Dunyoda Linux Free BSDdan ko’ra ko’proq ommalashgan. Ba’zi hisoblarga ko’ra,
1995-yilda Linux o’rnatilgan vositalarning soni 10 millionga yetgan. Linux Journal
jurnali nashr etiladi. Linuxli kompakt-disklarning o’nlab turli versiyalari sotilmoqda.
Global tarmoqlar orqali Linux bo’lgan yuzlab arxivlarga kirish mumkin. Linux
arxivning chiquvchi trafiki shimolda sunsine.unc.edu bir kunda o’nlab gigabaytni
tashkil etadi. Ushbu arxiv bilan kechayu kunduz
har bir daqiqada yuzlab
foydalanuvchilar ishlaydilar va yana boshqa minglab foydalanuvchilarga xizmat qilish
uchun sunsite tomonidan Linux arxivining ko’zguli nusxalari tashkil etilgan.
AQSH, Yevropa, Yaponiya, Avstraliyada Linux User Groups (foydalanuvchilar
assotsiatsiyasi) ko’piab paydo bo’lmoqda. Linux bo’yicha muntazam ravishda xalqaro
konferensiyalar o’tkazilmoqda. 1994-yil-30 noyabr — 2-dekabrda Vashingtonda 6-
OSW (Open Systems World) — xalqaro ochiq sistemalar
konferensiyasida Linux
sistemasi seksiyasi ham ish olib bordi. Ayni vaqtda Novell App Ware, Windows NT,
Solaris, SCO Unix seksiyalari ishladi. O’sha davrdan beri Linux Unix bo’yicha
o’tkaziladigan xalqaro anjumanlarning mavzusi bo’lib qoldi. Unix 95 Expoda Linuxga
bo’lgan qiziqish g’oyat katta bo’ldi, Linux stendlari joylashgan — Red Hat, Caldera,
DEC/ Linux Journal pavilonlariga o’tish juda qiyin edi.
Shunga muvofiq, Linux bo’yicha materiallar ko’proq va kirish osonroq. Linuxga
oid arzon CDROM (kornpakt-disk)larning xillari ham ko’p: atigi bir necha o’n dollarga
minglab megabaytli, yuqori sifatli dasturlarni olish mumkin.