‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/158
Sana19.12.2023
Hajmi6.39 Mb.
#123197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
1.2. 0 ‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
9


qayta ishlash zavodi kengaytirilgan. Bu davrda rus va chet el kapitali 
neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to‘la 
nazoratga olgan. 1913-yilda jami 13 ming tonna neft qazib olingan. 
Sobiq chor Rusiyada oktabr oyidagi to‘ntarishdan keyin neft konlari va 
ulami qayta ishlash korxonalari davlat tasarrufiga o'tkazilgan, neft 
konlarini izlash, ishga tushirish ham sho‘rolar hokimiyati ixtiyoriga 
o'tkazilgan. Bundan keyingi yillarda yangi neft konlari ochilgan va tez 
fursatlarda ishga tushirilgan. Oltiariq zavodi kengaytirilgan. 0 ‘sha 
davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga kelgan. 
1941-yilda 196 ming tonna, 1945-yilda 478 ming tonna neft qazib 
olingan. 1950-yilga kelib, 0 ‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln. 342 
ming tonnaga yetgan. XX asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya 
vositalari qo'llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. 
Farg‘ona vodiysi va Surxandaryo viloyati 1959-yilda 9 ta neft konining 
o ‘zidan 1 mln. 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. O'sha 
davrda Buxoro - Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushiril­
gan, ulaming negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil 
etilgan. XX asr 70-yillaming boshida ayrim neft konlaridagi zaxira- 
laming tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlari­
ni topish uchun chuqur quduqlar qazishga to‘g ‘ri keldi. Voruxda 5200 
metr, G ‘umxonada 5670 metr, Chust-Popda 5805 metr, Mingbuloqda 
6006 metr o ‘ta chuqur neft quduqlari burg'ilandi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekistonda dast- 
labki neft-gaz konlari Farg'ona botig'ligidan topilgan va ishga tushi­
rilgan.
Resnublikamizda ilk marta gazdan foydalanish Farg‘onadan 
boshlangan. 1944-yil Farg'ona vodivsidagi Andijon konidan Andijon 
shahrigacha gaz quvuri tortilgan, 1951-yil Polvontosh konidan gaz qazib 
olina boshlangan. Surxondaryodagi Xovdok maydonida 1933-yil chuqur 
razvedka qudug‘ini burg‘ilashga kirishilgan va 1934-yil 158 metr 
chuqurlikdan neft favora holida otilib chiqqan. Burg‘ilangan 4 ta 
quduqdan kuniga 75-100 tonna neft chiqa boshlagan. Shuningdek, 1936- 
yilda Termiz shahrining shimol tomonida Uchqizil koni, 1939-yil 
Ko'kaydi neft koni ochilgan. Keyinchalik Lalmikor, Amudaryo, 
Q o‘shtor, Mirshodi, Gajak neft va gaz konlari qidirib topilgan. Farg’ona 
va Surxondaryo oMkalaridan so ‘ng geologiya qidiruv ishlari G ‘arbiy 
0 ‘zbekistonning Buxoro tektonik pog‘onasida olib borilgan.
O'zbekistonda gaz sanoatining tarkib topishi va rivojlanish tarixi 
asosan 1953-yilda Qizilqum cho'lida Setanlantepa hududida birinchi gaz
10


koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hu- 
dudlarida katta hajmdagi ishlar olib borilgan. 1956-yilning 17-oktabrida 
Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan kuchli gaz favvorasi otilib 
chiqqan. Bu bilan 0 ‘zbekiston gaz sanoatida yangi davr boshlangan.
Keyinchalik Buxoro-Xiva hududida Sho'rtan, Zevarda, Pomiq, 
Alan, Ko'kdumaloq. Shimoliy 0 ‘rtabuloq, Kruk konlari qidirib topilgan 
va ishga tushirilgan.
Ustyurt o'lkasida mustaqillik yillarida Urga, Sharqiy 
Berdax, 
Uchsoy, Surg‘il kabi qator gazkondensat konlari topilgan va ulardan 
ayrimlari ishga tushirilgan.
0 ‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivoji va taraqqiyotini 
Respublikamiz mustaqilligi bilan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bogMab, shundan 
keyingi yillarda bu sohada erishilgan jiddiy yutuqlar haqida fikr yuritish 
maqsadga muvofiqdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng neft va 
gaz sanoatini rivojlantirish masalasi niuhim vazifaga aylangan. 1992- 
yilda 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha 
korxona va tashkilot muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilgan va 
« 0 ‘zbekneftgaz>> korporatsiyasi tashkil etildi. 
1993-yil Farg‘ona 
botig'ining o ‘ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft 
otilib chiqqan (qidiruv-burg‘ilash ishlari davom etmoqda). Respublika 
neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirish 
imkoniyatlariga ega boMindi. Ayniqsa, Ko‘kdumaloq neftgazkondensat 
koni 
ochilgandan 
keyin 
Fransiyaning 
TEKTER 
firmasi 
bilan 
hamkorlikda Buxoro viloyatining Qoravulbozor tumanida Buxoro neftni 
qayta ishlash zavodi 1996-yilda qurib tugallandi. 1997-yilda yuqori 
sifatli surkov moylari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 0 ‘zbekiston- 
AQSH «O‘z-Teksako» qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda 
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq ta’mirlandi. Mazkur zavodda 
surkov moylari va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib,30 
dan ortiq texnologik moylar ishlab chiqariladi va Oltiariq neft zavodi 
yonilg‘i yo‘nalishda qayta jihozlandi.
0 ‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin 
(shu jumladan, B-92 aviabenzin), dizel yonilg‘isi, koks, parafln, motor 
moylariga qo‘shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov 
moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari) kerosin, bitum, mazut 
kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot 
turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dasturiga muvoflq yangi 
texnologiyalar o ‘zlashtirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft
11


(gaz kondensati bilan birga) qazib olish hajmi keskin oshirildi. 1991- 
2003-yillarda O'zbekistonda neft va kondensat olish 2,8 marta oshdi 
(1990-yilda 2,81 mln tonna, 1995-yilda 7 mln tonnaga yaqin, 1997-yilda
7,9 mln tonna neft va gaz kondensat bilan qazib olindi) va 1995-yilda 
neft importi tugatilib, respublikaning neft mustaqilligini ta'minlashga 
imkoniyat yaratildi. O'zbekiston neft mustaqilligiga erishgach. chetdan 
neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2001-yilning 
yanvariga kelib, konservatsiyadagi 13 ta kon qidiruv holatida. 2000- 
yilda 0 ‘zbekiston neft va gaz kondensati bilan birga 7,53 mln. tonna 
qazib olindi. Neftni qayta ishlash zavodlarida 1,7 mln. tonna benzin, 1,9 
mln. tonna dizel yoqilg'isi, 0,4 mln. tonna kerosin, 1,7 mln. tonna mazut 
ishlab chiqarilgan.
Neft qazib chiqarishning ko'payishi, sanoat, transport va qishloq 
xo'jaligining rivojlanishiga olib kelmoqda, shu bilan birga motor 
yoqilg'isi va moylarga, bitum va koksga hamda suyultirilgan gazga 
bo'lgan ehtiyoj tez sur'atlar bilan o'sdi va neft mahsulotlarini ishlab 
chiqarish hajmini, ulaming sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish yuzasidan respublikaning neft mahsulotlariga 
bo'lgan ehtiyojini ichki zaxiralar hisobiga oshirish, neftni qayta ishlash 
sanoati oldidagi quvvatlami oshirish, neftni qayta ishlash jarayonini 
tezlashtirish, mahsulot turini ko'paytirish, sifatini yaxshilash neft va 
gazni qayta ishlash hamda neft kimyo sanoati oldiga o'lkan vazifalar 
qo'ym oqda. Respublika neftni qayta ishlash sanoati shu ehtiyojlami 
hozircha to 'la qondirmoqda.
Farg'ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari to'liq quvvat 
bilan ishlamoqda, yiliga 8,6 mln. tonna, Buxoro neftni qayta ishlash 
zavodi yiliga 5 mln. tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Yaqin 
yillar ichida Farg'ona NQ1Z mavjud quvvatlardan to'la foydalanish 
hisobiga Markaziy Osiyoni moylash materiallari bilan ta'minlamoqda. 
Neft bitumi ishlab chiqarish 1,5 baravar, neftni qayta ishlashni umumiy 
hajmidagi ikkilamchi jarayonlar salmog'i 1,5 baravar, xomashvoni 
katalitik krekinglash hajmi ikki baravar ko'paydi. Gidrokreking 
jarayonlari joriy etildi. Umuman O'zbekistonda qazib olinayotgan 
gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Sho'rtan 
gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida 
qaytadan ishlanmoqda. O'zbekistonda tabiiy gaz 12 ming km.dan 
ko'proq magistral gaz quvurlari orqali uzatilmoqda va taqsimlanmoqda. 
Respublikaning gaz uzatish tarm og'i MDH mamlakatlarini yagona gaz
12


tizimlariga ulangan. 0 ‘zbekistonda aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash- 
ning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston territoriyasida izlov - qidiruv ishlarining natijasida 
hozirgi vaqtda 200 tadan ko‘p neft va gaz konlari ochilgan hamda 
ishlatishda 100 tadan ko'p konlar bo'lib, shundan 60 tadan ko‘pi neft va 
neft-gaz konlaridir. Neft qazib olish 1991 - 2010-yillardagi dinamikasi
1.2 - rasmda keltirilgan.
1.2-rasm. O'zbekiston Respublikasida neftning qazib chiqarish
dinamikasi.
Neft va gaz potensialining istiqboli butun dunyo davlatlarida 
altemativ neft mahsulotlarining energiya manbalarini qidirib topishga 
yo'naltirilgandir. Atmosfera havosining musatYoligini saqlash va Kiot 
programmasini amalga oshirish uchun butun neft va gaz qazib olish va 
qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi davlatlarda mash'alaga beriladigan 
yo'ldosh gazlami utilizatsiya qilish hamda undan suyuq uglevodorod 
yoqilg'ilarini ishlab chiqarish masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda. Shu 
jumladan, altemativ energetik yoqilg'isi sifatida qo'yosh va shamol 
energiyasidan samarali foydalanish hamda sintetik suyuqlik yoqilg'isini 
ishlab chiqarish bo'yicha Respublikamizda o'lkan ishlami amalga 
oshirish bo'yicha qadamlar qo'yildi.
13


Respublikamizda neft-gaz majmuasi tarmoqlari iqtisodiy va 
transport tuzilmasini energiya manbalarini rivojlantirishda uzoq yillar 
davomida energiya resurslari ta'm inlashda yetakchi bo'lib qolaveradi.

Download 6.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi

Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish