Mavzu:
Komputerning amaliy dasturlari tarkibi bilan tanishish va ular bilan
ishlashni o‘rganish.
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli sohasi
doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi.Hisoblash texnikasini
amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning
ixtisoslashtirilgan
paketlarini
yaratishdir.Ularga
kirishning
osonligi
va
foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot,
madaniyat, ta’limning aniq vazifalariniyechishda kengroq tadbiq etish uchun
sharoitlar yaratadi. Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar
asosida quriladi va u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash
vositalariningdasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga
ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar
integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid
masalalarni yechishga oid o’zaro bog’langan dasturlar majmui. 1)Muammoli -
yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta
ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi. 2)Loyihalashni
avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlabchiquvchi konstruktorlar
va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi. 3)Umumyo’naltirilgan. Matn
muharrirlari va jadval prosessorlari, grafikmuharrirlar, ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi
tizimlar.4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida
organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni,
matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.5) Stol usti nashriyot tizimlari -
funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan matn prosessorlari.6) Su’niy intellekt
tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab quvvatlovchilarni; turli xil
vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera
oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi
intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun
mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib
o’tish mumkin: • matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;•
grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari; • katta o’lchamli elektron
jadvallar, jadval prosessorlari;• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy
dasturlar paketlari;
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;• ma’lumotli-qidirish tizimlari; • su’niy
intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;• avtomatlashtirilgan o’qitish
tizimlari; • ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;• matematik
dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari; • avtomatlashtirilgan loyihalashtirish
tizimlari;• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini
oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.Matnli, jadvalli va grafik
axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi
ta’minlaydi.Muammoviy yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketlari
Matnli prosessorlar — foydalanuvchi tomonidan hujjat yaratishda matnni bir
yerga yig’ish, shakllantirish, tahrir qilishga imkon beruvchi hujjatlar (matnlar) bilan
ishlash uchun mo’ljallangan maxsus dasturlar. Odatda ular o’z ichiga matn bloklar
va obyektlar bilan ishlash bo’yicha qo’shimcha vazifalarni oladi.Stol usti nashriyot
tizimlari — kasbiy nashriyot faoliyati uchun mo’ljallangan va hujjatlarning asosiy
turlari, axborot byulletenlari, qisqa rangli risolalar, hajmlikataloglar va savdo
buyurtmalari, ma’lumotnomalar ko’rinishidagi keng turlitumanligini elektron
amalga oshirishga imkon beruvchi dasturlar ushbu turdagi paketlarda ko’zda tutilgan
vositalar quyidagilarga imkon beradi:•matnni bir yerga jamlash (terish); barcha iloji
bo’lgan foydalanish va poligrafik tasvirlashni amalga oshirish; eng yaxshi mantli
prosessorlar darajasidamatn tahrir qilishni amalga oshirish; •grafik tasvirlarni ishlab
chiqish;•poligrafik sifatli hujjatlar chiqarishni ta’minlash; •tarmoqlar va har xil
platformalarda ishlashga.Grafik muharrirlar — grafik axborotlarni ishlab chiqish
uchun mo’ljallangan paketlardir. Ular rastrli va
vektorli grafiklarni ishlab chiquvchi ADPga bo’linadi.Vektorli grafika bilan ishlash
uchun paketlar badiiy va texnik tasvirlar bilan keyinchalik rangli bosib chiqarish
bilan bog’liq kasbiy ishlash uchun mo’ljallangan(masalan, dizaynerning ish joyi)
loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari uchun va stol ustidagi nashriyot
tizimlari o’rtasida oraliq joyni egallaydi.Ushbu sinfdagi paketlar hozirgi vaqtda
grafik tasvirlarni murakkab aniq ishlab chiqilishini amalga oshirish uchun vazifaviy
vositalarning ancha kengmajmuiga ega va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• grafik tasvirlarni yaratish uchun vositalar;• tekislash vositalari (asosiy chiziq va
bet bo’yicha, kesishish katagi, eng yaqin nuqta bo’yicha);• obyektlar bilan
manipulyasiya
qilish
vositalari;
•
paragraflarni
rasmiylashtirish
va
zamonaviylashtirish, har xil shriftlar bilanishlash qismida matnni ishlab chiqish
vositalari; • turli xil formatlardagi grafik obyektlar (fayllar)ni import (eksport)
kilishvositalari; • ekran tasvirini poligrafik bajarishga tegishli ravishda sozlash bilan
bosmaga chiqarish vositalari;
Elektron jadvallar (jadvalli prosessorlar) — tashkil qilingan ma’lumotlarni jadvalli
tartibda ishlab chiqish uchun mo’ljallangan dasturlar paketi.Ishlarni tashkil
qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki uning tarkibiy
bo’linmasini turli resurslar (vaqt, mablag’, materiallar)dan foydalanishni
rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturlar
paketlaridir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni yaratish,
saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.Ko’pgina
mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar MBBTning
vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.Namoyish qilish grafiklarining
paketlari ba’zi bir tahliliy tadqiqotlar natijalarini ko’rgazmali va dinamik shaklda
taqdim etishga qaratilgan ishga tegishliaxborotlar grafik tasvirining konstruktorlari
bo’ladi. Mul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish va
ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo’ljallangan. Dasturli vositalardan
tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli
shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo’shimcha platalar bilan
jihozlanishi mumkin. Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari — grafik
tasvirlarni ishlab chiqish bilan bog’liq dasturlar paketlarining o’zgacha turli-
tumanligidar. Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida
konstruktorlikishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun
mo’ljallangan.
Ushbu paketlar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar
majmuiga ega:• foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo’lib ishlashi; •
fayllarning barcha imkon bo’lgan formatlarda eksporti-importini;• obyektlarni
masshtablashtirish; • obyektlarni guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish,
o’lchamlarinio’zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish; • qaytadan
chizish (fonli, qo’lda, uzilgan holda);• fayllarni kutubxonalar va chizmalarning
kataloglari qismida boshqarish; • egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy
shakllari, ko’p burchaklarnichizishga imkon beruvchi turli- tuman chizmachilik
vositalaridan foydalanish, alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni
yozish va h. k.;Alomatlarni bilib olish dasturlari — bu, alomatlar kodlaridagi harflar
va raqamlarning grafik tasvirlarini tarjima qilish uchun mo’ljallangan. U skaner
bilanbirgalikda ishlatiladi. Moliyaviy dasturlar guruhi har xil paketlar bilan taqdim
etilgan: yozuv daftarchasi va moliyaviy operatsiyalar yozuvi (pul mablag’larining
balansi,zayomlar va kreditlar bo’yicha foizli to’lovlarni aniqlash, pul kiritmalarining
vaqtincha tuzilmalari va h. k.) ko’rinishidagi ishga doir yozuvlarni olib borishuchun.
Tahliliy tadqiqotlar uchun o’zini yaxshi tavsiya etgan Stat Graphics, Systat va
“Статистик-Консультант” statistika paketlaridan foydalaniladi.
|