Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/158
Sana19.12.2023
Hajmi6.39 Mb.
#123197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
1.7. Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari
Neftning va neft gazlarining fizik xossalari hamda uning sifat 
tavsiflari alohida uglevodorodlaming yoki 
alohida guruhlaming 
(fraksiyalaming) tarkibiga bog'liq bo'ladi. Neftning tarkibida og'ir 
uglevodorodlar ko‘p miqdorda bo'lsa, benzin fraksivalari kam ajralib 
chiqadi va katta zichlikka ega bo'ladi.
Neftning zichligi massasini egallab turgan hajmiga nisbatiga teng. 
Amaliyotda neftning 
4°Cda distillangan suvning zichligiga nisbatan 
nisbiy zichligidan foydalaniladi. Odatda neftning zichligi suvdan yengil, 
uning zichligi 750 dan 950 kg/m3 gacha bo'ladi. Neftning zichligi 900 
kg/m3 dan kichik bo'lsa yengil, katta bo'lganda - o g 'ir neft deb ataladi. 
Ko'rsatib o'tish kerakki, harorat ko'tarilganda neftning zichligi kama- 
yadi va undagi erigan gazlaming miqdori oshadi.
Shunday qilib, gazga to'yingan qatlam neftining zichligi gazsiz- 
lantirilgan gazning zichligidan kichik bo'ladi, gaz qanchalik olinsa, 
shunchalik farq katta bo'ladi.
Neftning zichligini aniqlashda areometrlardan (densimetrlar), 
piknometrlar va maxsus asboblardan (Vestfal tarozisidan) foydalaniladi.


Tashishda transport vositalarini loyihalashtirishda va ishlatishda 
uning qovushqoqligi asosiy fizik xossalaridan biri hisoblanadi. 
Zarrachalar bir - biriga nisbatan harakatlanganda qarshilik ko'rsatish 
xossasiga qovushqoqlik deb ataladi. Neftning qovushqoqligi dinamik ц 
(Pa s) va kinematikka v (m:/s) bo'linadi.
Neftning qovushqoqligi odatda IP a s, shuning uchun ixtiyoriy 
birliklar (m P as) yoki birliklar sistemasidan tashqari qovushqoqlik 
stoksda: 1 S t = 10 m3/s foydalaniladi.
Kinematik qovushqoqlik dinamik qovshqoqlikni uning zichligiga 
nisbatidan aniqlanadi:
Harorat ko'tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim 
oshganda esa ko'tariladi. Yuqori molekulali uglevodorodlar qovush­
qoqlik qiymatini oshiradi, shuning uchun yengil neftning qovushqoqligi 
o g 'ir neftnikidan kichik 
bo'ladi. 
Qatlam 
sharoitidagi 
neftning 
qovushqoqligi gazsizlantirilgan neftnikidan kichik bo'ladi.
Neftning qovushqoqligini o'lchashda kapillar viskozimetr va 
rotatsion turdagi maxsus asboblardan foydalaniladi. Birinchi holatda 
kalibrovkali teshik orqali vaqt bo'yicha oqib o'tadigan neftni suvga 
nisbatan oqib o'tish nisbatlari orqali aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlar 
orqali neftni qarshiligini oMchash oraliq tirqishlarning neft bilan 
to'ldirilgan ikkita koaksial silindrlarini bir-biriga nisbatan aylanish 
qarshiligi bo'yicha aniqlanadi.
Qatlam sharoitida neftda hamma vaqt erigan gaz mavjud bo'ladi, 
ba'zida 1000 m3/t (o'rtacha 100 m3/t)gacha bo'ladi. Neftda gazning erish 
xususiyati eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz 
omili deyiladi. Gaz omili deganda, atmosfera bosimiga keltirilganda 1 t 
neftdan ajraladigan yoki uni tarkibida eriydigan gaz hajmi tushuniladi.
Neflli gazning komponentlari neftda har xil eruvchanlikka ega 
bo'ladi. Molekular massa oshganda gazlaming eruvchanlik koeffit­
siyenti o'sadi. Shunday qilib, etanning eruvchanligi besh marta metan- 
dan, 20 marta propandan katta. Harorat oshirilganda eruvchanlik 
kamayadi.
Amaliyotda ko'pincha gazlaming eruvchanligiga nisbatan neftning 
tarkibidan gazni ajralish holatlari bilan to'qnash kelinadi. Erigan 
gazlaming birinchi po'fakchalarini ajralib chiqishini boshlanishiga -
to'yinish bosimi deb ataladi. To'yinish bosimi R, qatlam nefti bilan 
gazni termodinamik muvozanatini tavsiflaydi. Neft qatlamda to'yinish
19


bosimidan yuqori bosimda joylashganda to'yinmagan deyiladi. Bosim Rt 
ning qiymati uglevodorod gazlariga hamda nouglevodorod gazlari 
masalan, neftda juda past eriydigan azot gazlariga bog'liq bo'ladi. 
Qatlamdagi bosimning qiymati R, dan past bo'lganda neftda hamma 
gazlar erimaydi, uning bir qismi qatlamning ko'tarilgan (do'ppi) qismini 
egallaydi va gaz do'ppisini hosil qiladi. Neftning tarkibidan erigan 
gazning ajralish jarayoni quduqning stvoli bo'ylab harakatlanganda 
hamda neft gaz quvur uzatmalarida va tovar neftini tayyorlashda ajratish 
pog'onasining eng so'nggi bosqichida sodir bo'ladi.
To'yinish bosimi tovar neftning to'yingan bug' bosimi bilan bir xil 
nisbatda bo'lmaydi. Bunda gaz va suyuqlik fazasi fazalaming 
belgrlangan nisbatida termodinamik muvozanatda bo'ladi.
» 
Neftning elektrik xossasi tarkibida suvning mavjudligiga va 
mineral I ashgan darajasiga bog'liq hamda toza uglevodorodlar elektr 
q'tkazm aydigan hisoblanadi va yuqori qarshilik ko’rsatish xususiyatiga 
ega bo'ladi. Neftni elektr zaryadlarini to'plash xususiyatidan foydalanib, 
tok o'tkazuvchi jihozlaming elementlarini yerga ulash mumkin.

Download 6.39 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari

Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish