• Modellashtirish
  • Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish



    bet5/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish
    nazariyasining asosiy tushunchalari va modellashtirish turlari.
    Reja:
    1. Kompyuterli modellashtirishning maqsadi. Fanning
    predmeti va ob’ekti
    2. Modellar va modellashtirish ko‘rinishlari
    3. Matematik model va uning turlari
    Modellashtirish deb, orginal-ob’ektning eng muhim xossalari hakida
    ma’lumot olish uchun uni ob’ekt-model bilan almashtirishga aytiladi. Bunday
    almashtirish originalning xossalarini o‘rganishni soddalashtirish, arzonlashtirish,
    tezlashtirish maksadida amalga oshiriladi. Agar originalning uni tadkik qilishga
    to‘sqinlik qiladigan xususiyatlari(belgilari) modelda mavjud bo‘lmasagina
    modellashtirish maqsadga muvofiqdir.
    Modellashtirish – orginal-ob’ektlar xossalarini ob’ekt-modellarining mos
    xossalarini tadkik kilish vositasida o‘rganish usulidan iborat jarayondir.
    Modellashtirish ilmiy astraksiyaning muxim quroli xisoblanadi. U ob’ektlarning
    bajarilayotgan tadqiqot uchun muhim bo‘lgan xususiyatlari(belgilari) – xossalar,
    o‘zaro alokalar, strukturaviy va funksional parametrlarni aniqlash, asoslash va
    taxlil qilish imkonini beradi.
    Original ob’ektni model ob’ekt bilan almashtirish va ob’ektlar xossalarini
    ularning modellari yordamida tadkik kilishga modellashtirish nazariyasi
    deyiladi.
    Modellashtirish nazariyasi–modellarni qurishdagi o‘zaro bog‘langan tamoyillar,
    ta’riflar, usullar va vositalar majmuasidan iborat.Modellar esa modellashtirish
    nazariyasining predmetini tashkil etadi.
    Modellashtirish nazariyasi sistemalarning umumiy nazariyasi – sistemologiyaning
    asosini tashkil etadi.
    Ilmiy tadkikotlar tarixida dastlabki modellashtirish usullaridan biri
    o‘xshashlik usulidir. Uning ma’nosi shundagi o‘rganilayotgan jarayon tajribaviy
    sharoitlarda boshqa «kichik mashstabda» amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida


    4
    samolyot qanotlarining xavo oqimini kesib o‘tish jarayonini o‘rganishni keltirish
    mumkin. SHu maqsadda kanotning kichiklashtirilgan nusxasi yaratiladi va
    aerodinamik quvurga joylashtiriladi. Xavo oqimini o‘tkazish yo‘li bilan
    qanotning kerakli xarakteristikalari tajribada aniklanadi.
    Ob’ekt bilan bevosita tajriba o‘tkazish qimmatga tushadigan, yoki uni
    o‘tkazish mumkin bo‘lmaydigan, yoxud bunday tajriba kutilmagan natijalarga
    olib keladigan hollar (sog‘liq va ekologiya muammolari, tabiiy ofatlar)
    modellashtirish jarayonida alohida ahamiyatga ega. Real mavjud bo‘lmagan
    ob’ektlarni ham modellashtiradilar. Bunga misol sifatida texnik konstruksiyalar,
    uchuvchi apparatlarni keltirish mumkin. Bunday hollarda modelni yaratish uchun
    zamonaviy matematika metodlari va hisoblash vositalarini jalb kilgan holda ilmiy
    tadqiqotlar o‘tkazish albatta zarur bo‘ladi.
    Modellashtirish jarayoni uchta elementni o‘z ichiga oladi: 1)
    sub’ekt(tadkikotchi); 2) tadkikot ob’ekti; 3) o‘rganayotgan
    sub’ekt va
    o‘rganilayotgan ob’ekt orasidagi munosabatni o‘rnatuvchi model.
    Biror ob’ekt mavjud yoki uni qurish zarur bo‘lsin. Biz shu ob’ektni
    modellashtirish jarayonida boshqa biror ob’ektni (moddiy yoki fikran)
    konstruksiyalaymiz yoki real dunyoda ob’ektning modeli sifatida boshqa bir V
    ob’ektni topamiz. Modelni qurishning dastlabki bosqichida orginal-ob’ekt haqida
    muayyan bilimlar talab qilinadi. Model asosida bilish imkoniyatlari shunga
    tayanadiki, model orginal-ob’ektning qandaydir muhim tomonlarini aks ettiradi.
    Orginal va modelning etarlicha o‘xshashligi va umuman modelning zarurligi
    masalasi har bir vaziyat uchun alohida taxlilni talab etadi.
    Shunday kilib, modellashtirilayotgan ob’ektning biror tomonini o‘rganish
    uning boshqa tomonlarini aks ettirishdan voz kechish evaziga amalga oshiriladi.
    SHuning uchun istalgan model orginalni faqat qat’iy cheklangan ma’noda
    almashtirishi mumkin. Bunday kelib chikadiki, aynan bitta ob’ekt uchun bir
    kancha «maxsus» modellar yaratilishi mumkinki, ular tadqiq qilinayotgan
    ob’ektning muayyan tomoniga e’tiborni jalb etishi yoki ob’ektni turli darajada
    aniqlashtirilgan holda tavsiflashi mumkin.


    5
    Modellashtirish jarayonining ikkinchi bosqichida model mustaqil tadqiq
    ob’ekti sifatida ishtirok etadi. Bunday tadqiqning ko‘rinishlaridan biri «modeli»
    eksperiment olib borishdir. Bunda berilgan model faoliyati uchun zarur shartlar
    o‘zgartiriladi va shunga mos holda modeldagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu bosqich
    natijasi model haqida to‘planadigan bilimlar xisoblanadi.
    Uchinchi bosqichda to‘plangan bilimlar modeldan orginalga kuchiriladi va
    ob’ekt hakida bilimlar to‘plami hosil qilinadi. Bu jarayon muayyan koidalar
    asosida amalga oshiriladi.
    Model xakidagi bilimlar orginal-ob’ektning modelda aks etmagan yoki
    modelni 
    qurishda 
    o‘zgartirilgan 
    xususiyatlarini 
    hisobga 
    olgan 
    holda
    aniqlashtirilishi lozim. Biz etarlicha ishonch bilan qandaydir natijani modeldan
    orginalga o‘tkaza olishimiz uchun bu natija orginal va modelning o‘xshashlik
    belgilari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
    To‘rtinchi bosqichda modellar yordamida olinadigan bilimlarni amaliy
    tekshiruvdan o‘tkazish va ularni ob’ektning umumlashgan nazariyasini qurish,
    uni o‘zgartirish yoki boshqarishda qo‘llash amalga oshiriladi.
    Modellashtirish–siklik jarayondirdir. Bu shuni anglatadiki, dastlabki to‘rt
    bosqichli sikldan so‘ng ikkinchi va uchinchi sikllar kelishi mumkin. Bunda tadqiq
    qilinayotgan ob’ekt haqidagi bilim doirasi kengaytiriladi va aniklashtiriladi,
    berilgan model esa borgan sari mukammallashib boradi. Ob’ekt haqidagi
    bilimning etarli emasligi va modelni qurishdagi xatolar sababli kelib chiquvchi
    kamchiliklar birinchi sikldan so‘ng aniklansa, ular keyingi siklda to‘g‘rilanishi
    mumkin. 
    SHunday 
    qilib 
    modellashtirish 
    metodologiyasida 
    o‘z-o‘zini
    rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud.


    6

    Download
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish