tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.
VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda,
serverda yoki data-markazda
VPN-server yaratadi;
unga ulanishlar esa
foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.
Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS,
Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.
Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.
Demak, VPN bo‘lgani yaxshimi?
Ha, agarda siz biznes sohibi bo‘lib, korporativ ma’lumotlaringiz va
servislaringizning xavfsizligini ta’minlashni istasangiz, VPN juda yaxshi narsa. Ish
muhitiga xodimlaringizni faqat VPN orqali hamda maxsus akkauntlari bo‘yicha
o‘tkazasiz va kim nima qilganiyu qilayotganidan hamisha boxabar bo‘lasiz.
Bundan tashqari, VPN egasi server va foydalanuvchi o‘rtasida
uzatilayotgan barcha
trafikni monitoring qilishi va nazorat etib borishi mumkin.
Xodimlaringiz Feysbuk, Odnoklassniki kabilarda ko‘p o‘tirishadimi? Bu servislarga
kirishni yopib qo‘yishingiz mumkin. Ular orasida kimdir o‘z ish kunining yarmini
karikaturalar saytida o‘tkazadimi? Uning internetdagi
faolligi avtomatik tarzda
loglarga yozilib boradi va o‘zini ishdan bo‘shatish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladi.