Kompyuterli modellashtirish



bet11/141
Sana15.01.2024
Hajmi
#138013
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
KM majmua (1)

Modellashtirish tillari
Imitatsion modellashtirishda keng sinfdagi modellarga xos bo‘lgan
masalalarga duch kelinadi. U algoritmlarni psevdoparalell bajarilishini tashkil
etishdir; xotirani dinamik taqsimlash; model vaqti bilan tajriba o‘tkazish;
tasodifiy jarayonlarni imitatsiya qilish;
hodisalar massivini olib borish;
modellashtirish natijalarini to‘plash va qayta ishlashdir. Bu masalalarni echimini
topish uchun maxsus muammoga-mo‘ljallangan vositalar (dasturiy tizimlar),
ya’ni modellashtirish tillari yaratilgan.
Hozirgi davrda 500 dan ortik
modellashtirish tillari ma’lum.
Mashinada modellarni yaratish jarayonini soddalashtirish va tezlashtirish
harakati imitatsion modellarni dasturlashni avtomatlashtirilgan tizimlariga olib
keladi. Tadqiqotchini dasturlashdan ozod qilgan bir necha tizimlar ishlab chiqildi.
Dastur avtomatik ravishda biror-bir formal sxema asosida yaratiladi. Formal
sxema tadqiqotchi tomonidan berilgan tizim parametrlari, tashqi ta’sirlar va
ishlash xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqiladi. Dastlabki ma’lumotlar u yoki bu
kanonik tasviralanadi. Mashinada o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida asosiy
chiqish ma’lumotlari hisoblanadi va avtomatik bosmaga chiqariladi, qo‘shimcha
chiqish natijalari esa tadqiqotchi ko‘rsatmasi bo‘yicha olinadi. Bunday tizimlar
avtomatlashtirilgan universal imitatsion modellar yoki imitatsion dasturlar
generatori deyiladi. Modellashtirishni dasturiy va texnik vositalari bir necha
kriteriyalarni hisobga olgan holda tanlanadi. Unda zaruriy shartlardan biri bu -
konseptual va matematik modelni yaratish uchun vositalarni etarli va to‘la
bo‘lishligidir.


19
Modellashtirish tilini tanlangandan so‘ng dasturiy model ishlab
chiqiladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: algoritmni ishlab chiqish,
kirish ma’lumotlarini tasvirlash shaklini aniqlashtirish, dasturni yozish va
to‘g‘irlash. Bu juda muhim ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, boshqa
dasturlash jarayonlardan kam farqlanadi.

Download
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141