Modellashtirish vositalarini tanlash



bet10/141
Sana15.01.2024
Hajmi
#138013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141
Bog'liq
KM majmua (1)

2.Modellashtirish vositalarini tanlash
Modellashtirish usuli tanlangandan so‘ng hisoblash texnikasi yordamida
modelni tadqiq etish uchun texnik va dasturiy vositalar tanlanadi. Dasturiy


17
vositalar sifatida protseduraga mo‘ljallangan algoritmik tillar, muammoga-
mo‘ljallangan tillar yoki modellashtirishning avtomatlashtiril-gan tizimlardan
foydalanish mumkin.
Modellarni tadqiq etish uchun universal yoki ixtisoslashtirilgan hisoblash
tizimlaridan foydalanish mumkin. Universal hisoblash tizimlari yordamida
analitik modellashtirishni amalga oshirish uchun texnik vositalarga kata talablar
qo‘yilmaydi. Imitatsion modellashtirishda foydalaniladigan universal hisoblash
tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar bu katta hajmdagi etarli bo‘lgan tezkor
xarakterdir. Buning sababi shundan iboratki, modelni tajriba o‘tkazishda har doim
element parametrlariga almashib ketma-ket murojat etiladi, shuning uchun ularni
hammasi tezkor xotirada saqlanishi mumkin.
Har bir model tajriba statik modellashtirishda ma’lum mashina vaqtini
egallaydi, shuning uchun modellashtirish jarayoni uchun yuqori unumdorlikka
ega bo‘lgan hisoblash texnikasidan foydalanish kerak.
Dasturiy modellar yaratish uchun yuqori pog‘onali universal
protseduraga muljallangan algoritmik tillar, masalan Pascal, Delphi, C++, Java va
boshqalardan foydalanish mumkin. Ma’lumki hisoblash tizimlarini imitatsion
modellashtirish uchun dasturlashda algoritmik tillardan foydalanilgan.
Umumiy maqsadga mo‘ljallangan tillarda imitatsion modellarni yaratishda
ma’lumotlarni qayta ishlash masalalaridagi dasturlashga xos bo‘lmagan bir qator
qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bu qiyinchiliklar imitatsion modellashtirishni
algoritmlarga xos bo‘lgan ikkita xususiyatdir.
Birinchi xususiyat shundan iboratki, murakkab tizimlarni
harakat
algoritmlar paralell algoritmlardan iborat, har bir vaqt daqiqasida bittadan ortiq
o‘zgartirishlar 
amalga 
oshiriladi. 
Paralell 
algoritmlarni 
dasturlashdagi
qiyinchiliklar shundan iboratki, algoritmik tillar asosan ketma-ket jarayonlarni
yozish uchun mo‘ljallangan. Yuqori pog‘onadagi tillarda paralell jarayonlarni
dasturiy imitatsiya qilish paralell jarayonlarni psevdoparalell tashkil etishni
taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida dasturlash sohasida murakkab masaladir.


18
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, modellashtirish jarayonida hajmi
aprior baholash qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash talab etiladi. Bu
jarayon imitatsion modellarni dinamik xarakterga ega ekanligidan kelib chiqib,
tizimdagi ommaviy jarayonlarni
o‘rganishga mo‘ljallanganligini bildiradi.
Bunday algoritmlarni dasturlashda asosiy e’tibor tezkor xotirani dinamik
taqsimlashda qaratilgan bo‘lishi kerak.

Download
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141