AMALIY MASHG‘ULOT
Scratch dasturi haqida Creative Commons litsenziya belgisi asosida chop etilgan onlayn kitob topdingiz. Kitob juda qiziqarli, lekin ingliz tilida yozilgan. Do‘stlaringizning aksariyati ingliz tilini yaxshi bilmaganligi bois kitobdan
foydalana olmaydi. Uni tarjima qilib, do‘stlaringizga taqdim etmoqchisiz. Ko‘rsatilgan litsenziya bunga ruxsat beradimi?
Quyidagi yechimlardan qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilang.
Yechimlar
|
to‘g‘ri (+)
|
noto‘g‘ri (–)
|
|
Kitobdan uning manbasini ko‘rsatgan holda foydalanish mumkin, lekin tarjima qilish mumkin emas.
Kitobni tarjima qilish mumkin, faqat notijorat maqsadidagina.
Axborot bilan ishlash madaniyati nima
Plagiat nima?
Mualliflik huquqi nima?
Mualliflik huquqi litsenziyalari nima maqsadda ishlatiladi?
Qanday mualliflik huquqlari litsenziyalari mavjud?
INTERNET XAVF-XATARLARI VA ULARDAN SAQLANISH
Internet jadal rivojlanib borgani sayin turli xavf va xatarlar ham ortib bormoqda, ko‘plab hollarda real hayotda ham uning ta’sirini kuzatish mumkin. Real dunyodagi muloqot qoidalari Internetdagi virtual olamga ham taalluqli: “O‘zinga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasang, o‘zgalar bilan ham shunday munosabatda bo‘l”. Virtual olamda xabarni qabul qiluvchi shaxs mutlaqo boshqa madaniyatga mansub bo‘lishi mumkin, bunday holat esa tushunmovchiliklar yuzaga kelishi xavfini tug‘diradi. Masalan, hazil-mutoyibani tushunish bevosita madaniy an’analar hamda tarbiya bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, kim bilan muloqot qilayotganingizni bilmasdan turib, hazil qilishda ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Ayniqsa, yuzingiz ifodasini suhbatdoshingiz ko‘rmasa, gapingiz ohangini his qilmasa, unga hazildan iborat xabar uzatish qiyin.
Demak, Internet tizimida boshqa shaxslarga nisbatan tarmoq odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lish Internetdan foydalanish madaniyatini anglatar ekan.
Internet keng muloqot vositasi bo‘lgani bois, undan foydalanishda o‘ziga xos qoidalarga amal qilish lozim. Quyida keltirilgan qoidalar odob-axloqning umumiy qabul qilingan me’yorlari hisoblanadi:
|