari quyidagicha:
- havo qismidagi bosim miqdori(atm, bar);
- so’rish yoki haydash unumdorligi ( /min, 1/min, 1/sek);
- kuch qurilmasi boshlang’ich quvvati (kVt);
- kompressor massasi va o’lchami.
Kompressorlar klassifikatsiyasi:
1. Havo qismi rejimi harakteriga va mashinaga qo’llash xilligi:
- statik - bunda porshenli, rotatsion va vintli sistema ishlatiladi;
- dinamik - radial va o’qli rusumdagi hamda o’ramali turbomashinalar bilan.
2. Кonstruktiv qo’llashdagi qo’shimchalar:
- boshlang’ich qurilma kuchi ko’rinishi (elektrodvigatelь, korbyuratorli yoki
dizelli ichki yonish dvigateli);
- havo qismi bosqichi soni (bir-ikki bosqichli);
- sovutish sistemasini qo’llashdagi ko’rinishi (yog’, havo bilan);
- ko’chirish mumkinligi (statsionarli, ko’chishli, bir o’qli va ikki o’qli pritsepli);
- uskuna kuchining montaj qismida, qismlarni joylashtirish o’rni (ramada,
resiverda);
- resiverning joylashuvi (gorizontal, vertikal);
- apparatning komplektatsiya darajasi (havo tayyorgarligi, nazorat va havfsizlik).
Mashinaning asoiy energiya manbai - bu qisiluvchi havo, uskuna va butlovchi
qismlar.
Кompressor orqali ishlov berilgan havoning iqtisodiy samaradorligi uning
tozaligiga bog’liq. Havoni boshqarish uchun qo’llash maьlum qonun-qoidalar va
me’yorlar bilan belgilangan.
Payvandlash materiali
Po‘latlar uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Tarkibida 0,1 - 0,7% uglerod bo‘lgan po‘latlarga uglerodli konstruksion po‘latlar deyiladi. Temir asosida tayyorlangan, tarkibida bitta yoki bir nechta legirlovchi elementlar hamda 0,5% gacha uglerod bo‘lgan po‘latlarga legirlangan po‘latlar deyiladi. Uglerodli po‘latlar ГОСТ 380-71 (oddiy sifatli uglerodli po‘lat), ГОСТ 1050-74 (uglerodli konstruksion sifatli po‘lat), ГОСТ 23570-79 (qurilish konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan po‘lat), ГОСТ 5521-76 (kemasozlikda ishlatiladigan po‘lat), ГОСТ 6713-75 (ko‘priklar qurishida ishlatiladigan po‘lat) va boshqalarga muvofiq yetkazib beriladi. Payvand buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan uglerodli konstruksion
Po‘lat kam uglerodli, o‘rtacha uglerodli va ko‘p uglerodli po‘latlarga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latlar jumlasiga yoy yordamida va gaz alangasida payvandlaganda toblanmaydigan, tarkibidagi uglerod miqdori 0,22% dan ortmaydigan po‘latlar kiradi; o‘rtacha uglerodli po‘latlarda uglerod miqdori 0,2 - 0,45% ga va ko‘p uglerodli po‘latlarda 0,45 - 0,7% ga teng. Asosiy strukturasiga ko‘ra po‘latlar klasslarga bo‘linadi: perlitli, beynitli, martensitli, ferritli, austenitli va karbidli po‘latlar. Mashinasozlik po‘lati ko‘pincha perlitli klassga, alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan po’lat austenitli, martensitli yoki ferritli klasslarga taalluqli. Oddiy sifatli uglerodli po‘lat yetkazib berilish xarakteristikasiga ko‘ra uch guruhga bo’linadi: A - mexanik xossalari, Б - kimyoviy tarkibi va В - mexanik xossalari hamda kimyoviy tarkibiga ko‘ra. Qurilish norma va qoidalariga muvofiq, payvand buyumlar В guruhdagi po‘latlardan tayyorlanishi kerak. В guruh po‘lati kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari, oksidsizlanish darajasi va po'lat kategoriyasining raqamiga qarab oltita markaga ega. Payvand konstruksiyalar uchun В guruhdagi po‘latdan asosan barcha oksidsizlanish darajalari va barcha kategoriya raqamlaridan ВСт2 va ВСтЗ markali po’latlar ishlatiladi. Markasining nomiga ko'ra, po‘lat quyidagicha o'qiladi. ВСтЗ-спЗ - В guruh po‘lati, markasi 3, tinch qaynaydigan (oksidsizlanishi bo‘yicha), 3 kategoriya; Zamonaviy mashinasozlik va qurilishni legirlangan po‘latlar ishlatmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi; ular konstruksiyalaming massasi kichik va ekspluatatsion xossalari yaxshi bo'lgan holda ishonchliligi, puxtaligi va tejamkorligini oshiradi. Bu har xil jinsli metallardan yig‘iladigan kombinatsiyalangan konstruksiyalar uchun ayniqsa muhim. Lekin ayrim bir jinsli bo‘lmagan metallami umuman payvandlab biriktirib bo'lmaydi yoki ularni payvandlash texnologiyasi juda murakkab. Shuning uchun payvandlash texnologiyasida metallarning payvandlanuvchanligi to‘g‘risidagi tushuncha katta ahamiyatga ega.
Payvandlanuvchanlik - metalining yoki bir nechta metallar qo‘shilmasining belgilangan payvandlash texnologiyasida konstruksiyaga va buyumni ishlatishga nisbatan qo'yilgan talablarga javob bera oluvchi birikma hosil qilish xossasidir. Materiallarning payvandlanuvchanligi tushunchasining murakkabligini payvandlanuvchanlikni baholashda, payvandlanadigan materiallarning bir-biriga buyum materiallari va konstruksiyalarining payvandlash texnologiyasiga bog‘liqligi e ’tiborga olinishi kerak. Payvandlanuvchanlik ko'rsatkichlari ko‘p. Masalan, statik yuklanishlar va sex haroratida ishlaydigan buyumlarda kam uglerodli po‘latning yaxshi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi, mustahkamligi maxsus texnologik shartlarni (oldindan qizdirish, termik ishlash va boshqalar) qo‘llamasdan asosiy metall mustahkamligiga teng bo‘lgan payvand birikmalar hosil qilishmumkinligi hisoblanadi. Chunonchi, kimyoviy apparatlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan legirlangan po’latlar payvandlanuvchanligining ko‘rsatkichlari maxsus xossalari - korroziyaga chidamlilik, yuqori yoki past haroratlarda mustahkamligini ta’minlaydigan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi. Har xil jinsli metallami payvandlashda atomlararo bog‘lanishlami hosil qilish mumkinligi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bir jinsli metallar osongina payvandlab biriktiriladi, har xil jinsli metallarning ba’zi juftlari esa birikmalar atomlararo bog‘lanishni Mutlaq hosil qilmaydi, masalan, mis qo‘rg‘oshin bilan payvandlanmaydi, temirni qo‘rg‘oshin bilan, titanni uglerodli po‘lat, mis bilan payvandlash qiyin va hokazo. Metallar payvandlanuvchanligining muhim ko‘rsatkichlari – payvand birikmalarda toblangan uchastkalar, darzlar va payvand birikmaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa nuqsonlarining bo'lmasligi hisoblanadi. Termik mustahkamlangan poiatning payvandlanuvchanligini baholashda payvandlashda uning mustahkamligining pasayishga moyilligi muhim xarakteristika hisoblanadi. Odatda, mustahkamligining pasayishi polatni tayyorlash jarayonida (toblash, so‘ng yumshatish) uni yumshatish haroratiga qarab qizdirish harorati 400 - 720°C bo’lgan uchastkadagi termik ta’sir zonasida sodir bo‘ladi. Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, metallning payvandlanuvchanligi metall tarkibiga, uning fizik xossalariga, payvandlash texnologiyasiga (qo‘shilma material, payvandlash rejimi va boshqalami tanlash), buyumning shakli va o‘lchamlariga, ishlatish sharoitlariga bog‘liq. Metallar payvandlanuvchanligining yagona ko‘rsatkichi yo‘q. Metallarning payvandlanuvchanligi kompleks xarakterga ega bo‘lib, qator ko‘rsatkichlar dastavval payvandlanadigan metall xossasiga bog'liq bo‘ladi.
Payvand birikmani loyihalashda payvandlanuvchanligini aniqlash va metallning darzlar hosil bo‘lish, mo‘rt holatga o‘tish, korroziyalanish, yeyilish va boshqalarga qarshi tinch suyuqlanishini tekshirish maqsadida turli metodikalar hamda texnologik nusxalar qo‘llaniladi.
Uglerodli po'ladarning payvandlanuvchanligi bo'yicha tasnifi.
Tegishli payvandlash texnologiyasida, darzlar hosil bo‘lishiga qarshitinch suyuqlanish alomatlariga ko‘ra, ferrit-perlit va beynit strukturali po‘latlarni taxminan to‘rtta gruppaga bo‘lish mumkin: I – yoy yordamida va gaz alangasida payvandlashda toblanmaydigan va shu sababli cheklanmagan darajada payvandlanadigan po'latlar; II – toblanadigan mikrostrukturalar hosil qilishga moyil po'latlar, lekin payvandlash texnologiyasi to‘g ‘ri tanlansa, metallni qizdirmasdan payvandlansa, bundny mikrostrukturalar paydo bo’lmaydi; III - payvandlashda toblaiiuvchl strukturalnrning hosil bo'lishiga moyil va bu strukturalar paydo bo‘lishining oldini olish uchun qizdirib payvandlanadigan po'latlar; IV - payvandlashda toblanadigan va oldindan yoki payvandlashda qizdirib payvandlanadigan hamda payvandlangandan keyin buyum metalli darhol termik ishlanadigan po‘latlar.
|