|
Modellar va modellashtirish ko‘rinishlari |
bet | 6/141 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | | | #138013 |
Bog'liq KM majmua (1)2. Modellar va modellashtirish ko‘rinishlari
Modellar qandaydir fizik ob’ektlar yordamida realizatsiya qilinishi – fizik
modellardan iborat bo‘lishi va biror formallashgan tilda ifodalanuvchi abstrakt
ob’ektlar – abstrakt modellar sifatida berilishi mumkin.
Fizik model deb, odatda, orginalga ekvivalent yoki o‘xshash, ammo boshqa
fizik tabiatga ega sistemaga ataladi.
Abstrakt modellar jumlasiga modellashtirish ob’ektining tavsiflaydigan
matematik ifodalar kiritilishi mumkin. Ular matematik modellar sinfiga tegishli.
Matematik model – berilgan ob’ektning muayyan xossalarini o‘rganish
maksadida uning tadqiqotchi-sub’ekt tomonidan qandaydir formal (matematik)
sistema yordamida quriladigan obrazidir.
Sistemani abstrakt ifodalash vositalariga kimyoviy formulalar, sxemalar,
chizmalar, xaritalar, diagrammalar va shu kabilar tilini kiritish mumkin.
Fizik modellarning ko‘rinishlari: a) natural; b) kvazinatural; v) masshtabli;
g) analogli.
Natural
modellar
—
bu
real
(moddiy)
tadqiq
etilayotgan
sistemalar(maketlar,
tajriba
nusxalar).
Ular
orginal
bilan
to‘liq
adekvatlik(moslik) xususiyatiga ega, ammo qimmat.
Kvazinatural modellar — natural va matematik modellar majmuasidan
iborat. Bunday ko‘rinishdagi modellardan sistema kismining modelini, uning
tavsifi murakkab bo‘lgani uchun, matematik ifodalab bo‘lmagan holda(inson
operator modeli) yoki sistemaning bir qismi boshka qismlari bilan o‘zaro
bog‘lanishda tadkik kilinishi kerak bo‘lib, ammo ular hali mavjud emas yoki
ularni qo‘llash kimmatga tushadigan xolda foydanaliladi (xisoblash poligonlari,
boshkaruvning avtomatlashtirilgan tizimi).
Masshtabli modellar — fizik tabiati orginal kabi bo‘lgan, lekin undan
masshtabi
bilan
farklanadigan
sistemalardir(kichiklashtirilgan
ob’ektlar,
ob’ektlarning harakatlanuvchi modellari). Masshtabli modellashtirishning
metodologik asosini o‘xshashlik nazariyasi tashkil etadi.
|
| |