• Mavzu: Axborotni ruxsatsiz foydalanishlarning dasturiy himoyasi.
  • Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand




    Download 0,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana06.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #131215
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    tayyor

    Foydalanilgan internet saytlari
    1. 
    https://www.ziyonet.uz 
    2. 
    https://www.nasa.gov\statistics\ 
    3. 
    https://www.security.uz 
    4. 
    https://www.cert.uz 


    5. 
    https://www.uzinfocom.uz 
    6. 
    https://library.tuit.uz – 
    7. 
    https://intuit.ru – 
    Mavzu: 
    Axborotni ruxsatsiz foydalanishlarning dasturiy himoyasi. 
     
    Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan rivojlangan 
    ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda, keng 
    ma’noda, axborotlarning muhim ahamiyatga egaligi bilan ham belgilanadi. 
    INTERNET tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, 
    axborotlarni tez va sifatli boshqarishni ta’minlash jarayonlarini rivojlantirib 
    bormoqda. Axborotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, axborotlarni asli 
    holidan o‘zgartirilgan holda, ya’ni shifrlangan holda saqlashva uzatish 
    masalalarining muhim ekanligiga shubha yo‘qdir. Qadimiy Misr va Hindistonning 
    ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi. Eramizdan avvalgi beshinchi asrda yashab 
    o‘tgan grek olimi Gerodotning xabar berishicha, qadimiy Misrda shifrlangan 
    axborotlar rolini, jretslar, ya’ni yuqori tabaqadagi etuk fikrli kishilar tomonidan 
    yaratilgan muomala tili bajargan. Bunda uchta alfavitga asoslanilgan: yozuv, ilohiy 
    va maxfiy. Yozuv alfaviti oddiy o‘zaro muomalada qo‘llanilgan, ilohiy alfavit 
    diniy muomala matnlarini ifodalashda qo‘llanilgan, maxfiy alfavit esa ma’lumotlarni 
    asl ma’nosini begonalardan muhofaza qilishda astrologlar tomonidan qo‘llanilgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul 
    qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi farmonida axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir 
    chora-tadbirlar belgilangan. 2003 yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 


    qator qonun xujjatlari qabul qilindi. Jumladan, ana shunday xujjatlarning biri 
    “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq elektron raqamli imzo 
    shaxsiy imzoga tenglashtirildi va u bilan bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ldi. 
    Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo`tadil tashkil 
    qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. 
    Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy 
    salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu 
    resursdan 
    samarali 
    foydalanish 
    mamlakat 
    xavfsizligini 
    va 
    demokratik 
    axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday 
    jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta 
    ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar 
    texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy 
    joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga INTERNET xalqaro 
    kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuterlar 
    tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat 
    qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib ketadi. Jahon kompyuter 
    tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning 
    tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qoladi. Shuning uchun ham mavjud 
    axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar 
    dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi 
    darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash 
    muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, 
    axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet masalalariga aylanmoqda. 
    Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim 
    vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning 
    ma’lumotlarini mulkiy himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy 
    iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan 
    turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir. 


    Axborot xavfsizligi - ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy 
    yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda 
    axborotning himoyalanganligidir. 
    Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki 
    nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari 
    to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat 
    so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda 
    olishga intilish ham rivojlanadi. 
    Axborotning himoyasi - boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot 
    xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitligi, 
    ishonchliligi, 
    foydalanish osonligi 
    va 
    maxfiyligini 
    ta’minlovchi qat’iy 
    reglamentlangan dinamik texnologik jarayondir. 
    Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi 
    bo‘lgan noqonuniy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya 
    qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan 
    axborot himoyalanishi kerak. 
    Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos-maxfiy, 1ogos- 
    ilm) shug‘ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki 
    yo‘nalishga ega - kriptotaxlil va kriptografiya. 
    Kriptotaxlil shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan 
    matnning asli holatini topish uslublari bilan shug‘ullanadi. 
    Kriptografiya axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga o‘tkazishlarning 
    matematik uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Dastlabki 
    tizimlashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliyssezarning ish yuritish 
    yozishmalarida uchraydi. U biror ma’lumotni maxfiy holda biror kishiga 
    etkazmoqchi bo‘lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning beshinchisi harfi bilan, 
    ikkinchisini oltinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib, matnning asli 
    holatidan shifrlangan matn holatiga o‘tkazgan. 


    Kriptografik tizimlar yo‘nashidagi izlanishlar, ayniqsa, birinchi va ikkinchi jahon 
    urushi yillari davrida muhim ahamiyat kasb etdi va jadal rivojlandi. Urushdan 
    keyingi yillarda hisoblash texnikasining yaratilishi va takomillashib, insoniyat 
    faoliyatining barcha sohalariga chukur va keng ma’noda kirib borishi, kriptografik 
    uslublarni tabiiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishini taqozo etmoqda. 
    Kriptografik uslublarning axborotlar tizimi muhofazasi masalalarida qo‘llanilishi, 
    ayniksa, hozirgi kunda muhimdir. Haqiqatan ham, bir tomondan, kompyuter 
    tizimlarining INTERNET tarmoqlari bilan bog‘liq ravishda katta hajmdagi davlat va 
    xarbiy axamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni hamda shu kabi iqtisodiy, shaxsiy va 
    boshqa turdagi axborotlarni tez va sifatli uzatish va qabul qilishdagi roli ortib 
    bormoqda. Ikkiichi tomondan esa bunday axborotlarning keng ma’nodagi 
    muhofazasini ta’minlash masalalari muhimlashib bormoqda. 
    Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi: 
    1) Simmetrik kriptotizimlar. 
    2) Ochiq uslubga (kalitga) yoki ochiq algoritmga asoslangan kriptotizimlar. 
    3) Elektron imzo tizimlari. 
    4) Kriptotizimlarda kalitlardan foydalanish uslublarini boshqarish. 
    Kriptografik 
    uslublardan 
    foydalanishning 
    asosiy 
    yo‘nalishlari: maxfiy 
    ma’lumotlarni aloqa kanali (masalan, elektron pochta) bo‘yicha uzatish, uzatilgan 
    ma’lumotlarning haqiqiyligini ta’minlash, axborotlarni kompyuterlar tizimi 
    xotiralarida shifrlangan holda saqlash va shu kabilar. 
    Matn – alfavitning elementlaridan tashkil topgan tartiblangan tuzilma. 
    SHifrlash – ochiq matn deb ataluvchi dastlabki matnni kalit yordamida shifrlangan 
    matn holatiga o‘tkazish. 
    Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon bo‘lib, kalit yordamida shifrlangan 
    matnni dastlabki matn holatiga o‘tkazish. 


    Kalit – dastlabki matnni shifrlash va deshifrlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumot. 
    Elektron (raqam) imzo – matnga ilova qilinadigan kriptografik almashtirishdan 
    iborat bo‘lib, shu matn jo‘natilgan shaxsga matnning haqiqiy yoki nohaqiqiy 
    ekanligini aniqlash imkonini beradi. 
    Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi 
    axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklash uchun qo‘llaniladi 
    Ushbu usul bilan (rasm-1) axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. 
    Kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. 

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand

    Download 0,9 Mb.
    Pdf ko'rish