• Mavzu: Modellashtirish bosqichlari, yondashuvlar va hisoblash eksperimenti texnologiyasi. Kompyuterli modellashtirish bosqichlari.
  • Kompyuterli modellashtirish



    bet9/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Nazorat savollari
    1. Kompyuterli modellashtirish tushunchasini ayting?
    2. Modellashtirish ko‘rinishlari aytib bering?
    3. Matematik model nimani tushunasiz?
    4. Imitatsion modellashtirishni predmeti nimadan iborat?
    5. Murakkab tizimlarni tadqiq etish uchun qanday foydalaniladi?
    6. Modellashtirish vositalari deyilganda nimani tushunasiz va uni qanday
    turlarini bilasiz?
    7. Modelni adekvatligini tekshirish deyilganda nimani tushunasiz?
    8. Model bilan tajribalarni rejalashtirish nimani anglatadi?
    9. Modellar ko‘rinishlari aytib bering?
    10. Fizik va abstrakt modellar?


    13
    Mavzu: Modellashtirish bosqichlari, yondashuvlar va hisoblash
    eksperimenti texnologiyasi. Kompyuterli modellashtirish
    bosqichlari.
    Reja:
    1. Matematik modellashtirishning ilmiy izlanishlar jarayonidagi
    rolining umumiy xarakteristikasi
    2. Modellashtirish vositalarini tanlash
    3. Model bilan tajriba utkazishni rejalashtirish
    Hozirgi vaqtda ilmiy izlanishlarda zamonaviy xisoblash vositalarining
    moddiy texnik bazasi va ularning tizimli dasturiy ta’minotiga asoslangan
    kompyuterli modellashtirish va hisoblash eksperimenti metodi oldingi o‘rinda
    turadi. Bu jarayonda matematik modellashtirish asosiy rol o‘ynamoqda.
    Matematik modellashtirishni, tor ma’noda aytganda, real fizik, kimyoviy,
    texnologik, biologik, iktisodiy va boshka jarayonlarni tenglamalar va tengsizliklar
    ko‘rinishida ifodalash deb tushunish mumkin.
    Ilmiy izlanishlar metodologiyasi sifatida matematik modellashtirish tabiat
    va jamiyat haqidagi turli fanlar soxalarining, amaliy matematika, informatika va
    tizimli dasturlashtirish fanlarining fundamental muammolarni echishdagi
    yutuklarini o‘zida mujassamlashtiradi.
    Matematik 
    modellashtirish 
    o‘ta 
    zamoniy 
    va 
    shu 
    bilan 
    birga
    modellashtirishning yuqori samarali metodi hisoblanadi. Matematik metodlarning
    keng qo‘llanilishi nazariy izlanishlarning umumiy darajasini ko‘tarishga, ularni
    ekspremental izlanishlar bilan uzviy bog‘lanishda o‘tkazishga imkon beradi.


    14
    Matematik modellashtirish murakkab sistemalarni ularning matematik
    ifodalanishi – matematik modellar yordamida tadqiq etish metodi hisoblanadi.
    Murakkab tabiatli ob’ektlarni matematik modellashtirish – muammoning
    fundamental tadqiqotidan boshlab to ob’ektning effektivlik ko‘rsatkichlarini aniq
    hisoblashgacha bo‘lgan ishlarning bir butun va uzviy bog‘liq siklidir. Bunday
    jarayon natijasida ob’ektlar faoliyatining xilma-xil qonuniyatlarini va ularning
    murakkab tizim sifatida har xil sharoitlardagi evolyusiyasini sifat jihatidan
    ifodalaydigan matematik modellar sistemasi paydo bo‘ladi.
    Modellashtirish bir tomondan hodisaning asosiy sifat belgilarini
    tasvirlovchi, ikkinchi tomondan esa uni etarlicha oddiy bo‘lgan matematik
    ifodalashga imkon beruvchi soddalashtirilgan jarayonni modelllashtirishdan
    boshlanadi. 
    Izlanishlarning 
    chukurlashishi 
    natijasida 
    hodisani 
    to‘liqroq
    ifodalaydigan yangi modellar quriladi.
    Matematik modellashtirishning asosiy maksadi – hodisa va jarayonlarga
    oid yangi natijalarini hamda yangi xossalarni oldindan aytib berishdan iborat. Bu
    bashoratlar, ko‘p hollarda, kelajakda qandaydir vaqt momentlarida yuz berishlari
    mumkin bo‘lgan sharoitlarga nisbatan aytiladi. Boshka tomondan bunday
    bashoratlar bevosita eksperimental tadqiqot qilib bo‘lmaydigan hodisalar uchun
    muhimdir. Bunga misol sifatida kosmik tadqiqotlar dasturi doirasida matematik
    modellashtirishni keltirish mumkin. Matematik modellashtirish va u bilan bog‘liq
    kompyuter eksperimenti, ayniqsa, naturali tajribani amalga oshirish imkoniyati
    yo‘q yoki biror sababga ko‘ra qiyin bo‘lgan hollarda muhim o‘rin tutadi.
    Masalan, tarixda “ agar … bo‘lsa, u holda nima bo‘lardi” kabi savolga javob
    topish uchun naturali tajriba kilib bo‘lmaydi. SHunga o‘xshash, kosmologik
    nazariyalarning to‘g‘riligini ham naturali tajriba bilan tekshirish mumkin emas.
    Umuman olganda, oqibatlarini o‘rganish maqsadida, biror xavfli kasallik
    tarqalishi yoki yadro portlashi bo‘yicha real tajriba o‘tkazish imkoniyati mavjud
    bo‘lsada, bunday tajriba o‘tkazish o‘ta xavflililigi sababli, uni o‘tkazish maqsadga
    muvofiq emas. Birok bularning hammasini kompyuterda, o‘rganilayotgan
    hodisalarning matematik modelini qurish orkali amalga oshirish mumkin.


    15
    Ko‘pgina hollarda modellashtirishning maqsadi, nafakat hodisani
    matematik tilda ifodalash, balki modelni ishlab chiqishda jarayonning kechishida
    muhim hisoblangan boshqaruv elementlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bular
    eng yaxshi karor kabul kilish masalalari bilan bog‘liq matematik modellarga,
    ya’ni operatsiyalarni tadkik kilish modellariga olib keladi.
    Matematik modellashtirish ahamiyati hakida gapirganda quyidalarni
    alohida ta’kidlash lozim:
    · Matematik shaklda ifodalangan gipotezalar fizik, mexanik, ximik,
    biologik ob’ektlar(jarayonlar)ning miqdoriy tavsifi sifatida xizmat
    qilishi mumkin va bu esa ularni yanada chuqurroq tushunishga
    imkon beradi.
    · Matematik model ko‘pincha ilmiy tadkikot natijalarini amaliyotda
    qo‘llashga 
    qulay 
    tarzda 
    tasvirlash 
    usullarini 
    ko‘rsatib
    beradi(grafiklar, gistogrammalar).
    · Modellar tufayli yangi ob’ektni yoki jarayonni ishlab chikarishda
    qullashda iktisodiy samaradorlikni miqdoriy baxolash mumkin.
    · Matematik modelashtirish ob’ektga ta’sir etishning optimal
    strategiyasini tanlashga imkon beradi.
    · Matematik modelashtirish ob’ekt bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
    tajribaviy ishlar hajmini qiskartirish imkonini beradi.
    · Murakkab ob’ektlarni tadqiq kilishda modellashtirish sistemaning
    aloxida kismlariga oid har xil bilimlarni umumlashtirish imkonini
    beradi.
    · Model yordamida tadqiqot dasturlarini amalga oshirishda eng
    ratsional strategiya va taktikani tanlash mumkin.
    · Matematik model – bu ob’ekt xaqidagi turli ma’lumotlarni
    umumlashtirishning qudratli vositasidir. Bunda interpolyasiya
    (o‘tgan zamon haqidagi etarli bo‘lmagan ma’lumotlarni tiklash) va


    16
    ekstrapolyasiya (kelajakdagi ob’ekt xolatini bashorat qilish) amalga
    oshiriladi.
    Har qanday matematik modelni qurish va uni taxlil qilish asosida
    matematik apparat yotadi. Bunday apparat sifatida differensial tenglamalar,
    extimollar nazariyasi formulalari, matematik statistika va boshkalardan
    foydalanish mumkin. Matematik apparatni tug‘ri tanlash– modelni qurishdagi
    muvaffaqiyatning asosiy sharti hisoblanadi.
    Matematik modellashtirish xozirgi vaqtda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning
    eng muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi.
    Matematik modellashtirishning muxandislik va texnologiya sohalarida
    qo‘llanilishi bo‘yicha ayniqsa katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Matematik
    modellarning 
    kompyuter 
    yordamidagi 
    tadqiqlari 
    uchuvchi 
    apparatlar
    modellarining aerodinamik quvurlardagi sinovlari, poligonlarda yadroviy va
    termoyadroviy qurilmalar portlashlari natijalarini o‘rganish bo‘yicha muhim
    ma’lumotlar olish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi. Zamonaviy axborot
    texnologiyalari tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. Diagnostik ma’lumotlarni
    to‘plash va taxlil qilish kasallikni o‘z vaqtida tashxis qilish imkonini beradi.
    Masalan, kompyuter tomograf katta massivlarni kayta ishlashda matematik
    modellardan foydalanish yangi sifatli tibbiyot qurollarini olish imkonini berishga
    misol bo‘ladi.
    Hozirgi kunda kimyo va biologiya, Er haqida fanlar, ijtimoiy fanlar va
    boshqalarda matematikalashtirish, ya’ni matematik usullarni tadbiq etish jarayoni
    aktiv davom etmoqda. “Iktisodiy matematika”, “Kimyoviy matematika”,
    “Matematik lingvistika ” kabi yangi fan yo‘nalishlari paydo bo‘ldiki, ular mos
    sohalarga oid ob’ekt va jarayonlarning matematik modellarini qurish va bu
    modellarni tadqiq etish usullarini o‘rganadilar.

    Download
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141