Mavzu: Elektromagnit nurlanish qurilmalarida mavjud xavf-




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana06.01.2024
Hajmi0,9 Mb.
#131215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tayyor

Mavzu: Elektromagnit nurlanish qurilmalarida mavjud xavf- 
xatarlar. 
Mikroto‘lqinlar hamda, o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar 300 mm dan 1 mm 
gacha bo‘lgan uzunlikka ega bo‘ladi. Huddi detsimetrli va metrli uzunlikdagi 
to‘lqinlar singari, santimetrli uzunlikdagi to‘lqinlar ham atmosferada deyarli 
qarshiliksiz tarqaladi (ya'ni, ularni atmosfera deyarli yutmaydi). Ayni omilga ko‘ra 
ular ham sun'iy yo‘dosh aloqasini ta'minlashda, hamda boshqa muhim 
telekommunikatsion tizimlarda keng qo‘llanadi. Biz uylarimiz tomlarida ko‘rib 
ko‘nikib qolgan odatiy sun'iy yo‘ldosh likopchasi (parabola antennasi tarelkasi)ning 
o‘lchamlari, aynan shunday turdagi elektromagnit to‘lqinlardan bir nechtasining 
uzunligiga tengdir. 
Ushbu ko‘rinishdagi elektromagnit to‘lqinlarning nisbatan qisqaroqlari sanoatda, 
hamda, maishiy turmushda o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Uzoqqa bormay, har 
birimizning oshxonalarimizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli pechlarni eslash 
kifoya. Mikroto‘lqinli pechning ishlash mohiyati, klistron deb ataluvchi qurilmadagi 
elektronalrning o‘ta tezkorlik bilan aylanishi tamoyiliga bog‘liqdir. 


Ushbu aylanish natijasida elektronlar muayyan chastotadagi o‘ta yuqori chastotali 
elektromagnit nurlanishlarni tarata boshlaydi va ushbu nurlanishlarni suv 
molekulalari osonlik bilan o‘ziga singdiradi (yutadi). Mikroto‘lqinli pechga taom 
qo‘yilganida, taom tarkibidagi suv molekulalari o‘ziga kelib tushayotgan 
mikroto‘lqinlarning energiyasini yutib oladi hamda natijada tezkorlik bilan 
harakatlana boshlaydi. Molekulalarning ushbu jadal harakati natijasida tarkibida 
ushbu molekulalar bo‘lgan taomning qizishi (isishi yuzaga keladi). Boshqacha 
aytganda, taomni tashqaridan turib qizdirish-isitishni amalga oshiruvchi oddiy pech 
yoki, duxovkalardan farqli o‘laroq, mikroto‘lqinli pech mahsulotni ichidan isitadi. 
Infraqizil to‘lqinlar: 
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan 
boshalb, 8000 atom diametri (taxminan 800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikdagi 
elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson 
bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik 
tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga 
yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. o‘sha buyumdan, yoki olovdan 
taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil nurlanishning 
o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, o‘ljasining 
tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning qayerda va 
qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham mavjud. 
Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida 
elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari, 
zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish 
sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati 
infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular bizga 
«qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat odamlarni 
yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning joylashbuvini ham 


aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan texnika va inshootlar, 
termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach, o‘ziga singdirib olgan 
issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil detektorlar esa aynan shu 
narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar harbiy maqsadlarda va 
qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi. Xususan, ko‘chki, yoki, 
vayronalar ostida qolgan tirik odamlarni izlab topishda, ularining tanalari 
taratayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishni shunday detektorlar vositasida qayd 
etiladi va ularning turgan joyi aniqlanadi. 
Ko‘rinadigan nurlar. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, ko‘rinadigan nurlar, ya'ni, elektromagnit nurlanishlar 
spektrining bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlaridan iborat qismi 400 nm dan 800 nm 
gacha bo‘lgan to‘lqin uzunligidagi nurlanishlarni o‘z ichiga qamraydi. Inson ko‘zi 
ushbu diapazondagi elektromagnit nurlanishlarni sezish, qayd qilish va tahlil qilish 
uchun eng ideal vosita o‘laroq yaratilgandir. Buning ikkita sababiyati mavjud. 
Birinchidan, aytilganidek, ko‘rinadigan nurlar spektriga oid elektromagnit 
to‘lqinlar, ular uchun shaffof bo‘lgan yer atmosferasida deyarli hech qanday 
qarshilikka uchramasdan tarqaladi. Ikkinchidan, Quyosh sirtining harorati 
(taxminan 6000 °C) shundayki, Quyosh nurlari energiyasining eng yuqori nuqtasi 
aynan bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, 
sayyoramizdagi hayot va energiyaning bosh omili bo‘lmish Quyosh, o‘z 
energiyasinintg eng katta qismini aynan ko‘rinadigan nurlar diapazonida 
nurlantiradi; qolaversa, bizni o‘rab turgan atrof-muhit ham ushbu nurlar uchun 
deyarli mutlaqo shaffofdir. Shu sababli ham, inson ko‘zining evolyutsion taraqqiyoti 
natijasida, aynan ushbu turdagi elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilishda moslashib 
qolgani bejiz emas. 
Yana bir bora ta'kidlash kerakki, fizika nuqtai nazaridan, odamga ko‘rinadigan 
yorug‘lik nurlari diapazoniga tegishli elektromagnit to‘lqinlarning (ya'ni, oddiy 
nurlarning) boshqa turdagi elektromagnit to‘lqinlardan hech bir farqi yo‘q. Ular 


elektromagnit nurlanishlar yaxlit diapazonning torgina bir qism(cha)sini tashkil 
qladi xolos. Bu turdagu nurlarning inson uchun ahamiyati shundaki, odam ko‘zi va 
miyasi biologik jihatdan faqat shu turdagi nurlarni qayta ishlash va tahlil qilishga 
yaraydigan qilib yaratilgandir (yana kim biladi deysiz, inson miyasi va tafakkurining 
biz bilmagan qanchada-qancha imkoniyatlari bo‘lishi mumkin...) 
Ultrabinafsha nurlari 
Ultrabinafsha nurlar diapazoniga, bir necha ming atom diametriga teng to‘lqin 
uzunligidagi elektromagnit nurlanishlardan boshlab, atiga bir nechta atom 
diametriga teng uzunlikdagi nurlanishlar kiritiladi (400-10 nm). Spektrning ushbu 
qismidagi nurlanishlar tirik organizmlarning faoliyati uchun jiddiy ta'sirlar 
ko‘rsatadi. Quyosh spektridagi yumshoq ultrabinafsha nurlari (to‘lqin uzunligiga 
ko‘ra ko‘rinadigan nurlar spektriga yaqin bo‘lgan ultrabinafsha nurlari) muayyan 
dozalarda terining kuyishini (qorayishni) keltirib chiqaradi. Quyosh nurlari 
tarkibidan qabul qilingan ultrabinafsha nurlari dozasi ortib ketsa esa, inson terisida 
o‘tkir kuyishlar - chandiqlar va boshqa nojo‘ya oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. 
Qattiq (qisqa to‘lqinli) ultrabinafsha nurlar esa, tirik to‘qimalar uchun halokatli ta'sir 
qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi ultrabinafsha to‘lqinlarda jarrohlik asboblarini 
sterilizatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar tibbiy 
anjomlar va buyumlar sirtidagi barcha mikroorganizmlarga qiron keltirib, bemorlarni 
infeksion xastaliklardan saqlab qoladi. 
Yer yuzida yashovchi barcha tirik organizmlar, Quyoshda keluvchi va halokatli ta'sir 
qudratiga ega bo‘lgan qattiq ultrabinafsha nurlanishlarning ta'siridan mustahkam 
tabiiy qalqon bilan himoyalangan bo‘lib, ushbu himoya qalqoni vazifasini, Yer 
atmosferasining ozon qatlami bajaradi. Agar mazkur tabiiy qalqonimiz 
bo‘lmaganida, balki yerdagi hayot faqat okeanlar tubidagina mavjud bo‘larmidi... 
Rentgen nurlari. 


Bir necha atom diametrlaridan boshlab, bir necha yuz atom yadrosi diametrlariga 
teng to‘lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlarni Rentgen nurlanishlari deb 
ataymiz. Rentgen nurlari organizmning yumshoq to‘qimalari orqali to‘siqsiz o‘tib 
bora oladi va tananing qattiq qismlari - suyaklardagina akslanadi. Shu sababli ham 
rentgen nurlarning tibbiy tashxis uchun ahamiyati beqiyosdir. Huddi radioto‘lqinlar 
singari, rentgen nurlarining ham kashf etilish, hamda, ularning insonga amaliy 
ko‘mak berishga o‘tishi orasidagi vaqt tafovuti juda qisqa muddatni tashkil qiladi. 
Rentgen nurlarini 1895-yilda olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) 
kashf qilgan bo‘lib, oradan bir necha oy o‘tib, ushbu fizik kashfiyotdan Parij 
kasalxonalaridan birda bemorning singan suyagini ko‘rish uchun foydalanilgan. Tez 
orada ushbu amaliyot butun dunyo tibbiyot muassasalarida ommalashib ketdi. 
Shunisi qiziqki, o‘sha davr farang gazetalari, rentgen nurlarining kiyim-
kechaklardan ham o‘ta olishi haqida shov-shuv qilib yozarkanlar, ushbu nurlarning 
tibbiy tashxis vositasi sifatidagi ahamiyati haqida lom-mim deyishmagan ekan... 
Gamma-nurlar. 
Elektromagnit spektrdagi to‘lqin uzunligi bo‘yicha eng qisqa, hamda chastotasi va 
energiyasi bo‘yicha eng yuksak turuvchi nurlanishlar bu - gamma nurlardir (?- 
nurlar). Gamma-nurlar o‘ta yuqori energiyali fotonlardan tashkil topgan bo‘lib, 
hozirgi kunda onkologik xastaliklarni davolash maqsadlarida keng qo‘llanilmoqda. 
Lekin, gamma-nurlar tirik organizmlar uchun shu darajada halokatli ta'sir qiladiki, 
ular vositasida havli to‘qimalarni o‘ldirishda amaliyotchi-vrachlarda juda katta 
ma'suliyat va zargarona aniqlikdan ham yuksak aniqlik talab qilinadi. Zero, gamma-
nurlari sog‘lom to‘qimalarga tushsa, ularni ham muqarrar halok qiladi. 

Download 0,9 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektromagnit nurlanish qurilmalarida mavjud xavf-

Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish