Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/158
Sana19.12.2023
Hajmi6,39 Mb.
#123197
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
2.5 - rasm. Neft va gazni konlarda yig'ish va tayyorlashni bosimli
(naporli) tizimi:
1-neft uzatmalar; 2-gaz uzatmalar; 3-oqova suv quvurining uzatmalari;
4-yig'uv tizimining texnologik elementlarining shartli chegaralari;
5-oxirgi ajratgich qurilmasi; 6-NTQ; 7-rezervuarlar; 8-magistral gaz 
uzatma; 9-gaz kompressor stansiyasi; 10-suvni tayyorlash qurilmasi;
11-qayta ishlash zavodi.
Neft markaziy yig'uv kollektorlari orqali markaziy yig'uv punktida 
joylashgan 1 chi pog'ona tozalashga yo'naltiriladi. MYP territoriyasida 
NTQ joylashgan. MYPda gazni tozalashda (uch yoki to'rt pog'onada), 
neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish va barqarorlashtirish amalga 
oshiriladi.
32


Neft quduqdan (1) otma tizim orqali GO'Qga (2) yo'naltiriladi, u 
yerda har bir quduqning debitini o'lchash amalga oshiriladi. Neftning 
debiti o'lchangandan keyin quduqlaming mahsuloti aylansa, quvur 
uzatma orqali GO‘Qga va yig‘uv kollektorlariga yo‘naltiriladi. Undan 
keyin neft va gaz tozalash uchun MYPga (3) yoki SKSga (3) yo'nal- 
tiriladi.
SKS-maydoni katta bo'lgan konlarda quriladi, chunki kichik 
konlarda quduq usti bosimi MYPgacha neft va gazni tashishni ta’minlay 
olmaydi. Eng oxirgi tozalash qurilmasi esa MYPga (5) o'm atiladi. Bu 
yerda neftning tarkibidan yo'ldosh gazlar atmosfera bosimiga yaqin 
bosimda tozalagichlardan o'tkaziladi.
Neft eng oxirgi tozalagichdan so'ng neft tayyorlash qurilmasiga (6) 
to'planadi va undan keyin rezervuarlarga (7) kirib keladi. Rezervuar- 
larda neft o'lchanadi va NQOT (neft qazib oluvchi tashkilotlar) 
tomonidan kerakli tartibda hujjatlashtirilgandan so'ng, nasos yordamida 
neft uzatma boshqarmasi tenitoriyasidan magistral uzatmalar va 
NQIZga haydaladi.
Agar neft yuqori gaz omiliga ega bo'lsa, gaz tozalash qurilmasidan 
(9) keyin kompressor qurilmasining qabul punktiga to'planadi. Gaz 
kompressor yordamida neftni qayta ishlash zavodiga (11) yoki magistral 
gaz uzatmasiga, undan keyin esa iste'mol punktiga haydaladi.
Ajratib olingan suv tindirgichlar, neft tayyorlash qurilmasi va tik 
po'lat rezervuarlardan drenaj tizimlari boyicha yig'iladi hamda suvni 
tayyorlash qurilmasida (10) to'planadi. Tayyorlash qurilmasida neft suv- 
neft pardalaridan va mexanik aralashmalardan tozalangandan keyin 
oxirgi nasos stansiyasiga jo'natiladi hamda haydovchi quduqlarga 
yuboriladi.
Neft quduqdan yer ustiga suv bilan birgalikda to'planadi. M a'lumki, 
neft suvda erimaydi. Lekin neft va suv aralashmalarining quduq tubidan 
to MYPgacha quduqlar orqali harakatlanish jarayonida o'zaro aralashib, 
barqaror emulsiya hosil qiladi. Bu emulsiyalar «suvda neft» yoki «neftda 
suv» emulsiyalari ko'rinishida hosil bo'ladi.
Ko‘p holatlarda suv emulsiyali mayda zarrachalar ko'rinishida n^ft 
bilan qoplangan holda bo'ladi. Bu emulsiya barqaror bo'lganligi uchun 
neftni tindirish yo'li bilan suvni ajratib bo'lmaydi. Suvni neftdan ajratib 
olish jarayoniga suvsizlantirish deyiladi. Suvsizlantirilgan neftning 
tarkibidan 1-1,5 % miqdorida suv chiqadi.
Neft to'liq tuzsizlantirish davrida ham uning tarkibidan 0,01 % 
gacha suv ajralib chiqadi. Tuzsizlantirish jarayonida neftdan tuzlar to'liq
33


ajratiladi. Neftning tarkibidan tuzni chiqarib yuborish uchun neft 
chuchuk suvli qatlamdan o'tkaziladi. Bu jarayon davrida neftning 
tarkibidagi tuzlar chuchuk suv bilan reaksiyaga kirishib, birgalikda 
chiqib ketadi. Kon amaliyotida neftli emulsiyalami parchalash uchun 
neft 50-70 °C gacha qizdiriladi va kimyoviy reagentlar sifatida 
deemulgatorlar qo'shiladi.
Kon quduqlaridan MYPga to‘plangan xomashyo neft quvurlar yoki 
ba’zi hollarda avtosistemalarda (neft koni uzoq bo‘lsa) MYP da 
joylashgan NTQga olib kelinadi va qabul qilish idishlari (rezervuar- 
larga)ga quyib olinadi. Rezervuarlardan neft xomashyosining zichligini 
va suv miqdorini aniqlash uchun namuna olinadi. Undan keyin neft 
nasoslar yordamida xomashyo bosim ostida yozgi mavsumda 25-30 °C, 
qishki mavsumda esa 15-20 °C haroratlarda isitish pechlariga haydaladi.
Neftdan suvni ajratish uchun quvur o'tkazgichning isitish pechlariga 
kirish joyida mahsulot oqimiga nasos-dozator yordamida deemulgator 
purkaladi. Deemulgatorlaming emulsiyani parchalash samaradorligini 
oshirish uchun maqbul harorat 70-80 °C bo'lishi zarur. Shuning uchun 
pechdagi mahsulot quvur orqali harakatlanishi davomida atrofidagi 
aylanuvchi issiq suv yordamida isitiladi va pech ichida 100-110 °C 
haroratda ushlab turiladi. 75-85 °C haroratgacha isitilgan xom neft quvur 
o ‘tkazgich orqali texnologik zaxiralarga yuboriladi va tindiriladi.
Tindirish jarayonida ajralib chiqqan suv idishlardan chiqarib 
tashlanadi va bosim ostidagi oqova stansiyasiga (BOS) yuboriladi, u 
yerda sig'im idishlarida yig'iladi, so'ng tozalash qurilmalariga 
yuboriladi.
Tovar neftning ostidagi suv chiqarib tashlangandan so'ng, neftning 
tarkibidagi suvning miqdorini aniqlash uchun, rezervuarning quyi 
sathidan mahsulot namunasi olinadi. Agar neft tarkibidagi suv miqdori 
GOST 9965, TSh 39.0-176 boyicha me’yorga muvofiq bo'lsa, neftni 
tayyorlash jarayoni tugagan hisoblanadi. Neftda ortiqcha suv miqdori 
aniqlangan holatda tindirish jarayoni suv to ‘liq ajralib chiqquncha 
davom ettiriladi. Ijobiy natija olingandan keyin neftni temir yo ‘l 
sistemalarga quyish va iste’molchiga jo'natish uchun neft quyish 
estakadasiga haydaladi.
Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun uning 1 tonnasiga 40 
grammdan 120 grammgacha deemulgatorlar qo'shiladi. Deemulgator 
neft emulsiyasi bilan aralashib, emulsiyani ikkita fazasini ham ajratib, 
fazani ichiga erkin holda kiradi, neft-suv chegarasida sirt tortishish 
kuchlarini pasaytiradi, emulsiya neft va suvga parchalanadi. Issiqlik
34


hisobiga emulsiyani qovushqoqligi pasayadi, suv tomchilar bir-biri va 
deemulgatorlar bilan birikadi, natijada suv neftdan ajraladi hamda 
rezervuarlaming tub qismiga с ho'kadi.
Emulgatorli qo'shimchalar sifatida OP-IO etilen oksidi asosida 
tayvorlangan diproksomin, noionogenli SFM (sirt faol moddalar) 
qo'llaniladi. So'nggi yillarda NTQda neft emulsiyasini suvsizlantirishda 
K-l markadagi yoki unga o'xshash tavsifli boshqa markadagi deemul­
gator ishlatiladi. K-l deemulgatorining texnik tavsifi 2.2-jadvalda 
keltirilgan.

Download 6,39 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi

Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish