|
Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyasiga kiradi
|
bet | 214/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyoti13. Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyasiga kiradi:
a) foyda olishni ta’minlash
b) xodimlarning ijtimoiy madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
v) boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlarni belgilash
*g) xodimlarga halollikni, adolat tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qilish.
14. Tashqi muhit tahlili deganda:
*a) iste’molchini xohishini o‘rganish, raqobat darajasini aniqlash, xom ashyo sifatini baholash tushuniladi
b) boshqaruv organlari tizimida quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysinishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tushuniladi
v) bo‘linmalar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari tushuniladi
g) b+v.
15. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari:
a) boshqaruv tizimi shaklida bo‘ladi
b) boshqaruv bo‘g‘inlari shaklida bo‘ladi
v) boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi
*g) b+v.
16. Agar boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbari qo‘lida to‘planib barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo‘ysinsa, u holda boshqarishning bunday tashkiliy strukturasi:
*a) chiziqli(pog‘onali) struktura ko‘rinishida bo‘ladi
b) chiziqli shtabli struktura ko‘rinishida bo‘ladi
v) funksional struktura ko‘rinishida bo‘ladi
g) chiziqli funksional struktura ko‘rinishida bo‘ladi.
17. Rahbarlik turlari:
a) avtokratik
b) liberal
v) demokratik
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
18. Tashkilot maqsadlarining tavsifi:
a) barcha qo‘yi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalarini korxona rahbariga bo‘ysindirish orqali tashkil etiladi
*b) ishlab chiqarish vositalari sonini oshirish, qo‘shimcha ishchi kuchni jalb etish, ishchilar mehnat samarasini oshirish
v) har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi
g) a+b.
|
| |