12.4 – rasm. PID controllerni tanlash.
Ushbu blok PID controller hisoblanadi. Bizga kerak bo‘lgan keyingi element
PIDga impuls ta’sirni berish uchun
Step
elementini ishchi oynaga o‘tkazamiz.
Buning uchun biz
Simulink Library
brauzeridan quyidagi rasmda ko'rsatilganidek
manbalarni tanlaymiz(12.5-rasm).
12.5-rasm. Sources(manba) blokining elementlari.
Sources
(manbalar) bo‘limidan PID bloki uchun
kirish manbai sifatida
foydalaniladigan
step
blokini tanlaymiz(12.6-rasm).
Sinks bo‘limidan hosil qilinayotgan signalni chiqishni ko'rsatish uchun
Scope
blokini tanlaymiz.
Shuningdek, biz kutubxona brauzeridagi tez-tez ishlatiladigan
bloklar bo‘limidan Scope blokiga kirishimiz mumkin.
Ikkinchi usul kutubxona
brauzerining qidirish satriga uning nomini kiritish orqali blokni qidirishni amalga
oshirishimiz mumkin. Sinks bo‘limidan tanlangan
scope blokini tanlash uchun
quyidagi rasmdagidek amalga oshiramiz(12.8-rasm)
12.8-rasm. Scope bloki ko‘rinishi.
Bizga PID kontrollerni loyihalash uchun ma’lum matematik modelli tizim
ham kerak. Tizimni joylashtirish orqali biz aslida tizimning
uzatish funktsiyasini
blok diagrammada tasvirlashni nazarda tutishimiz mumkin. Simulinkdagi
kutubxona
brauzerining uzluksiz