Flyus ostida yoy bilan payvandlash




Download 57,57 Kb.
bet6/8
Sana12.12.2023
Hajmi57,57 Kb.
#117352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sobirjonov B

Flyus ostida yoy bilan payvandlash. Payvandlash yoyi to‘kiluvchan flyus ostidagi yalang‘och elektrod sim bilan payvandlanadigan metall o‘rtasida yondiriladi. Yoy yondirilganidan keyin uning yuqori harorati hisobiga yoyning yonish jarayonida bug‘ va gazlar flyus pufagi hosil qiladi. Shunday qilib, payvandlash yoyi yondirilganidan keyin u flyus qatlami ostida yonadi. Flyus pufagida bug’ va gazlar 5-9 kgkuch/cm2 chamasida bosim hosil qiladi. Yoy ustunining bosimi, pufakdagi metall gazlari va bug‘larining bosimi payvandlash yoyining tubidan suyuqlangan metallning siqib chiqarilishiga yordam beradi, natijada yoy asosiy metallni chuqurroq suyuqlantiradi.
Flyus pufagi metallning kuyib va sachrab isrof bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Payvandlash tokining kattaligi oshsa, suyuqlantirish chuqurligi va eritib yopishtirish koeffitsienti, binobarin, suyuqlantirilgan elektrod miqdori ortadi. Flyus ostida yoy yonishining turg‘unligi suyuqlantiriladigan elektrod metali miqdori bilan payvandlash yoyiga tushadigan elektrod metali miqdoriga bog‘liq. Flyus ostida payvandlash yoyini siljitish
tezligi oshirilganda eritish chuqurligi, chokning eni va balandligi kamayadi, bunga chok uzunligining birligiga yoy issiqligining ta’siri kamayganligi sabab bo‘ladi. Agar payvandlash tezligini, tokning kattaligini o‘zgartirmasdan, flyus ostida yonayotgan payvandlash yoyining kuchlanishi oshirilsa yoyning uzunligi ortadi va uning suriluvchanligi oshadi. Flyus ostida payvandlash yoyining yonishi o‘zgaruvchan tokda ham, o‘zgarmas tokda ham sodir bo‘lishi mumkin. G‘z navbatida o‘zgarmas tokda payvandlash yoyi esa to‘g‘ri yoki teskari qutbli bo'lishi mumkin. Suyuqlanmagan flyus qatlami gaz pufagining yorilishiga to‘sqinlik qiladi. Flyus qatlami yorilib, tashqariga
gaz chiqsa, bu hoi flyusning etishmasligidan darak beradi. Flyus ostida yonuvchi yoy bilan payvandlashda yakka elektrodlar bilan qo‘lda payvandlashdagiga qaraganda, tokning zichligi katta qilib olinadi. Bunga sabab shuki, birinchi holda tok keltiruvchi
mundshtukdan payvandlash yoyigacha bo‘lgan masofa 60-100 mm dan oshmaydi. Shuning uchun issiqlik nurlanish hisobiga kamroq isrof bo‘ladi, flyus ostidagi yoy esa ochiq yoyga qaraganda ancha to‘plangan manba bo‘ladi. Shu bilan birga yoy oralig‘idagi harorat oshmaydi, chunki metall hamda flyusning siiyuqlanishi va bug‘lanishiga juda ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Flyus qatlamining bosimi hisobiga gaz pufagida bosim oshganida tokning zichligi ham ortadi. Gazlaming bosimi deyarli payvandlash tokiga proporsional ravishda ortadi.

Payvandlash uchun jihoz


Mexanizatsiyalashgan flyus ostida yoyli payvandlashni bajarish uchun jihozlar jamlanmasi kerak bo‘ladi, bular: ta’minlash manbayi, payvandlash apparati, mexanik jihozlar va qurilmalar bular buyumni yig‘ishda aniqlik uchun va sifatli payvand birikmani hosil qilish uchun kerakdir. Ushbu texnologik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jihozlar jamlanmasi payvandlash uskunalari deb ataladi.


Payvandlash apparati deb payvand birikmani bajarishda operatsiya va usullami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishuchun kerak bo‘ladigan elektr asboblar hamda mexanizmlar jamlanmasiga aytiladi. Payvand birikmaning bajarish jarayoni uchun operatsiya va usullami quyidagicha ajratish mumkin: payvand yoyini qo‘zg‘atish va talab etilgan rejimlarda yoy yonishining turg‘unligini ta’minlash, payvandlash zonasiga elektrodni uzatish, chok o‘qi bo‘ylab elektrodni yo‘naltirish, talab etilgan tezlik bilan yo‘naltirilgan yo’nalish bo‘yicha yoy siljishini payvandlanayotgan qirralar bo‘yicha siljitish. payvandlash zonasiga flyusni uzatish, ishlatilmagan flyusni yig‘ish, payvandlash jarayonini to‘xtatish va kratemi payvandlab tofldirish.
Yoyni qo‘zg‘atish, elektrod simini uzatish rejimni ushlab turish va payvandlash jarayonini to'xtatish qurilmasiga payvandlash kallagi deyiladi.
Agar payvandlash kallagi to‘g‘rilash mexanizmi tizimi bilan, flyus uchun bunker, sim uchun kassetalar o‘zi yurar aravachaga biriktirilgan bo‘lsa u ozi yurar payvandlash avtomati deyildi (4.2-rasm). O‘zi yurar payvandlash avtomati maxsus o‘matilgan yo‘naltirgichlar bo‘ylab harakatlanadi va bir yoki bir turli buyumlami payvandlash uchun mo‘ljallangan.
Payvandlash kallagi to‘g‘rilash mexanizmi tizimlari bilan, flyus uchun bunker va sim uchun g‘altagi bilan payvandlanayotgan buyum tepasiga siljimaydigan qilib mahkamlangan qurilmaga osma payvandlash apparati deyiladi. Osma payvandlash apparat-larini qo‘llashda buyum o‘zi mexanik jihozlar (manipulatorlar, aylantirgichlar, rolikli stendlar) yordamida harakatga keltiriladi,
yoy esa harakatsiz bo‘lib turaveradi. Osma payvandlash apparatlari aravachalarga ham o‘matiladi, masalan, uzun to‘g‘ri chiziqli chok- lar hosil qilish uchun yoki payvandlash apparatini bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga o‘tkazish va hokazolar uchun aravachalarga o‘matiladi.
ГОСТ 8213-75 E «O‘zi yurar, eriydigan elektrod bilan yoyli payvandlash uchun avtomatlar» bo‘yicha umumiy qoTlash uchun o‘zi yurar apparatlar ishlab chiqiladi.
Ushbu ГОСТ bo‘yicha payvandlash uchun apparatlami qo‘zg‘almas, qo‘zgaluvchan hamda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda ishlab chiqiladi. Apparatlar 50 Hz chastotali nominal kuchlanish 220 yoki 380 V apparatlaming nominal toklari 315, 500 va 630 A, nominal toki 1000 va 1600 A boTgan apparatlarga 380 V kuchlanishli ishlab chiqiladi.
ГОСТ 8213-75E bo‘yicha eriydigan elektrod bilan yoyli payvandlash uchun avtomatlar quyidagi jihatlar bo‘yicha klassifikatsi- yalanadi:
1) yoy zonasini himoya qilish bo‘yicha (payvandlash uchun avtomatlar: flyus ostida, himoya gazlarda, flyus ostida va himoya gazlarda);
2) payvandlash toki qoTlanildigan tun bo‘yicha (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda payvandlashda);
3) soplo va payvandlash kallagini sovutish usuli bo‘yicha (tabiiy sovutish, majburiy sovutish — suv yoki gaz bilan);
4) elektrod simini uzatish tezligini rostlash bo‘yicha (ravon, ravon-pog‘onali, pog‘onali rostlash);
5) payvandlash tezligini rostlash bo‘yicha (ravon, ravon- pog‘onali, pog‘onali rostlash);
6) elektrod simini uzatish bo‘yicha (mustaqil - sim uzatish tezligi doimiy va yoy kuchlanishiga bogTiq uzatish - avtomat rostlagichlar bilan).
Payvandlash kallagida doimiy uzatish tezligi bilan yoy uzunligi o‘zgarish oralig‘ida rejim tiklanishi, yoyning o‘z-o‘zidan rostlanishi oqibatida vaqtinchalik elektrod erish tezligi o‘zgarishi hisobiga boTadi. Yoy oralig’i kattalashishi natijasida payvandlash
toki kuchi pasayadi, bu esa elektrod erish tezligini kamaytiradi. Yoy uzunligini qisqarishi payvandlash toki va erish tezligini oshirishga olib keladi.
Yoy kuchlanishlarini avtomatik rostlash bilan payvandlash kallaglarida yoy oralig‘i uzunligini buzilishi, elektrod simini uzatish tezligini shunday o‘zgartiradiki (o‘zgarmas tok elektr yuritgichga ta’sir etib), yoyga qo'yilgan kuchlanish qayta tiklanadi.
ГОСТ 18130-79E «Eriydigan elektrod bilan yoyli payvandlash uchun yarim avtomatlar. Umumiy texnik shartlar» bo‘yicha mavjud hamma yarim avtomatlar quyidagi alomatlar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:
1) yoy zonasini himoya qilish bo‘yicha (yarim avtomatlar payvandlash uchun: flyus ostida, faol himoya gazlarda, inert gazlarda, faol va inert gazlarda, ochiq yoy bilan);
2) gorelkani sovutish bo‘yicha:
- tabiiy sovutish;
- majburiy sovutish - suv yoki gaz bilan;
3) elektrod simi turi bo‘yicha:
- yaxlit qirqimli sim;
- kukunli sim;
4) elektrod simini uzatish tezligini rostlash bo‘yicha (rostlash);
- ravon;
- pog'onali;
- ravon- pog‘onali;
5) elektrod simini uzatish bo‘yicha (4.4-rasm):
- itaruvchi;
- tortuvchi;
- itaruvchi-tortuvchi.
Payvandlash apparatlarini belgilash uchun yoyli payvandlash uchun harf-raqamli ramzlar tizimi qabul qilingan. Birinchi ikki harf apparat turi va payvandlash usuli belgilanadi (A - avtomat, П - yarim avtomat, У - uskuna, Д - yoyli payvandlash). Uchinchi harf (ayrim hollarda to‘rtinchisi) payvandlash yoyining himoyasi turini belgilaydi. Bu yerda quyidagi belgilar qoTlaniladi:
Konstruksiya hisobi
Flyus ostida payvandlash rejimi hisobi. Flyus ostida payvandlash rejimi asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: payvandlash toki, yoydagi kuchlanish, payvandlash tezligi, payvandlash simini uzatish tezligi.

Payvandlash tok kuchi, А; quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


; A




Payvandlash tok kuchi, А

180-300

300-400

500-600

600-700

700-850

850-1000

Yoydagi kuchlanish, V



32-34

34-36

36-40

38-40

40-42

41-43

Eritib qoplash doimiy tokda to’g’ri qutbda bajariladi. Elektrod uchi chiqib turishi 30 ÷ 60 mm qabul qilinadi.


Elektrod simi uzatish tezligi, m/soat, quyidagi formuladan hisoblanadi:




bu yerda: 𝑑𝑒– sim diametri, mm; ρ – elektrod simi materiali zichligi, g/sm3 (po’lat uchun ρ =7,8 g/sm3).; 𝛼𝑒𝑟𝑖𝑠ℎ-payvandlash simi erish koiffietsenti;
Flyus ostida payvandlashda yuza kesimi to’liq bo’lgan payvandlash simi erish koiffietsenti quyidagicha hisoblanadi:
o’zgaruvchan tokda



o’zgarmas tokda to’g’ri qutbda:
o’zgarmas tokda teskari qutbda:
Payvandlash tezligi, m/soat, quyidagi formula yordamida aniqlanadi;


0,01 m/soat
Bu yerda, 𝛼𝑞𝑢𝑦 – eritib qoplash koiffietsenti, g/А*soat; 𝛼𝑞𝑢𝑦 = 𝛼𝑒𝑟𝑖𝑠ℎ (1-Ψ), bu yerda Ψ – sachrash va yo’qotish koiffietsenti, 0,02 ÷ 0,03 qabul qilinadi.
Flyus ostida eritib qoplashda FV – bir valik ko’ndalang kesim yuzi, sm2, bir o’tish uchun 0,3 ÷ 0,6 sm2 qabul qilinadi.
Eritib qoplangan metal massasi, g, quyidagi formuladan aniqlanadi:

bu yerda 𝑉𝑒.𝑞. – eritib qoplangan metall hajmi, sm3. Quyidagi formuladan aniqlanadi;



bu yerda 𝐹𝑒.𝑞. – eritib qoplangan qatlam yuzasi, sm2; h – eritib qoplangan qatlam balandligi, sm.
Payvandash simi sarfi, g, quyidagi formuladan aniqlanadi;



Bu yerda. 𝐺𝑒.𝑞. – eritib qoplangan metal massasi, g; Ψ – sachrash va yo’qotish koiffietsenti.
Flyus sarfi, g/har.m, quyidagi formuladan aniqlanadi.



Yoy yonish vaqti, soat, quyidagi formula yordamida hisoblanadi;



To'liq payvandlash vaqti, soat, quyidagi formuladan aniqlanadi;





Bu yerda
𝐾𝑃– payvandlash postidan foydalanish koiffietsenti 0,6 ÷ 0,7 qabul qilinadi.
Elektr energiyasi sarfi, kVt∙soat, quyidagi formuladan aniqlanadi.



Bu yerda 𝑈𝑦𝑜𝑦– yoydagi kuchlanish, V; η– F.I.K: doimiy tokda 0,6÷0,7 , o’zgaruvchan tokda 0,8÷ 0,9; WO– ta’minlovchi manba quvvati, salt yurishda, kWt*soat (doimiy tokda 2,0÷3,0 kWt, o’zgaruvchantokda – 0,2÷ 0,4 kWt).

Eriydigan elektrod bilan fiyus ostida payvandlash


(CB-08Г2С)

Download 57,57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 57,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Flyus ostida yoy bilan payvandlash

Download 57,57 Kb.