• Registr deb
  • Kompyuterni tashkil etilishi




    Download 0,5 Mb.
    bet4/5
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #115914
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    KOMP 4
    1 Rektifikatsion kolonna, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (4) - копия - копия, 4-Ma\'ruza., 12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar , fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari , Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning mahsulot si-fayllar.org, 1. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tart, Intergral operatsion kuchaytirgichlar. Operatsion sistemalar-fayllar.org, Iqtisodiyot yo’nalishi 362-guruh talabasi Sobirov Muhammadkarimn, Mavzu Avtomobil yo\'llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalas-kompy.info, Avtomobil yo\'llarining kesishuv joylarini landshaft bilan uyg\'unlashuvi va arxitekturaviy yechimlar, Mavzu-Shaharsozlik mustaqil ish

    Dasturlovchi mantiqiy matritsalar bilan ishlashni o'rganish uchun, dasturlovchi tillar, masalan, Python, MATLAB, C++, Java kabi, ko'pchilik dasturlash tillarida matritsa operatsiyalarini boshqarish uchun yordamchi kutubxonalar mavjud. Bu kutubxonalar, matritsalarning yaratilishi, operatsiyalari va muqobilini aniqlashni osonlashtiradi.


    Registr deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bo'lmagan o'zgartirishlar (chapga va o'nga surish)ni amalga oshiruvchi, hamda axborotni to'g'ri va teskari kodlarda uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va aksincha o'zgartirishda ham ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar hosil qiladi va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi hosil qilinadi. Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi. Registrlarning parallel, ketma-ket prinsipda ishlovchi, o'nga va chapga suruvchi, hamda reversiv turlari mavjud. Parallel prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar parallel yoziladi va o'qiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar ketma-ket yoziladi va o'qiladi. O'nga va chapga suruvchi registrlar kodlarni o'nga va chapga surish uchun xizmat qiladi. Quyidagi rasmda D-trigger asosida qurilgan o'nga suruvchi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registr sxemasi keltirilgan
    Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
    • Sonning kodini o‘zgartirish;
    • Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
    • Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
    • Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;

    • Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:
      • xotira (siljitmaydigan) registr;
      • siljituvchi registr. Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.


    Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin.
      • Parallel kodlarda;
      • Ketma – ket kodlarda.

      • Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi. Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,5 Mb.