• Linuxning OT sifatidagi xarakterli xossalari
  • Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi?




    Download 4,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/55
    Sana08.12.2023
    Hajmi4,53 Mb.
    #113664
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari va tizimlarini sozlash, boshqarish

    Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi? Ko’p toifadagi foydalanuvchilar 
    turli sabablarga ko’ra Linux ni qo’llashdan manfaatdor bo’lishlari mumkin. 
    Linux — to’laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo’ladi) 
    operatsion sistema bo’lib, kompyuterni to’la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS 
    shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning 
    narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi. 
    Bu yerda narx bo’yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo’yicha 
    tejamkorlikdan 
    tashqari, Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va 
    u sistemadan bepul nusxa olishni cheklamaydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar
    SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o’yinlar va boshqa ko’plab dasturlar ta’minoti 
    minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi. 
    Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to’lamaslik odatiy ish bo’lib qolgan. 
    Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuvchilarni hech kim ta’qib qilmaydi, 
    buning ustiga hujjatlarni to’la berishadi. Yana shunisi ham borki, barcha dasturlarning 
    dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilarning tushlariga ham kirmagan. 
    Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish 
    uyg’otadi. O’zingiz bir faraz qilib ko’ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma 
    hududiy jihatdan shaharning turli tumanlarida va, hattoki, boshqa shahar va 
    mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma’lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, 
    mijozlar — shoxobchalarda ish joylari — tarmoq orqali server bilan o’zaro aloqa qilib 
    turibdilar. Bunday sistema Linux da tez, arzon va qulay amalga oshirilmoqda. Linux 
    ning barqarorligini yodga oling. Mana shu yerda u juda qo’l keladi! 
    Linuxning OT sifatidagi xarakterli xossalari 
    • Ko’p vazifalilik: bir vaqtning o’zida ko’p dasturlar bajariladi. 
    • Ko’p foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bitta kompyuterdan foydaianadi. 
    • Protsessorning himoyalangan rejimi: (386 protected mode). 
    • Protsess xotirasi himoyasi: dasturdagi uzilish sistemaning osilib qolishini keltirib 
    chiqarmaydi. 
    • Tejamli yuklash (zagruzka): Linux diskdan dastur haqiqatdan ham bajaradigan 
    qismlarnigina o’qiydi. 


    • Bajariladigan dastur nusxalari orasida yozuv bo’yicha sahifalarning bo’linishi. 
    Bu, dastuming protsesslar — nusxalari bajarilayotgan paytda aynan o’sha bitta 
    xotiradan foydalanish mumkinligini anglatadi. Bunday protsess xotiraga yozib oiishga 
    urinayotgan paytda, yozib olinayotgan 4 kilobaytli sahifa bo’sh joyga nusxa qilib 
    olinadi. Bunday xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi. 
    • Sahifalarni tuzishni o’z ichiga olgan virtual xotira (ya’ni xotiradan diskka noaktiv 
    protsessning hammasi emas, balki kerak bo’lgan sahifa siqib chiqariladi); diskning 
    mustaqil qismlaridagi yoki faylli sistemalarning fayllaridagi virtual xotiraning hajmi 
    Gbayt; dasturlar amalga oshirilayotgan paytda virtual xotira o’lchovining o’zgarishi. 
    • Dasturlar va diskli KEShning umumiy xotirasi: bo’sh xotiraning hammasidan 
    disk bilan almashuvni buferizatsiya qilish uchun foydalaniladi. 
    • Dinamik to’ldiriladigan taqsimlanadigan kutubxonalar. 
    • Post-mortem analizi uchun gam dasturlar: otladchik tomonidan nafaqat 
    bajarilayotgan, balki avariyaviylik bilan tugagan dasturni ham tahlil qilishga imkon 
    beradi. 
    • POSIX standarti bo’yicha sertifikatsiyalash, dastlabki matnlar darajasida System 
    V va BSD standartlari bilan muvofiqlashtirilganligi. 
    • IBCS2 orqali to’ldirilgan dasturlar bo’yicha SCO, SVR3, SVR4 bilan 
    muvofiqlashtirilgan sig’ishtirish emulyatori. 
    • Barcha dasturlarning dastlabki matnlari mavjudligi. Bunga yadro matniari, 
    drayverlar, tuzib chiqish va ilovalar matnlari ham kiradi. Ushbu matnlar erkin 
    tarqatiladi. Hozirgi davrda bir qancha firmalar tomonidan Linux uchun qator 
    kommersiyaga oid dasturlar dastlabki matnlarsiz ta’minlanmoqda, lekin nimaiki bo’sh 
    bo’lsa, bo’shligicha qolaveradi. 
    • POSIX standartida vazifalarni boshqarish. 
    • Yadroda protsessorning emulyatsiyasi, shuning uchun ilova (qo’shimcha) 
    soprotsessorning emulyatsiyasi to’g’risida qayg’urmasa ham bo’ladi. Albatta, 
    soprotsessor mavjud bo’lsa, aynan u ishlatiladi. 
    • Milliy alfavit va bitimlarni qo’llab-quwatlash, shu jumladan rus tilini, yangilarini 
    qo’shib olish imkoniyati. 
    • Ko’plab virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o’zida klaviaturadan 
    o’tkaziladigan mustaqil ishlar seanslari. 
    • Ko’p tarqalgan qator fayllar sistemalarini qo’llab-quvvatlash (MINIX, Xenix, 
    System V fayl sistemalari); 4 Terebayt hajmga va 255 belgigacha nomlari bo’lgan 
    fayllarga ega, o’z yetakchi fayllar sistemasining mavjudligi. 
    • DOS (yoki OS/2FAT) bo’limlariga ochiq kirish: DOSning Linux fayl 
    sistemasining qismiga o’xshaydi; VFAT (WNT, Windows 95)ni qo’ llab - quvvatlash. 
    • Linuxni DOS fayl sistemasiga o’rnatish imkonini beradigan UMSDOS maxsus 
    fayl sistemasi. 
    • HPFS-2 OS/22.1 fayl sistemasiga kirish (faqat o’qish). 
    • CD-ROMning barcha standart formalarini qo’llab-quvvatlash. 
    • TCRIP tarmog’ini, Ftp, Telnet, NFS va h.k. ham kiradi, qo’llab-quvvatlash. 
    Bir necha dasturlarning bir vaqtning ichida bajarilishi qanday ko’rinishga ega? 
    Virtual multikonsol deb atalmish narsa bir displeyda bir necha konsollar ishini 
    tashkillashtirish imkonini beradi. Birinchi konsolda translyatsiya protsessi ishga 


    solinadi. Alt-F2 klavishlari kombinatsiyasi bilan ikkinchi konsolga o’tish ro’y beradi. 
    Translyatsiya davom etadi, lekin ayni vaqtda birinchi konsol displey ekranida ikkinchi 
    konsolning yangi tasviri bilan almashtiriladi. Masalan, unda matn muharriri ishga 
    tushiriladi. Alt-F3 kombinatsiyasi bilan uchinchi konsolga o’tiladi, unda otladchik ishga 
    solinadi va h.k. Odatda, sistemada 8 ta konsol bo’ladi, lekin 64 tagacha o’rnatish 
    mumkin. Istalgan vaqtda xohlagan konsolga o’tish mumkin. 
    Alohida konsolda ham matnli, ham grafikali dastur ishlatish mumkin. 
    Bo’sh turgan konsollarning birida XWindows System darchali sistemasini qo’yib 
    yuborish mumkin. Ekranda darcha ochasiz va DOOM o’yinini o’ynaysiz. Tarmoq orqali 
    Download 4,53 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




    Download 4,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi?

    Download 4,53 Mb.
    Pdf ko'rish