• GAMELAB.BERLIN
  • GERMANIYADA ISHLAB CHIQARILGAN VR LOYIHALARI




    Download 1,16 Mb.
    bet92/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    GERMANIYADA ISHLAB CHIQARILGAN VR LOYIHALARI
    Sun’iy yaratilgan o‘zga olamga safar qilish muzey, maktab, reklama, marketing, jurnalizm yohud psixoterapiya sohasi bo‘lsin, hamma joyda technologiyalar bilan tajribalar o‘tkaziladi va ularni qo‘llashning yangi imkoniyatlari tadqiq yetiladi. Quyida nomlari sanab o‘tilajak o‘nta firma, tashkilot va tadqiqotchilar Germaniyada virtual reallikning (VR) rivojlanishini ta’minlashmoqda.
    VR-NERDS
    Kompyuter o‘yinlari va sportning uyg‘unligi– bunday o‘yinlar shinavandalarining orzusi. Hamburgda joylashgan VR-Nerds firmasi tomonidan yaratilgan VR otishma o‘yinida VRdagi o‘yinchilar virtual lazer to‘pponchalar bilan bir-birlariga qarshi jang olib boradilar. O’yin muhiti shu qadar real o‘yin maydoniga moslashtirilganki, o‘yin ishtirokchilari VR ko‘zoynagi orqali ko‘rayotgan narsalarni, masalan, o‘zlari ortida bekinib turgan ustunni his qilishlari mumkin. Barcha virtual sport o‘yinlari, Tower Tag musobaqalari, VR-Nerds tomonidan aralash reallik dunyosida tashkil yetiladi. VR-Nerds VR o‘yinlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, bundan tashqari Virtual Reallik va 360 daraja mavzulariga bag‘ishlangan ommabop yangiliklar portalini yuritadi.
    GAMELAB.BERLIN
    Virtual muhitda raqs tushish qandoq bo‘larkin? Xoreograf Aynav Katan-Shmid gamelab.berlin bilan hamkorlikda VRdagi shunday sahna ishlab chiqdi-ki, unda barcha raqqoslar o‘z olamlarida harakatlanadilar. Bundan avval o‘tkazilgan raqs harakatlariga bag‘ishlangan kengash doirasida ular VRdagi raqs harakatlari bilan birga professional raqqoslarning tana harakatlarini ham tahlil qilishdi. gamelab.berlin teatrshunos va faylasuf olim Tomas Lilge tomonidan 2013 yilda asos solingan Berlindagi Humbold Universitetining oliy klasteri bo‘lmish „BildWissenGestaltung“ (Rasm, Bilim, Shakl) nomli sohalararo laboratoriyaning loyihasi bo‘lib, mazkur laboratoriya VR va o‘yinlar, jiddiy o‘yinlar va geymifikasiya, ya’ni o‘yin shakliga keltirish bo‘yicha transmedial hikoyanavislik bilan shug‘ullanadi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    GERMANIYADA ISHLAB CHIQARILGAN VR LOYIHALARI

    Download 1,16 Mb.