79
9-Mavzu: Matlab muhitida interpolyasiyalash masalalarini yechish
Reja:
1. Animatsiyani
bajarish vositalari;
2. Diskriptorli grafika;
3. Foydalanuvchi intеrfеysini yaratish;
4. Uch o’lchovli grafika galeriyasi va unga kirish.
1.Animatsiyani bajarish vositalari. Nuqtaning tekislikda harakatlanish
trayektoriyasini aks ettirish uchun comet komandasidan foydalaniladi.
Bunda nuqta
izga ega bo’lgan kometaning yadrosini eslatadi. Ushbu komanda quyidagi
ko’rinishlarda qo’llaniladi:
· comet(y)-“kometa”ning
y vector bilan berilgan trayektoriya bo’yicha
harakatlanishini aks ettiradi;
· comet(x,y)-“komеta”ning
y va
x vektorlar juftligi bilan berilgan trayektoriya
bo’yicha
harakatlanishini aks ettiradi;
· comet(x,y,z)-avvalgi komandaga o’xshash, faqat kometa izining uzunligini
ham ko’rsatish mumkin. Kometaning izi boshqa rangga bo’yalgan bo’ladi, u
p*length(y) ko’rinishida beriladi(length(y)- y vektorning o’lchami, p<1,
sukut bo’yicha p=0,1).
Quyidagi comet komandasidan foydalanishga doir misol keltirilgan:
>> t=0:.01:2*pi;
>> comet(y,x,0.3);
>> y=sin(2*t).*(sin(t).^2);
>> =cos(2*t).*(cos(t).^2);
>> comet(y,x,0.3);
>>
Nuqtaning fazoda harakatlanishi
80
Nuqtaning uch o’lchamli fazoda harakatlanishini
kuzatish uchun quyidagi
ko’rinishlarga ega bo’lgan comet3 komandasidan foydalaniladi:
· comet3(z)-nuqtaning z vector bilan berilgan uch o’lchamli egri chiziq
bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi;
· comet3(x,y,z)-“kometa” nuqtaning fazoda [x(i), y(i),z(i)]
nuqtalar bilan
aniqlanadigan egri chiziq bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi;
· comet3(x,y,z,p)-avvalgi komandaga o’xshash, faqat kometa izining
uzunligini ham ko’rsatish mumkin. Kometaning izi p*length(y)
ko’rinishida beriladi(length(y)-y vektorning o’lchami, p<1, sukut
bo’yicha p=0,1).
Quyida comet3 komandasidan foydalanishga misol keltirilgan:
>> t=-10*pi:pi/250:10*pi;
>> z=(sin(5*t).^5).*cos(t);
>> (cos(2*t).^2).*sin(t),t;
>> comet3(z);
Nuqtaning ikki va uch o’lchamli
fazаdagi harakati eng sodda
animatsiyalardan
bo’lishiga
qaramasdan
dinamik
masalalarni
grafik
vizuallashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
81
2.Diskriptorli grafika. Diskreptorli grafika bilan tanishishdan avval, grafik
ustida bajarilishi mumkin bo’lgan ba’zi yordamchi tushunchalarni o’rganamiz.
Bulardan biri grafik chiziqlarni markerlash va formatlashtirishdir.
Dekart
tekisligida kursorni chiziq ustiga qo’yib sichqonchani chap tugmasini bosilsa,
chiziq ustida uni xarakterlovchi qora kvadratchalar hosil bo’ladi va chiziq alohida
ko’rinishga ega bo’ladi. Ma’lumki, dekart tekisligida grafik chiziqlari berilgan
(x,y) juftlik nuqtalarni mos oraliqdagi o’rinlarni tutashtirish
natijasida hosil
qilinadi. Shu nuqtalar har xil belgilar (markerlar) bilan belgilanishi mukin.
Masalan, bu belgilar “o,*,x” va boshqalar bo’lishi mukin. Grafik chiziqlar ustida
markerlarni hosil qilganda ularni o’lchamlarini, rangini berish mumkin bo’ladi.
Grafik chiziqlarda markerlarni ishlatish ularni alohida ajratib, ko’rinarliroq
bo’lishini ta’minlaydi.
Undan tashqari quyidagi grafik oyna interfeysidan foydalanish mumkin:
-Copy Figure – grafikni
buferga nusxalash;
-Copy Options-grafik parametrlarni nusxalash;
-Figure Properties-grafik
xossalari oynasini chiqarish;
-Axes Properties- grafik o’qlari xossalari oynasini chiqarish;
-Current Object Properties – joriy obyekt xossalari oynasini chiqarish.
Download