Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/158
Sana19.12.2023
Hajmi6,39 Mb.
#123197
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
2.1-rasm. Neftni yig'ish va tashish tizimi:
I-quduq; 2-otma chiziq; 3-yig'uv kollektori; 4-gaz yig'uv kollektori; 
5-neft yig'uv kollektori; 6-suv uzatmasi; AGO'Q-avtomatik guruhli 
qurilmasi; SNS-siquv nasos stansiyasi; KTQ-kompleks tayyorlash 
qurilmasi; GQIZ-gazni qayta ishlash zavodi; SUG-suyultirilgan 
uglevodorod gazi; KFYEU-keng fraksiyali uglevodorodlar;STQ-suvni 
tashlash qurilmasi; RP-rezervuar parki.
25


Quduq mahsulotlari otma chiziq (2) orqali avtomatik guruhli 
o ‘lchov qurilmalariga (AGO‘Q) to'planadi va bu yerda har bir quduqdan 
qazib olingan n e ft gaz va suvning miqdori navbat bilan oMchashdan 
o'tkaziladi. Undan keyin quduq mahsulotlari (1) birgalikda yig'uv 
kollektorlari orqali (3) siquv kompressor stansiyasiga (SKS) yo'nalti- 
riladi. Bu bosqichda neftning bosimi quduqning ustida 1,0-1,5 MPa 
bosimdan SKSsining kirishida 0,7 MPa gacha pasaytiriladi. SKSsida 
birinchi bosqichdagi ajratish 0,3 MPa bosimgacha olib boriladi. Ajra- 
tilgan gaz o'zining bosimi ostida gazni yig'ish kollektori (4) orqali gazni 
qayta ishlash zavodlariga (GQIZ) yo'naltiriladi. Gazga to‘yingan neft 
va suv neftni yig'uv kollektorlari (5) orqali nasoslar yordamida marka- 
ziy yig‘uv punktiga (MYP) haydavdi va u yerda neft eng so'nggi barqa- 
rorlashtirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonidan o'tkaziladi.
Tovar neft tovar rezervuar parkida yig'iladi. Suv quvur uzatma 
orqali suvni tayyorlash qurilmasiga (STQ) beriladi va qatlam bosimini 
saqlash uchun qatlamga haydaladi. Gaz GQIZga kirib keladi va u yerda 
og‘ir uglevodorodlar va quruq gaz ajratib olinadi hamda kompressor 
yordamida magistral gaz uzatmasiga beriladi. Suyuqlik qismi suyul- 
tirilgan uglevodorod gazlariga va keng fraksiyali yengil uglevodo- 
rodlarga ajratiladi, magistral neft mahsulotlari uzatmasiga yoki temir 
yo ‘l orqali iste'molchilarga yo ‘naltiriladi.
Neftni zamonaviy yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimlariga 
quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: yuqori tejamkor metall sarfi, kapital 
qo‘yilmalarning bahosi va ishlatish sarflari; neftni va gazni quduqdan to 
tayyorlash punktigacha yig‘ish tizimlarining to'liq germetikligini ta'- 
minlanishi; kompleksdagi hamma inshootlaming qurilishini tugallanishi 
bilan konni ishlatishga topshirish; obyektlami kamligi va ishlatishni 
ishonchliligi; obyektni to'liq avtomatlashtirilishi va telemexanizat- 
siyalashtirish; avtomobil yoMlarining uzunligini qisqartirishning imko- 
niyati; xizmat transportlarining xarajatlarini kamaytirish; ishlayotgan 
xodimlarning sonini kamaytirish; neft bilan birgalikda qazib olinadigan 
neft gazlarining resurslaridan to'liq foydalanish va h.k.
Bu talablar asosida neftni, gazni va qatlam suvlami yig‘ish, tashish 
va tayyorlashning kon tizimlarini bir-biri bilan birlik texnologik 
jarayonlarda bog'langan kon tizimlarining neft qazib olish hududlari 
tashkil etilishi kerak.
Bu masalalami hal qilish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinadi:
-
qatlamning energiyasidan yoki nasos orqali hosil qilinadigan 
energiyadan quduq mahsulotlarini markaziy yig'uv punktlarigacha yoki
26


siquv 
kompressor nasos-ajratish qurilmasigacha tashishda maksimal
foydalanish;
- neft va gazni quduqdan ajratish qurilmasigacha yoki markaziy 
yig'uv punktigacha tashishda bir quvurli tizimdan foydalanish;
- ko‘p bosqichli ajratishni qo'llash keyin esa gazni birinchi 
bosqichda ajratish va tashishda gazga to'yingan neftni yig'ish hamda 
tashish punktlarigacha kompressorsiz tashishda neft kon xo'jaligida 
kompressor stansiyasini, kichik yig'uv punktlami va qator boshqa 
texnologik obyektlami to'liq chiqarish;
- eng so'nggi ajratish qurilmasini MYPni neftni tayyorlash, gaz 
benzin zavodlami va tuman kompressor stansiyasining obyektiga yaqin 
joylashtirish, yo'ldosh gazlami eng qimmat resurslaridan tejamkorlik 
bilan foydalanish va neftni tayyorlashni malakali amalga oshirish zarur.

Download 6,39 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi

Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish