• 4-Mavzu: Imitasion modellashtirish. Ommaviy xizmat ko’rsatish tizimlari va ularni modellashtirish. Reja
  • Tayanch iboralar
  • 1. Imitatsion modellashtirishning qo‘lanilish doirasi va maqsadi.
  • Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



    bet19/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar.
    1. Matematik modellarga qo‘yiladigan asosiy talablar.
    2. Masalani kanday matematik ifodalash(modellashtirish) mumkin ?
    3. Matematik modellarni qurishning asosiy bosqichlari.
    4. Matematik modellarning klassifikatsiyasi
    5. Matematik dasturlashda kanday asosiy bo‘limlar mavjud?


    36
    4-Mavzu: Imitasion modellashtirish. Ommaviy xizmat ko’rsatish
    tizimlari va ularni modellashtirish.
    Reja:
    1. Imitatsion modellashtirishning qo‘lanilish doirasi va maqsadi.
    2. Tasodifiy miqdorlarning ko‘llanilishi.
    3. Monte –Karlo usuli.
    4. Imitatsion modellarni qurish va ulardan foydalanish.
    Tayanch iboralarimitatsion modellashtirishning maksadi, imitatsion
    modellashtirishning kullanish soxasi, massaviy xizmat kursatish tizimi, nazariy
    masalalar, tashkiliy boshkarish masalalari, statistik eksperiment, Monte-Karlo
    usuli, tanlanma, inversiya usuli
    1. Imitatsion modellashtirishning qo‘lanilish doirasi va maqsadi.
    Imitatsion modellashtirishning maqsadi tekshirilayotgan sistemaning
    elementlari orasidagi muhim o‘zaro bog‘lanishlarni tekshirish natijalari asosida
    uni qayta shakllantirishdan iborat. Imitatsion modellarning tadqiqoti natijalari,
    odatda, 
    imitatsiya 
    qilinayotgan 
    sistemaning 
    operatsion 
    (funksional)
    xarakteristkalari qiymatlarining baholanishini anglatadi. Masalan, xar qanday
    ommaviy xizmat ko‘rsatish sistemasi faoliyatini imitatsion modellashtirishda
    mijozga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha davomiyligi, navbatning o‘rtacha
    uzunligi, xizmat ko‘rsatuvchi sistemaning bo‘sh turish vaqti va shu kabi muhim
    ko‘rsatkichlar amaliy qiziqish uyg‘otadi.


    37
    Imitatsion modellashtirishga xuddi statistik tajriba sifatida qarash kerak
    bo‘ladi. Ananaviy matematik modellardan farqli ravishda, imitatsion modellar
    shunday kuzatishlardan iboratki, bunda tajribadan kelib chiqadigan xatolar albatta
    mavjud bo‘ladi.
    Imitatsion modellashtirish, tajriba sifatida oddiy laboratoriya tajribasidan
    shunisi bilan farqlanadiki, uni to‘lik EHMda amalga oshirish mumkin. SHuni
    takidlab o‘tish kerakki, murakkab sistemalarni chuqurroq o‘rganishda imitatsion
    modellashtirish(“klassik” ma’nodagi matematik modellashtirishdan farqli holda)
    ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq bu modellarni yaratish ko‘p vaqt va resurslarni
    talab qiladi. Ayniqsa bu modellashtirilayotgan sistemani optimallashtirish
    masalalarida namoyon bo‘ladi.
    Imitatsion modellashtirishdan ikki xil turdagi masalalarni echishda
    foydalaniladi.
    1. matematika, fizika, ximiya kabi fanlar soxalaridagi nazariy masalalarda,
    shu jumladan, quyidagilarda:
    a) jismlarning xajmini xisoblashda;
    b) teskari matritsani hisoblashda;
    v) differensial tenglamalarni echishda;
    g) chiziqli tenglamalar sistemalarini echishda;
    d) zarralar harakati traektoriyalarini hosil qilishda.
    2. Inson amaliy faoliyatida vujudga keladigan tashkiliy boshqaruv
    masalalarida, jumladan:
    a) ishlab chiqarish– texnologik jarayonlarning imitatsion modellashtirish
    masalalari(masalan, zahiralarni boshqarish sohasida, ommaviy xizmat
    ko‘rsatish sistemasini loyihalashda va shu kabilar);
    b) 
    iqtisodiy 
    xarakterdagi 
    sistemalarni 
    imitatsion 
    modellashtirish
    masalalari(rejalashtirish jarayonida, iqtisodiy prognoz);
    v) sotsial va sotsial–psixologik masalalar(masalan, aholining migratsiyasi
    masalasi, guruhlardagi o‘zgarishlar muammolari);
    g) biomedik tizimlarni imitatsion modellashtirish masalalari(masalan, qon
    aylanishi tizimi, miya faoliyati).
    YUqorida sanab o‘tilgan masalalarni echishda zamonaviy imitatsion
    modellashtirish asosi bo‘lgan bir usuldan fotsdalanish mumkin. Bu Monte –
    Karlo usulidir.
    Uning asosiy g‘oyasi izlanayotgan baholarni olishda tanlanmalardan
    foydalanishdan iborat. Tanlanmalarni olish jarayoni shuni talab qiladiki, bunda
    echilayotgan masala shu tanlanmalarni amalga oshirishga imkon beruvchi
    ehtimollar taqsimoti asosida ifodalanishi lozim.


    38
    Imitatsion modellashtirish, Monte-Karlo usuli kabi, sistema ishi natijalarini
    baholash tanlanmalaridan foydalanishga asoslangan. Monte-Karlo usuli bilan
    bog‘liq holda paydo bo‘lgan ko‘pgina g‘oyalar imitatsion modellashtirishda
    bevosita qo‘llaniladi.
    Murakkab sistemalarni imitatsion modellashtirish yutuqlari keyingi yillarda
    hisoblash mashinalarini takomillashtirish sohasidagi erishilgan yutuqlar bilan
    bevosita bog‘liq. Zamonaviy tez ishlovchi EHM(kompyuter)larsiz omilkorona
    imitatsion yondoshuvni tasavvur qilish qiyin. SHuni ta’kidlash lozimki, imitatsion
    modellashtirishdagi hisoblash qiyin bo‘lmasada, ularni bajarish ko‘p vaqt talab
    qiladi.

    Download
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar