O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana06.01.2024
Hajmi0,9 Mb.
#131215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tayyor

O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 
03.04.2007 y. N PQ-614. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI O‘ZBEKISTON 
RESPUBLIKASIDA AXBOROTNI KRIPTOGRAFIK MUHOFAZA QILISHNI 
TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA [Ko‘chirma] 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Davlat sirlarini 
saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek axborotni muhofaza 
qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya tizimlaridan foydalangan 
holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotla bayon etilgan 
axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maqsadida: Oldingi tahrirga 
qarang. 1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 
axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga 


oshiruvchi va mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni ta’minlovchi vakolatli organ 
hisoblanadi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5- iyundagi 
PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. Quyidagilar Davlat 
xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy 
vazifalari etib belgilansin: (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son) 
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va tizimlarini rivojlantirish hamda 
foydalanish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni zamonaviy talablar va 
standartlarga muvofiq ravishda shakllantirish va amalga oshirish; axborotni 
kriptografik muhofaza qilishni standartlashtirish, sertifikatlash va litsenziyalash, bu 
sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni ta’minlash; axborotni 
kriptografik muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va yuqori 
malakali kadrlarni tayyorlash, axborotni kriptografik muhofaza qilishning mahalliy 
vositalarini ishlab chiqish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar: davlat sirlaridan 
iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni; davlat tashkilotlarining mulki 
hisoblangan maxfiy axborotni; tashkilotlar tomonidan tovarlar va xizmatlarni davlat 
tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berishda ularning idoraviy mansubligi va 
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maxfiy axborotini kriptografik muhofaza qilishda 
foydalaniladigan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari, shu jumladan 
xorijda ishlab chiqarilgan vositalari majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi shart. 
4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; * 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini 
sertifikatlash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. * 2-ilova rus 
tilidagi matnda berilgan. 5. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) “O‘zstandart” 
agentligi (R. Bo‘riyev) bilan birgalikda axborotni kriptografik muhofaza qilish 
sohasida tegishli standartlar, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil 
etsin. 6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), MXX bilan kelishilgan 
holda, axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida davlat ta’lim standartlarini 
ishlab chiqishni ta’minlasin. 7. “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) belgilangan 
tartibda MXXni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida mahsulot 
(xizmat)larni sertifikatlash huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazsin. Oldingi 
tahrirga qarang. 8. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari 
davlat qo‘mitasi axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan yoki 
kriptotizimlardan foydalanishni nazarda tutuvchi axborot tizimlarini yaratish 
bo‘yicha loyihalar ekspertizasini o‘tkazishda mazkur loyihalarning DXX bilan 
kelishib olinishini ta’minlasin. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda 


— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316- 
son) Oldingi tahrirga qarang. 9. Axborotni kriptografik muhofaza qilish mahalliy 
vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
o‘tkazish maqsadida xarid qilinadigan dasturiy va texnika vositalari, nazorat- 
o‘lchov hamda tadqiqot komplekslari, shuningdek foydalanish materiallari 
DXXning tasdiqlovchi xati bo‘lgan taqdirda bojxona to‘lovlari (bojxona 
rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. (9-band O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-
son) 

Download 0,9 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish

Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish