Uglevodorod xomashyosini tayyorlash xususiyatlari




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/158
Sana19.12.2023
Hajmi6.39 Mb.
#123197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
1.5. Uglevodorod xomashyosini tayyorlash xususiyatlari
Nett yeming boy qatlamdan maxsus burgMlangan quduqlar orqali 
kirib keladi. Neftni qazib olish jarayonida neft bilan birgalikda har xil 
mexanik zarrachalar (tog* jinsi va sement zarrachalari), neft va suvda 
erigan har xil kristallar ko'rinishidagi suvlar va mineral tuzlar quduq 
orqali yerning ustiga ko'tariladi.
Ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak 60-75 % qazib olinadigan neft 
quduqlaming suvlanganlik sharoitida qazib olinadi. Neft qatlam suvlari 
bilan qazib olinganda emulsiya hosil boMadi va ulami bir-birida 
erimaydigan ikkita mexanik aralashma (neft va suv) ko'rinishida qarash 
mumkin. Neftning tarkibida suvning boMishi haydaladigan suyuqlikning 
hajmini va transport xarajatlarini oshiradi. Bunda neftning qovush- 
qoqligi oshadi va uglevodorod xomashyosini qayta ishlashni qiyinlash- 
tiradi. Neftning tarkibida 0,1 % miqdoridagi suvning mavjudligi rektifi- 
katsiya kolonnasida ko'pirishni jadallashtiradi va haydash texnologi- 
yasini buzadi.
Neftning 
tarkibidagi 
suvli 
eritmaning 
minerallashgan 
tuzli 
aralashmasi quvur uzatmalarda korroziya muhitini hosil qiladi.
Neftning tarkibida mexanik zarrachalaming mavjudligi neftni qayta 
haydashda jihozlami yemirilishga olib keladi, mazut va gudronlar 
yoqilganda qoldiqlami ko'paytiradi, sovutish pechlarida va issiqlik 
almashtirgichlarda yotqiziqlami hosil qiladi, jihozlar tezda ishdan 
chiqadi va issiqlik uzatuvchanlik koeffitsiyenti pasayib ketadi.
Mexanik aralashmalar qiyin ajraladigan emulsiyalami 
hosil 
boMishiga sabab bo'ladi.
15


Qatlam neftining tarkibida katta miqdordagi uglevodorodlaming 
yengil fraksiyalari mavjud bo'ladi va bosim pasayganda gaz fazasiga 
o'tishni tezlashtiradi. Uglevodorodlaming bunday qismiga neftda erigan 
neft (yoMdosh) gazi deyiladi. Bosim pasayganda neftning gazsizlanishi -
bu qatlam va yer usti sharoitidagi neft xossalarining biri-biridan farq 
qilish holatidir.
Y o'ldosh gaz - bu etandan-pentangacha bo'lgan uglevodorodlardir. 
U qimmatbaho xomashyo bo'lib, undan spirtlar, sintetik kauchuk, 
eritmalar. suyuq mator yoqilg'isi, o 'g 'itlar, sun’iy to'qim alar va boshqa 
organik sintez mahsulotlari olinadi. Shuning uchun yengil fraksiyalami 
yo'qotilishiga y o'l qo'yilmaydi.
Neft mahsulotlari magistral quvur uzatmalarga berilishidan oldin 
suvsizlantiriladi, tuzsizlantiriladi, gazsizlantiriiadi va mexanik zarracha- 
lardan tozalanadi.
Yerning ustiga chiqib kelgan tabiiy gazning tarkibida katta miq­
dordagi suvlar, suyuq uglevodorodlar (kondensat) va mexanik zarra- 
chalar bo'ladi. Bundan tashqari, gazning tarkibida odamlaming sog'li- 
giga ta’sir etuvchi hamda quvurlarda va gazdan foydalaniladigan jihoz- 
lami korroziyalanishini tezlashtiruvchi xavfli komponentlar, oltin- 
gugurt va karbonat angidrid gazi mavjud bo'ladi. Tabiiy gazda azot 
ham bo'ladi.
Gazda qattiq zarrachalaming mavjudligi gaz bilan aralashib komp- 
ressor detallarini, gaz uzatmalarining armaturalarini shikastlantiradi 
hamda nazorat - o'lchov asboblarini ishdan chiqaradi. Gaz uzatma­
larining ba'zi bir past uchastkalarida joylashgan oraliqlarda qattiq zarra­
chalaming to'planishi natijasida ko'ndalang kesim yuzalari kichrayadi 
va o'tkazish ko'rsatgichini kamaytiradi. Mexanik zarrachalar quvur 
uzatmalarda, armaturada va asboblarda korroziya muhitini hosil qiladi. 
Gaz uzatmalariga qattiq kristallar ko'rinishidagi namlik aniq harorat va 
bosimda gidratlami shakllantiradi va quvur uzatmaning ko'ndalang 
kesim yuzasini to'liq berkitib qo'yadi.
Oltingugurt kuchli zararli va korroziyani hosil qiluvchi komponent 
hisoblanadi. Oltingugurtli gazdan sanoatda foydalanilganda ishlab 
chiqariladigari mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Uglerod 
gazi gazni yonish issiqligini kamaytiradi.
Gaz magistral quvurlariga uzatishdan oldin quritiladi, mexanik va 
zararli zarrachalardan tozalanadi.
16



Download 6.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uglevodorod xomashyosini tayyorlash xususiyatlari

Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish