Mavzu: Extranet VPN haqida
Reja:
1.
Vpn ozi nima
2.
vpn qanday ishlaydi
3.
vpndan qanday maqsadlarda foydalaniladi
Xo‘sh, nima o‘zi u?
O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga
keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya
vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi
esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib
ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.
VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi
tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini
tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar
bexabar qolishadi.
Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra
cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni
oshirish mumkin.
Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi
mumkin.