235
14-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Oddiy differensial tenglamalar va ularning sistemalari asosida
yechiladigan modellashtirish masalalari
Reja
1. Amaliy mashg`ulot
uchun kerakli jihozlar
2. Nazariy ma`lumotlar
3. Differensial tenglamalar haqida umumiy tushuncha
4. MatLab dasturida xususiy hosilali differensial
tenglamalarni yechish
5. Amaliy qism
6. Amaliy topshiriqlar
Kerakli jihozlar. Matlab®/Simulink®dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan
kompyuterlar
va printerlar.
Nazariy ma`lumotlar
Differensial tenglamalar haqida umumiy tushuncha
Differensial tenglamalar va ularning sistemalari juda ko`p
dinamik
jarayonlarning matematik modellarini qurishda qo`llaniladi. Bunday differensial
tenglamalar yoki ularning sistemalari yechimlari to`plami cheksiz bo`lib,
yechimlar bir biridan o`zgarmas sonlarga farq qiladi.
Yechimni bir qiymatli
aniqlash uchun qo`shimcha tarzda boshlang`ich yoki chegaraviy shartlar qo`yiladi.
Bunday shartlar soni differensial tenglama yoki ularning sistemasi tartibi bilan mos
bo`lishi lozim. Qo`shimcha shartlarning berilishiga bog`liq
holda differensial
tenglamalarni quyidagi ikki turdagi masalaga ajratiladi:
·
Koshi masalasi – qo`shimcha shart sifatida intervalning bitta nuqtasi
(boshlang`ich nuqtasi) berilgan bo`lsa;
·
Chegaraviy masala - qo`shimcha shart intervalning chegaralarida
berilgan bo`lsa.
Download