K -l deemulgatorining texnik tavsifi




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/158
Sana19.12.2023
Hajmi6,39 Mb.
#123197
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
BBBT, elektron-raqamli-imzo-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili-rsa-elgamal-dsa, 2.10-kompyuter-taminoti, реферат, ODAM GENETIKASI, Заголовок презентации, Maruza - 4, Mikrokontroller - Vikipediya, Finland, ottawa I conference part11, hisobot, 8-mavzu, metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari, Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali, propan-butan-aralashmasini-ajratib-olish-texnologiyasi-va-parametrlar-tahlili
K -l deemulgatorining texnik tavsifi
2.2- jadval

Ko'rsatgich nomi
O'lchov birligi
Texnik shartlar 
boyicha m e’yor
1
Agregat holati
-
suyuq
2
Tashqi ko'rinishi
-
och-sariq
3
Zichligi, 20 °C da
g/snv'
0,9-1,05
4
Oquvchanlik harorati
°C
minus 10
5
Chaqnash harorati
°C
45 dan yuqori
Bundan tashqari, emulsiyalar elektr usulida ham parchalanadi. 
Elektr usulida har xil ishorali elektr zarralari har bir tomchi suvning 
qarama-qarshi tomonlarida paydo bo'ladi. Bunday tomchilami oralig'ida 
tortishish kuchi paydo bo'ladi, neft pardalarini parchalaydi. Metall 
idishdagi neft emulsiyasini parchalash uchun elektrod kirgiziladi, elektr 
tokidan foydalaniladi. Neft metall idish devorlaridan izolatsiya qilingan 
bo'ladi va unga bir necha ming voltli tok kuchlanishi uzatiladi. Metall 
idishning devorlari ikkinchi elektrod hisoblanadi.
Elektrodlar oralig'i orqali emulsiya o'tkazilganda unga yuqori 
kuchlanishli tok beriladi. Yuqori kuchlanishli tok ta’sirida emulsiya 
parchalanadi, neft tomchilari bir-biri bilan birikib, yirik zarrachalami 
hosil qiladi va suv esa og'irlik massasi ta’sirida idishning tub qismiga 
cho'kadi.
Konlarda neft NKTQ (neftni kompleks tayyorlash qurilmasida)da 
suvsizlantirish, tuzsizlantirish va gazsizlantirishni amalga oshirishga 
kompleks tayyorlash jarayoni deb ataladi. Neftning tarkibidagi mexanik 
aralashmalar ajratgichlar orqali ajratiladi va ulaming og'irliklari 
hisobiga cho'ktiriladi.
35


Neftni kon sharoitida tayyorlashda uni barqarorlashtirish amalga 
oshiriladi. Neftni barqarorlashtirish deganda, uning tarkibidan qoldiq 
yengil uglevodorodlar (metan, etan va boshqalar) chiqarib yuborish 
tushuniladi.
Neftni barqarorlashtirish jaravoni issiqlik ta’sirida maxsus barqaror­
lashtirish qurilmasida amalga oshiriladi. Bunda neft qizdiriladi va 
tozalagichga uzatiladi. Neft 5(K80°Cgacha qizdirilib, tozalagichga 
uzatilganda uning tarkibidagi yengil fraksiyali uglevodorodlar bug'la- 
nadi, sovutish qurilmasidan o'tkaziladi va benzin ajratgichli kompressor 
yordamida yig'uvchi gaz uzatmaga beriladi. Benzin ajratgichda og'ir 
uglevodorodlaming kondensatsiyasi hisobiga neftning tarkibidagi yengil 
fraksiyalar qo'shim cha holda ajratiladi.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida tarkibidan ajralib chiqqan 
oqova suvlami mahsuldor qatlamlarga haydashdan oldin mexanik 
aralashmalardan, temir oksidi gidratlaridan tozalanadi. Neftni mexanik 
aralashmalardan tozalashda yopiq (germetiklangan) tizimda quyidagi 
uchta usuldan foydalaniladi:
a) tindirish;
b) filtrlash;
d) flotatsiya (foydali qazilmalami va rudani boyitish usuli).
Tindirish usuli mexanik aralashmadagi qattiq zarrachalami og'irlik 
kuchi (gravitatsiyali) ta’sirida ajratishga asoslangan bo'lib, neft va 
suvning zarrachalari tindirgich yoki rezervuarda cho'ktiriladi.
Filtratsiya usulida ifloslangan qatlam suvlari gidrofobli filtrlovchi 
qatlam orqali o'tkaziladi. Bunda suv erkin holda filtrlanadi, neft 
tomchilari va mexanik aralashmalami zarrachalari filtrlovchi qatlamda 
ushlanib qoladi.
Flotatsiya usulida gaz pufakchalari ifloslangan suvli qatlamni pastki 
qismidan yuqori qismiga o'tib, qattiq zarrachalar va neft tomchilarining 
sirt yuzalariga o'tiradi hamda gazlami sirt yuzasiga suzib chiqishini 
ta’minlaydi.

Download 6,39 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Download 6,39 Mb.
Pdf ko'rish