|
Ст5 markali po‘lat tarkibida 0,29 dan 0,37% gacha uglerod bo‘ladi, shuning uchun bu po‘latning payvandlanuvchanligi Ст4
|
bet | 4/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 57,57 Kb. | | #117352 |
Bog'liq Sobirjonov BСт5 markali po‘lat tarkibida 0,29 dan 0,37% gacha uglerod bo‘ladi, shuning uchun bu po‘latning payvandlanuvchanligi Ст4 markali po‘latning payvandlanuvchanligidan yomon. Ст5po‘latidan tayyorlanadigan buyumlarni qo‘shimcha qizdirib payvandlash kerak. Yaxshisi buyumni bir yo‘la chok o‘qidan ikkala tomonga 50 - 70mm masofada 100 - 200°C haroratgacha qo‘shimcha qizdirish kerak: qalinligi 15mm atrofida bo‘lgan listlar uchun qizdirish harorati 100°C ni, qalin listlar uchun 200°C ni tashkil qiladi. УОНИ-13/45, УОНИ-13/55, AHO-7, AHO-8, AHO-11 va boshqa elektrodlar chok metallining darzlarga qarshi yuqori turg'unligini va payvand birikmaning zarur bo’lgan yuqori mexanik xossalarini ta’minlaydi. Стб va 40 markali po’latlaming payvandlanuvchanligi ancha yomon bo’ladi. Bu po‘latdan tayyorlanadigan buyumlar qizdirib payvandlanadi, payvandlangandan keyin esa termik ishlanadi. Odatda, ko‘p uglerodli poMatlardan (C=0,46 - 0,70%) payvand birikmalar tayorlanmaydi. Bu po‘lat quyma detallarda qo’llaniladi.
Kam legirlangan po’latlarni payvandlash
Legirlangan po’latlar kam legirlangan (jami legirlovchi elementlari 2,5% dan kam), o‘rtacha legirlangan (2,5 dan 10% gacha) va ko‘p legirlangan Po’latlar (10% dan ortiq) ga bo’linadi.
Kam legirlangan po’latlar kam legirlangan kam uglerodli, kam legirlangan issiqbardosh va kam legirlangan o‘rtacha uglerodli po‘latlarga Bo’linadi. Kam legirlangan kam uglerodli konstruksion po’latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0,22% dan oshmaydi. Legirlanishiga qarab po’latlar marganetsli (14Г, 14Г2), kremniy-marganetsli (09Г2С, 10Г2С1, 14ГС, 14ГС va boshqalar), xrom-kremniy-marganetsli (14ХГС va boshqalar), marganets-azot-vannadiyli (14Г2АФ, 18Г2АФ va boshqalar), xromkremniy- nikel-misli (10ХСНД, 15ХСНД) po’latlar va boshqalarga Bo’linadi. Kam legirlangan kam uglerodli po’latlar, issiqlayin prokatka qilingan po’latlaming uzilishiga vaqtinchalik qarshiligi (48 - 90)-107 Pa atrofida bo’ladi.
Kam legirlangan issiqqa chidamli po’latlar yuqori haroratda ishlatilganda yuqori mustahkamlikka ega bo’ladi. Ulardan energetik bug’ qurilmalarini tayyorlashda keng foydalaniladi.
Kam legirlangan o'rtacha uglerodli (uglerod miqdori 0,22% dan ortiq) konstruksion po’latlar (17ГС, 18Г2АФ, 35XM va boshqalar) odatda, termik ishlangan holatda ishlatiladi. Bu po’latlarni payvandlash texnologiyasi o‘rtacha legirlangan po’latlarni payvandlash texnologiyasiga o‘xshash.
Kam legirlangan po ‘latni payvandlashning о ‘ziga xos xususiyatlari. Kam legirlangan po’latlarni payvandlash kam legirlangan konstruksion po‘latlami payvandlashga qaraganda qiyinroq. Kam legirlangan po‘lat payvandlashda issiqlik ta’siriga ancha sezgir. Kam legirlangan po‘latning markasiga qarab payvandlashda toblanuvchi strukturalar yoki payvand birikmaning termik ta’sir zonasida o‘ta qizigan uchastkalar hosil bo‘lishi mumkin.
Termik ta’sir zonasida metall strukturasi uning kimyoviy tarkibi, sovitish tezligi va metallni tegishli haroratlarda (bunda donachalaming mikrostrukturasi va o ‘lchamlari o'zgaradi) qancha vaqt turishiga bog‘liq. Agar evtektoidgacha po‘latda qizdirib austenit olinsa so‘ngra esa po‘lat turli tezlikda sovitilsa, u holda po'latning kritik nuqtalari pasayadi.
Sekin sovitilsa, perlit strukturasi olinadi (ferrit va sementitning mexanik aralashmasi). Tez sovitilganda austenit nisbatan past haroratlarda tashkil etuvchi strukturalarga parchalanadi va strukturalar - sorbit, troostit, beynit hamda juda tez sovitilganda martensit hosil bo’ladi.
Martensitli struktura eng mo‘rt struktura hisoblanadi, shu sababdan kam legirlangan po’latlarni payvandlashda sovitish jarayonida austenitning martensitga aylanishiga yo’l qo‘ymaslik lozim. Payvandlashda metallni sovitish tezligi (ayniqsa qalin metallni) quyma metallni havoda odatdagicha sovitish tezligidan doim ancha ortiq bo’ladi, natijada legirlangan po’latlarni payvandlashda martensit hosil bo’lishi mumkin.
Payvandlashda toblangan martensit strukturasi hosil bo’lmasligi uchun termik ta ’sir zonasining sovishini sekinlashtiradigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur (buyumni qizdirishdan, chokda metall qatlamlarini ma’lum vaqt oralig’da hosil qilish va boshqalardan foydalanish). Buyumlarni yuqori haroratda ishlatishda uning yoyiluvchanligiga (vaqt o‘tishi bilan yuqori haroratlarda buyum metallining deformatsiyalanishi) qarshiligini oshirish uchun metallda yirik donali strukturaga ega bo’lish mumkin ekan. Lekin juda yirik donali metallning plastikligi past bo’ladi, shuning uchun bunday hollarda donalar o’lchami cheklanadi. Buyumlar past harorat sharoitlarida ishlatilganda yoyiluvchanlik bo‘lmaydi va katta mustahkamlik hamda plastiklikni ta’minlaydigan mayda donali metall strukturasi zarur bo’ladi. Kam legirlangan po’latlarni payvandlashda qoplamali elektrodlar va boshqa payvandlash materiallari shunday tanlanadiki, ular tarkibidagi uglerod, oltingugurt, fosfor va zararli elementlar miqdori kam uglerodli konstruksion po’latlarni payvandlash uchun mo’ljallangan materiallardagiga nisbatan kam bo’lsin. Shu bilan chok metallini kristallizatsion darzlarga qarshi turg‘unligini oshirishga muyassar bo’linadi, chunki kam legirlangan po’latlar bunday darzlarning hosil bo’lishiga juda moyil bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ст5 markali po‘lat tarkibida 0,29 dan 0,37% gacha uglerod bo‘ladi, shuning uchun bu po‘latning payvandlanuvchanligi Ст4
|